Buxoro shahridagi hashamatli mehmonxona - “SAHID ZARAFSHON”ga sayyor dars uyushtirildi.
2024 yil 24-dekabr sanasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi dotsenti Jo’rayeva Maqsuda Muxammadovna tomonidan Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 11-4 GHTF-22 guruh talabalari bilan Buxoro shahridagi 4 yulduzli mehmonxonasi Sahid Zarafshonga sayyor dars tashkil etildi.
Sahid Zarafshon mehmonxonasi Buxoroda joylashgan. Sahid Zarafshon nomini olgan mehmonxona 296 ta o‘ringa mo‘ljallangan va 148 ta xonani, shu jumladan, lyuks, prezident, premium, ekonom, standart xonalarni o‘z ichiga olgan.
Bu 4 yulduzli mehmonxona barcha qo‘shimcha qulayliklar va sifatli jihozlar asosida yaratilgan o‘ziga xos arxitekturasi va texnik yechimi bilan turistlarning barcha talablarini qondirish imkoniga ega.
Mehmonxonada oltita restoran, marosimlar uchun zal, konferensiya zali, majlislar uchun uchta xona, tungi ko‘ngilochar klub, kafe, qishki bog‘, ochiq va yopiq suv havzalari, o‘yin maydoni va bolalar uchun suv havzasi, fitnes-klub, spa-salonlar, sauna, bilyard zali, erkaklar va ayollar sartaroshxonalari, shuningdek, suvenirlar do‘koni joylashgan.