July 26, 2023

Yangi hikoya / Shohruh Karimov QarDU 

Xayolparast Jeyms Bond / fantastik hikoya / muallif : Shohruh Karimov https://t.me/filolog_master

Uning bir qiziq odati bor edi. U sarguzasht ishqibozi bo'lib, har kuni kutilmagan voqealarni o'ylab topar va anashu fantastik dunyo ichida yashardi. Mana o'qishga kirgan bo'lsada go'yoki o'zini Student emas balki maxfiy topshiriq bilan studentlar orasidagi maxfiy agent deb hisoblab, o'ziga Jeyms degan laqabni qo'yib olgandi. Ko'pincha u odatdagidek dars boshlanishidan oldin kelar va yon atrofni tekshirardi. Chunki Uning hayolida xonada tunda biror bir marslik kelgindilar qolib ketgan bo'lsa u ularni zararsizlantirishi, xavfni oldini olishi bu eng muhim vazifa edi. Lekin....... Jeyms bugun dushanba kuni darsga kech keldi. U oqsoqlanib xonaga kirdi. Uning chap oyog'i gips bilan o'ralgan, aftidan biror bir xalokatga uchragan odamga o'xshab ko'rinardi. Xonadagi studentlar unga xayron boqishdi. Chunki Jeyms darsga kech qolmas edi. O'qituvchi Jeymsning axvoliga qaradida undan ne sababdan darsga kech qolganini so'radi. Jeyms ko'pincha ma'lumotlarni sir saqlardi. Biroq bu safar negadir haqiqatni aytmoqchi bo'ldiyu "lekin bunga kim ham ishonardi" degan ichki ovozdan so'ng o'zini to'xtatdi. "Ha, kecha ozroq sinfdoshlar bilan o'tirgandik" dedi. O'qituvchi "hammasi tushunarli" degandek bosh irg'adida uning joyiga o'tirishga ruxsat berdi. Jeyms o'z o'rniga o'tirdi. Dars boshlandi. O'qituvchi ma'ruza qilar ekan studentlar daftarlariga uni konspekt qila borishardi. Jeyms esa qora bloknotida bugungi ishidagi esda qolgan voqealarni qayd qilardi. U qora bloknotini sir tutardi. Biroq bugun oyoqdagi og'riq tufayli biroz o'zini yo'qotib qo'ygandi. U biroz o'ziga kelish uchun uxlab olish kerakligini tushundida joyida stolda ko'zlarini yumib, biroz miyasiga dam berdi. O'qituvchi buni payqadi shekilli Jeymsni yoniga kelib sekingina qora bloknotini olib, uni ichida o'qiy boshladi. "bugun yo'lda marslik kelgindilar hujum qildi. Aftidan ular meni Student emas agent 007 ekanligimni aniqlashgan ko'rinadi. Ular ko'pchilik bo'lsada meni qo'lga olisholmadi. Kamina oyoqdan jarohat oldim. Shu bois davolanish uchun o'zimizning maxfiy labaratoriyada Klapeotra qo'l ostida davolanishim kerak. Bir hafta ta'til........"

Bu yog'i yozilmagan edi. O'qituvchi yozuvlardan nimanidir tushungandek bo'ldiyu, qora bloknotni bilintirmasdan Jeymsni oldiga qo'ydi. O'qituvchi mavzuni tushuntirishda davom etdi. Qo'ng'iroq chalinib tanaffuz boshlandi. Studentlar tanaffusda huddi ozodlikka chiqqan maxbuslardek g'ala-g'ovur qilishardi. Jeyms shovqindan uyg'ondi. Bugun bir para dars edi. U o'rnidan turib ketmoqchi bo'lganida o'qituvchi uning yoniga kelib qandaydir qog'ozni uzatdida "buni uyingizda o'qing" deb qo'ydi. Jeyms uyga kelib qog'ozni o'qidi : "Men ham aslida josuslar akademiyasidanman. Sherlok Xolmsni o'zga sayyoraliklar olib ketgan bo'lishi mumkin, degan taxmin bilan hozirda shu yerdaman. Fikrimcha studentlar orasida ularga o'xshash marslik kelgindilar bo'lishi mumkin. Ularni aniqlab, tiriklayin qo'lga olish kerak. Shunda Sherlok Xolmsni qayerga yashirishganini bilib olishimiz mumkin. Aytgancha shuncha kuzatib, studentlar orasidan qaysi biri o'zga sayyoraliklar ekanini aniqlashda biroz muammoga duch kelyapmiz. Ularni (ya'ni o'zga sayyoraliklarni) aniqlashda nima tavsiya berasiz? " Jeyms telefonni qo'lga oldida, telegram orqali o'qituvchiga bir namalarnidir yoza boshladi :" Odatda ularni quyidagi asosiy jihatlar orqali aniqlashimiz mumkin. studentlar kitob o'qiydi, marslik kelgindilar esa o'qimaydi (sababi o'qish ular uchun zerikarli ish), studentlar dars vaqti ma'ruzani konspekt qiladi, marsliklar esa dars vaqti uxlaydi (chunki ular yorug'likni yoqtirishmaydi, kechda esa ertalabgacha telegramda qandaydir maxfiy ma'lumotlar bilan oddiy insonlarni ov qilishadi), studentlar ta'tilni oilasi bilan uyda o'tirib dam olishadi, marsliklar esa buni xush ko'rishmaydi (sababi uyda kichik qaroqchilar ularning telefonini olib o'ynashverganidan maxfiy ma'lumotlarni o'zlarining sheriklariga yetkaza olishmaydi)......

⚡️ ba'zi odamlar real hayotda emas, o'zining fantastik dunyosida yashashni xush ko'rishadi. Ular o'zining dunyosi bilan baxtli odamlardir.