Chashmai Ayub majmuasida sayyor dars o'tkazildi.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi katta oʻqituvchisi, f.f.f.d.(PhD) P.R.Bobokalonov hamrohligida Filologiya va tillarni o’qitish (fransuz tili) ta'lim yoʻnalishi 11-4 FRA -21 guruh talabalari bilan 2025-yil 23-yanvar kuni Stilistika va matn tahlili fanidan "Les figures du style" mavzusida Buxoroning eski shahar qismida Chashmai Ayub majmuasiga sayyor dars tashkil etildi.
Mavzu doirasida fransuz va o'zbek tillarida nutqning uslub shakllariga doir amaliy mashg'ulotlar muzeydagi eksponatlar misolida bajarildi. Chashma-Ayub mozorining barpo etilishi ham XII asrlarga oid, deb hisoblanadi. Afsonalarga qaraganda, Injildagi payg’ambarlardan biri – Ayub (Iov) Buxoroning bu suvsiz qismidan o’tayotganda hassasi bilan yerga urgan – natijada bu yerda top-toza, shifobaxsh suvli buloq paydo bo’lgan. XIV asrda Amir Temur o’zining yurishlaridan birida olib kelgan xorazmlik ustalar buloq va quduq ustidan bino barpo etganlar hamda quduqdagi baland tortish qurilmasi ustidagi konus shaklidagi gumbazga Xorazm uchun xos bo’lgan shakl berganlar. Ularga qaraganda mashhur Chor-Minor masjidi esa yangi qurilgan bino, deb atalishi mumkin – u XIX asrda qurilgan. Bu masjidda to’rtta uncha baland bo’lmagan minoralar hamda gumbazlar zangori rangda bo’lib, masjidga o’ziga xos qiyofa bag’ishlaydi.