April 25

"Articles contractés" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Joriy yilning 24-aprel kuni Nemis va fransuz filologiyasi kafedrasi dotsenti G.S.Hojiyeva tomonidan reja asosida Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi 2-kurs 11-6Ing-24 guruhida Ikkinchi chet tili (fransuz tili) fanidan “Articles contractés” (Tutash artikllar) mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Dars amaliy mashg’ulot bo’lib, u noananaviy tarzda yangi pedagogik texnologiyalar asosida olib borildi. Talabalar yil davomida olgan amaliy bilimlarini ushbu dars asosida yanada mustahkamladilar. Ochiq darsda “Breinstorming”, Juftlikda ishlash, Kichik guruhlarda ishlash kabi interfaol metodlar hamda Learningapps.com va Kahoot.it onlayn platformalardan samarali foydalanildi. Mazkur amaliy mashg‘ulotning asosiy maqsadi talabalarga fransuz tilidagi artkllar, xususan, tutash artikllarning gapdagi vazifasi, grammatik ahamiyati xususida chuqur bilim berishdan iborat bo‘lib, til bilishning to’rtta kompetensiyasi to’liq qamrab oldi.

Ochiq dars yuqori saviyada tashkil etildi va o’z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishdi. Darsda faol qatnashgan talabalar o’qituvchi tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlanganligi ulardagi motivatsiyani yanada oshirishga xizmat qildi. Dars tahlilida Nemis va fransuz filologiyasi kafedrasi professor-o'qituvchilari N.B.Kuldashova, M.M.Jo'rayeva, L.B.Ikromova va F.I.Rustamova ishtirok etishdi.

Nemis va fransuz filologiyasi kafedrasi.