Navbatdagi Ma'rifat darsi o'tkazildi.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi dotsenti f.f.f.d.(PhD) M.M.Jo‘rayeva tomonidan 2025 yil 2-aprel kuni Filologiya va tillarni o‘qitish, Tarjima nazariyasi va amaliyoti, Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (fransuz tili) yo‘nalishlaridagi 2-bosqich talabalari ishtirokida Ma’rifat darsi o‘tkazildi.
Ma’rifat darsida bugungi kunda Prezidentimizning Mo‘tabar maskanlar va muqaddas qadamjolarni obod qilish to‘g‘risidagi, Yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan saqlash, ilm-ma’rifatga yo‘naltirish to‘g‘risidagi, 26-mart kuni Energiya resurslarini iqtisod qilish, iste’mol samaradorligini oshirish hamda ulardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilish hamda, xususiylashtirish borasidagi muhokama qilingan ustuvor vazifalar to‘g‘risida fikrlar almashildi.