Kitob - ma'naviy ozuqa manbai.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Sh.D.Xolova tomonidan III-bosqich Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 11-7TNA-22 guruh talabalari bilan Besh tashabbus doirasida Buxoro shahrida joylashgan Bookhara books markazida 2025 yil 10-yanvar sanasida Ikkinchi chet tili fanidan "Apprendre par coeur les chansons françaises. Lara Fabian et ses chansons" mavzusida sayyor dars tashkil qilindi.
Mashg'ulot davomida xorijiy tillarni o'rganishda kitobning ahamiyati haqida o'zaro fikr almashildi. Buyuk mutafakkir Frensis Bekon yozganidek, “Kitob zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va oʻzining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir.”.
Xalqimiz tilida kitob o‘qib bilim va munosib tarbiya olish, kasb-hunar o‘rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko‘p. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Bilim – aql chirog‘i”, “Go‘zallik – ilmu ma’rifatda”. Bunday hikmatli naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin. Necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish, va kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.