"La déscription physique " mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Nemis va fransuz filologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi M.X.Tairova tomonidan 2026-yil 17-aprel kuni Filologiya va tillarni o‘qitish(ingliz tili) taʼlim yo‘nalishi 2-bosqich 11-11 ING-24 guruhida Ikkinchi chet tili fanidan "La déscription physique" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Ochiq dars talabalarga shunchaki lug‘at boyligini oshirish emas, balki kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish maqsadida Jismoniy tavsif haqida bo’lgan La déscription physique mavzusi haqida sodda va tushunarli bilim berish, shu mavzuga oid lugat boyligini oshirish, yangi so’zlar yordamida gaplar tuzish ko‘nikmasini shakllantirish hamda mavzuni amaliy jarayonda qo‘llash edi. Dastlab talabalar mavzuga oid lug’at bilan tanishtirildi. Misollar orqali yangi so’zlarni ishlatishni bilib oldilar, qo’shimcha materiallar yordamida yangi so’zlarni matnda topib tarjima qilishda mini-o‘yinda qatnashishdi.
Shundan so‘ng, talabalar uchta guruhlarga bo‘lingan holda, berilgan vazifani bajarib chiqdilar. Shu bilan birga bunda nostandart usuldan foydalanildi - har bir talabada bo‘yash uchun rasm berildi, keyin esa u bo‘yagan rasmni tasvirlash uchun yangi o’tilgan so’zlardan foydalanib aytib berdi. Talabalar bu topshiriqqa ijodiy yondashib, so‘z boyliklarini osonlik bilan boyitdilar, Dars jarayonida talabalar o‘z fikrini mustaqil bayon qilish, grammatik strukturalarni og‘zaki va yozma tarzda qo‘llash imkoniga ega bo‘ldilar.
Pedagogik texnologiyalar va multimediyadan foydalangan holda olib borilgan dars talabalar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Dars yakunida faol ishtirok etgan talabalar rag‘batlantirildi va mavzu bo‘yicha umumiy xulosa chiqarildi. Ochiq dars tahlilida Nemis va fransuz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchilari O.I.Adizova, N.N.Abdullayeva va Sh.D.Xolova ishtirok etdilar.