Buxoro shahridagi Fransuz madaniyat markazida sayyor darsÂ
2025 yil 9-yanvar sanasida Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi dotsenti Kuldashova Navbaxor Bobokulovna tomonidan Filologiya va tillarni o’qitish (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 11-4 FRA-21 guruh talabalari bilan Buxoro shahridagi “Isteza” Fransuz madaniyat markazida sayyor dars tashkil etildi.
Ushbu madaniy markazning bosh ofisi Parijda joylashgan bo`lib, uning Buxorodagi filialiga Irina Mavlanova rahbarlik qiladi. Ekskursiya davomida Irina Mavlanova ushbu madaniy markaz faoliyati haqida talabalarga so’zlab berdi. Tashrif chog`ida talabalar fransuz turistlari bilan ham hamsuhbat bo`lib, Fransiyada ta`lim, Fransiyaning urf-odatlari va o`zlarini qiziqtirgan boshqa savollariga javob oldilar.