"Ustozga ehtirom" mavzusida ma'rifat soati o'tkazildi.
2025-yil 23-sentabr kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida "Ustozga ehtirom" mavzusida Ma'rifat soati o'tkazildi.
Mustaqillik sharofati tufayli mamlakatimizda ustoz-murabbiylarga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaydi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun Vatanimiz ma’rifiy tizimini shaklan va mazmunan boyitdi, o‘qituvchining Vatan ravnaqida tutgan o‘rnini belgilab berdi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi va rahnamoligida o‘qituvchi va murabbiylarning mehnati munosib qadrlanmoqda: 1997-yildan buyon 1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Qalblarga ezgulik urug‘ini qadash faqat mashaqqatli mehnat evazigagina amalga oshadi. Bunday mas’uliyatli ishni ado etuvchilar o‘qituvchi-murabbiylardir! Muallim — kamolot ichra ko‘zgudir, deyilishi ham bejiz emas, albatta.