« Enoncé, énonciation, notion d’énoncé et les types de textes. Métaphore et métonymie » mavzusida ochiq dars.
2024 yil 23-noyabr kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakultetida Fransuz filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi Narzullayeva Dilfuza Bafoyevna tomonidan ochiq dars tashkil etildi. Stilistika va matn tahlili fanidan « Enoncé, énonciation, notion d’énoncé et les types de textes. Métaphore et métonymie » mavzusidagi mazkur dars 4-bosqich Filologiya va tillarni o'qitish (fransuz tili) ta'lim yo'nalishi 11-1FRA-21 guruh talabalari bilan samarali o'tkazildi.
Noan'anaviy tashkil etilgan seminar mashg'ulot davomida bir qator interfaol metodlardan foydalanildi. Xususan, talabalarda Tinglab tushunish (Comprehension orale) hamda Gapirish (Production orale) ko'nikmalarini yaxshilashga yo'naltirilgan topshiriqlar talabalar qiziqishi va faolligini oshirdi. Ularga nazariy bilimlarni mustahkamlashga yo'naltirilgan mashqlar berildi.
Ochiq dars mashg'uloti Fransuz filologiyasi kafedrasi professor-o'qituvchilari: f.f.f.d.(PhD) dotsent O.O.Bobokalonov, f.f.f.d.(PhD) katta o'qituvchi M.X.Jabbarova, f.f.f.d.(PhD) D.Sh.Islomov, f.f.f.d.(PhD) P.R.Bobokalonov va R.R.Radjabovlar tomonidan tahlil qilindi.
Ochiq dars mashg'uloti Parij Sorbonne universiteti va Parij Rives-de-Seine IUT (Institut Universitaire de Technologie) tajribali o‘qituvchi va tadqiqotchisi Katerin Ayme xonim hamda Ta'lim jarayonlari monitoringi sektori yetakchi mutaxassisi A.Sh. Akramov va Ta'lim sifatini nazorat qilish departamenti yetakchi mutaxassisi Sh.F. Sharipov tomonidan ham tahlil qilinib, yuqori baholandi.