November 30, 2024

"Fransiyada zamonaviy ta'lim tizimi" mavzusida forum o'tkazildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda
Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan oliy ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlikni
rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar doirasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar
fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi 2024 yil 19-20 noyabr sanalarida fakultet professor-o'qituvchilari hamda talabalari uchun amaliy-axborot forumi tashkil etdi.

Mazkur tadbir davomida Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi texnik va universitetlararo hamkorlik bo'yicha maslahatchisi hamda Campus France O'zbekiston rahbari Alis Mo (Alice Mot) xonim universitetimiz professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi.

Forum davomida quyidagi masalalar bo’yicha zaruriy ma’lumotlar berildi:

1) Universitetimiz va Fransiya ta’lim muassasalari o‘rtasida akademik almashinuv
dasturlari va hamkorlikni kengaytirish;
2) Campus France orqali Fransiyada ta’lim olish imkoniyatlari, shuningdek,
Fransuz Alyansi dasturlari haqida ma’lumotlar.

Shuningdek, tadbir davomida Fransuz tilini mintaqada rivojlantirish va uning o‘qitilishida yangi usullarni tatbiq etish yuzasidan muloqotlar doirasida Fransuz filologiyasi kafedrasi professor o'qituvchilari: f.f.d.(DSc) M.H.Xamidova, f.f.f.d.(PhD) P.R.Bobokalonov, f.f.f.d.(PhD) D.Sh.Islomov hamda Sh.D.Xolovalar so'zga chiqdilar.

Forum davomida muhokama qilingan masalalar Fransuz filologiyasi kafedrasida faoliyat ko'rsatayotgan professor-o'qituvchilar tomonidan tahlil qilindi. Jumladan, hozirgi kunda fakultetda fransuz tili bo'yicha Filologiya va tillarni o'qitish, Tarjima nazariyasi va amaliyoti, Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati ta'lim yo'nalishlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilishi e'tirof etildi. Buning uchun talabalar tomonidan Fransiuz tilini bilishning DELf, DALF, TCF kabi xalqaro tan olingan diplom va sertifikatlarini qo'lga kiritishlari uchun kerakli o'quv adabiyot va qo'llanmalarni to'g'ri tanlagan holda, tartib, izchillik va qat'iyat bilan maqsadga erishish mumkinligi qayd etildi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi.