December 8, 2023

Konstitutsiya/2023

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi - VikipediyaOʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi — Oʻzbekiston Respublikasining asosiy qonuni, oliy yuridik kuchga ega boʻlgan siyosiy-huquqiy hujjat.Yangi konstitutsiya tahriri Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri[1]2023-yil 1-maydan eʼtiboran kuchga kirdi. Bunga 30-aprel kuni boʻlib oʻtgan referendum natijasiga koʻra 11 ta moddadan iborat tegishli qonunning qabul qilinishi asos boʻldi. Bu qonunning 1-moddasiga Konstitutsiyaning yangi tahriri ilova qilingan. Yangi konstitutsiya 65 foizga yangilangan[2]. Tarixi1992-yil 8-dekabrda 12-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida qabul qilingan. „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi toʻgʻrisida“gi Konstitutsiyaviy qonun (1991-yil 31-avgust) ushbu Konstitutsiya uchun asos boʻlib xizmat qilgan. Mustaqil Oʻzbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish gʻoyasi ilk bor 1990-yil 20-iyunda boʻlib oʻtgan mamlakat Oliy Kengashining 2-sessiyasida ilgari surilgan. Ushbu sessiya prezident Islom Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy komissiyani tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. Uning tarkibiga deputatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning vakillari, davlat hamda jamoat birlashmalari, korxonalar va xoʻjaliklarning rahbarlari, huquqshunos olimlar va mutaxassislar kirgan. Oliy Kengashning 10-sessiyasida komissiya tarkibi qisman yangilangan. Komissiya ishlab chiqqan loyiha matbuotda eʼlon qilinib, keng muhokama etilgan. Konstitutsiyaviy komissiya umumxalq muhokamasi yakunlarini koʻrib, loyihani tuzatib va maʼqullab Oliy Kengash sessiyasida koʻrib chiqishga tavsiya qilgan. Loyiha Oliy Kengash sessiyasida ham moddama-modda muhokama etilgandan soʻng qabul qilingan.Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hozirgi kunga qadar 14-marta oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan:[3]2018-yil 15-oktabrda qabul qilingan Qonun bilan 105-moddaning birinchi qismidagi „ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini“ degan soʻzlar „raisni (oqsoqolni)“ degan soʻzlar bilan almashtirilgan;Shuningdek:2021-yil 8-fevral kuni „Oʻzbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida“gi qonun qabul qilindi. Oʻzgartirishga koʻra, Oʻzbekistonda sud tizimi quyidagilardan iboratligi belgilandi:Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi;Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;tumanlararo maʼmuriy sudlari[4].Tuzilish jihatdanOʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muqaddima, 6 boʻlim, 27 bob, 155 moddadan iborat.1-boʻlim (I-IV bob, 1-4-moddalar) Asosiy prinsiplar deb nomlangan boʻlib, unda Oʻzbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatidagi asosiy konstitutsiyaviy prinsiplari koʻrsatilgan. Bunday prinsiplar qatoriga davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunning ustunligi hamda tashqi siyosat tamoyillari kiradi.2-boʻlim (V-XI bob, 19-64-moddalar) Inson va fuqarolarning Asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari deb atalgan boʻlib, inson huquqlari Oʻzbekistonga xos yaxlit va keng tizimidir. Konstitutsiya Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolikni oʻrnatdi. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquq va erkinliklari huquq normalariga muvofiq taʼminlanadi. Oʻzbekistonda hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanishi Konstitutsiyada mustahkamlangan, har bir shaxs mulkdor boʻlishga haqli, meros huquqi bilan kafolatlanadi. Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash huquqiga egadir. Barcha fuqarolar dam olish huquqiga ega boʻlib, ish vaqti va haq toʻlanadigan mehnat taʼtilining muddati qonun bilan belgilanadi. Har bir inson bilim olish, tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. Konstitutsiyada har bir shaxsga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish fuqarolar uchun majburiydir. Oʻzbekistonni himoya qilish — mamlakat har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni oʻtashga majburdirlar.3-boʻlim "Jamiyat va shaxs"'(XII-XV bob, 65-82-moddalar) deb ataladi. Bu boʻlimda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi kafolatlanishi bayon etilgan. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekanligi, mulkdor mulkiga oʻz xohishicha egalik qilishi, foydalanishi va uni tasarruf etishi taʼkidlanadi. Roʻyxatdan oʻtkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida eʼtirof etiladi. Konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishni maqsad qilib qoʻyuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib qiluvchi, xalqning sogʻligʻi va maʼnaviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek, harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi. Konstitutsiyada koʻrsatilishicha, otaonalar oʻz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar, shuningdek, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar oʻz otaonalari haqida gʻamxoʻrlik qilishga majburdirlar. Oʻzbekistonda ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Senzurata yoʻl qoʻyilmasligi alohida taʼkidlanadi.4-boʻlim Ma'muriy-hududiy va davlat tuzilishi(XVI-XVII bob, 83-90-moddalar) Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiga bagʻishlangan.5-boʻlim'(XVIII-XXVII bob, 91-153-moddalar) ' Davlat hokimiyatining tashkil etilishi haqida boʻlib, unda hokimiyat vakolatlarini taqsimlash prinsipi oʻz ifodasini topgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati asoslari, Oʻzbekiston Respublikasi sud hokimiyati, saylov tizimi, prokuratura, moliya va kredit, mudofaa va xavfsizlikka oid alohida boblar bor.Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish tartibi soʻnggi 6-boʻlim(154-155-moddalar)da oʻz ifodasini topgan. Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari umumiy sonining kamida 2/3, qismidan iborat koʻpchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki Oʻzbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi.Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun — 8-dekabr umumxalq bayrami — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni deb eʼlon qilindi. Shu kundan boshlab Oʻzbekiston ham oʻz konstitutsiyasiga ega boʻldi. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_Respublikasining_Konstitutsiyasi