January 21

Tarjima nazariyasi va amaliyoti fanidan kurs ishi himoyasi o'tkazildi.

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakultetida Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 2-kurs 11-6GHTF-23 guruh talabalari joriy yilning 20-yanvar kuni Tarjima nazariyasi va amaliyoti fanidan kurs ishi himoya qildilar.

Kurs ishiga talabalar juda ham mas'uliyat bilan tayyorgarlik ko’rishgani ularning taqdimotida o'z aksini topdi. Himoya jarayoni bilan yaqindan tanishish maqsadida fakultet dekani N.B. Ataboyev hamda Fransuz filologiyasi kafedra mudiri O.O.Bobokalonovlar kelib ochib berdilar va bevosita kuzatdilar. Kurs ishi ahamiyati haqida alohida to'xtalib, talabalarning chiqishi bo`yicha qator savollar va taklif, tavsiya berdilar.

Jumladan, kafedra professori O.I.Adizova o’z nutqida talabalarga kurs ishi kelajakdagi katta ilmiy ishlar uchun poydevor ekanligini va bu ish ularni ilmiy tadqiqot ishlarida muhim o’rin tutishini ta’kidladi. Bundan tashqari, kafedrasi professor- o'qituvchilari M.H.Xamidova, M.X.Jabbarova, R.R.Radjabov hamda kurs ishi rahbari D.B.Narzullayeva talabalarga kurs ishi bo’yicha kerakli maslahatlar berdilar. Talabalar birin-ketin kurs ishlarini himoya qila boshladilar. Himoya juda qizg’in savol-javob, muhokamalarga boy o’tdi. Talabalar bundan juda ham kerakli foydali ma’lumotlar olishdi va o’zlari uchun ancha ijobiy xulosalar chiqarishdi. Ayrim talabalar kurs ishida qayd etilgan kamchliliklar kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan ko'rsatib o'tildi va uni tezda tuzatish tavsiya etildi. Kurs ishi himoyasi oxirida, talabalar taqdim etishgan kurs ishlari uchun baholandilar.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.