“Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi xalqimiz faxri, yuksak g’urur va sadoqat timsolidir!” mavzusida Ma'rifat soati o'tkazildi.
2025 yil 14-yanvar kuni Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasida “Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi xalqimiz faxri, yuksak g’urur va sadoqat timsolidir!” mavzusida Marifat soati o'tkazildi. Unda kafedra mudiri f.f.f.d.(PhD) dotsent O.O.Bobokalonov hamda kafedra professor-o'qituvchilari o'z fikr-mulohazalari bilan ishtirok etdilar.
1991-yil 6-sentyabr - istiqlolning beshinchi kuniyoq tarixda ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi. 1992-yil 14-yanvar kuni esa mamlakatimiz hududidagi barcha Qurolli Kuchlarni O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 29-dekabrda qabul qilingan qonuniga binoan, yurtimizda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” deb e’lon qilindi.
Yurtboshimiz O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi va “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigida “Armiya va xalq - bir tanu bir jon!” degan olijanob g‘oya va amaliy harakat barcha bo‘g‘indagi hokimiyat va boshqaruv idoralari, mahalla, yoshlar, xotin-qizlar, nuroniylar tashkilotlari, ta’lim-tarbiya muassasalari faoliyatini, keng jamoatchilik hayotini qamrab olayotganini alohida ta’kidladi. Bu esa Vatan himoyasi, yurt tinchligini saqlash, fidoiy bo‘lib xizmat qilish chindan ham barchamizning nafaqat vazifamiz, balki sharafli burchimizga aylanishi lozimligidan dalolat beradi.
Davra suhbati davomida mazkur sana yurtimizda keng ko'lamda nishonlanishi bejiz emasligini ta'kidlandi. Aslida ilm yo'lidagi har bir inson, ustoz va tadqiqotchilar - yangiliklar va kashfiyotlar orqali yurtimizning kelajagiga yo'l ochib berayotgan va ilm-fan sohasining haqiqiy himoyachisi ekanligi aytib o'tildi. Barcha professor-o'qituvchilarga sog'lik-salomatlik, ijodiy muvaffaqiyatlar va yangi ilmiy yutuqlar tilab, ilmiy faoliyati orqali Vatan himoyasiga qo'shayotgan bebaho xizmatlari uchun chuqur minnatdorchilik bildirildi.