‘‘Bookhara Books’’ kitoblar olamida sayyor dars.
2025-yil 13-noyabr kuni Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 2-bosqich 11-5TNI 24 guruhi bilan Ikkinchi chet tili fanidan ‘‘Bookhara Books’’ kitoblar olamida sayyor dars tashkil qilindi. Sayyor darsda M.X.Jabbarova talabalarga kitob haqida kerakli ma’lumotlat berib o’tdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mutolaa haqida fikr bildirib, jumladan, shunday degandi: “... hammamiz uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega boʻlgan masala, yaʼni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga boʻlgan muhabbatini, ularning maʼnaviy immunitetini yana-da oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi”.
Kitob — bilim manbai”, deymiz. Bu isbot talab qilmas haqiqat. Zero, inson bilimni asosan kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanadi. Yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni oʻqiganda, ularning dunyoqarashi kengayadi, hayotga munosabati oʻzgaradi. Kitob umr yoʻllarini yorituvchi soʻnmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh boʻluvchi sodiq doʻst. Insonning maʼnaviy kamolotini taʼminlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yoʻq. Shu bois azal-azaldan maʼrifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob oʻqishga, undan ilmu odob sirlarini oʻrganishga chorlab kelishgan. Ushbu sayyor dars talabalarda ijobiy taassurot qoldirdi.