April 6

Ark qo'rg'oni bo'ylab sayyor dars.

Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Majidova Laziza Baxtiyorovna tomonidan 2025-yil 4-aprel sanasida Buxoro shahrining diqqatga sazovor manzillaridan biri bo'lgan ko'hna Ark qo'rg'oni bo'ylab sayyor dars tashkil etildi.

Mazkur sayyor dars davomida talabalar Ark qo'rg'onida mavjud eksponatlar haqida ma'lumotga ega bo‘lishdi hamda Fransiya davlatidan tashrif buyurgan sayyohlar bilan tanishib, fransuz tilida suhbat qilishdi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.