Pedagogik amaliyot samarali davom etmoqda...
Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasida 2-bosqich magistri pedagogik amaliyotni samarali olib bormoqda. 2024-yilning 21-oktabr sanasida Karimova Saodat tomonidan 212-xonada, 11-1FRA-23 guruh talabalari bilan O‘qish va yozish amaliyoti fanidan “Emile Zola “Germinal”, chapitre I” mavzusida pedagogik amaliyot rejasi bo‘yicha ochiq dars tashkil qilindi.
Dars pedagogik amaliyot rahbari M.M. Jo‘rayeva va kafedraning boshqa professor-o‘qituvchilari O.I. Adizova, N.B. Kuldashova, N.N. Abdullayeva, F.S. Nasimovalar tomonidan kuzatildi.
Dars davomida CEFR ning barcha, eshitish, gapirish, yozish va o‘qish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e'tibor berildi. Dars davomida tashkil etilgan mashqlar talabalarning o’z fikrini erkin ifodalashlariga yordam berdi. Mashg’ulot jarayonida video va audio materiallaridan tashkil topgan slaydlardan unumli foydalanildi. Dars reja asosida o‘tkazildi va do‘stona muhitda olib borildi.