Yesterday

"Cours de français" to'garagining navbatdagi mashg'uloti o'tkazildi.

2026-yil 12-mart kuni Nemis va fransuz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi Narzullayeva Dilfuza Bafoyevna rahbarligida “COURS DE FRANÇAIS” to‘garagi doirasida “Les hobbys et les intérets. Les métiers. Ma future profession. Activité. Une enquête sur les habitudes et les loisirs” mavzusida navbatdagi mashg‘ulot o‘tkazildi.

To‘garak davomida talabalarga avvalo sevimli mashg‘ulotlar va qiziqishlar mavzusi tushuntirildi. Talabalar o‘zlarining bo‘sh vaqtlarida nima bilan shug‘ullanishlari haqida fransuz tilida gapirib berdilar. Masalan, kitob o‘qish, musiqa tinglash, sport bilan shug‘ullanish, film ko‘rish kabi mashg‘ulotlar muhokama qilindi. Keyingi bosqichda kasblar mavzusi ko‘rib chiqildi. Talabalar fransuz tilida turli kasb nomlarini o‘rgandilar va ular haqida qisqa gaplar tuzdilar. Har bir talaba kelajakda qaysi kasbni tanlashni xohlashi haqida fikr bildirdi. Shundan so‘ng “Une enquête sur les habitudes et les loisirs” nomli amaliy faoliyat o‘tkazildi. Talabalar bir-birlariga savollar berib, ularning bo‘sh vaqt odatlari va qiziqishlari haqida ma’lumot to‘pladilar.

Dars interaktiv usullar asosida tashkil etilib, unda rasm asosida tasvirlash mashqlari, juftlikda bir-birini tasvirlash, joylar haqida og‘zaki taqdimotlar hamda buyumlarni tavsiflashga doir kichik suhbatlar o‘tkazildi. Ushbu mashg‘ulotlar orqali talabalar tashqi ko‘rinish, xarakter xususiyatlari, muhit va predmetlarning belgilarini izchil hamda tushunarli tarzda ifodalash ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.

Mashg‘ulot to‘liq fransuz tilida olib borildi va talabalarning nutq ravonligi, so‘z boyligini kengaytirish, gap tuzish malakalarini rivojlantirish hamda tasviriy nutqda aniqlikni ta’minlashga qaratildi. Dars davomida zamonaviy kommunikativ metodlar, savol-javob texnikalari va amaliy topshiriqlardan samarali foydalanildi. Mashg‘ulot yakunida talabalar faol ishtiroki e’tirof etildi va o‘rganilgan mavzu amaliy mashqlar orqali mustahkamlandi. Ushbu to‘garak orqali talabalar ingliz tilida insonlar, joylar va buyumlarni to‘g‘ri va mazmunli tasvirlash ko‘nikmalarini egalladilar.

Nemis va Fransuz filologiyasi kafedrasi.