April 11, 2023

Ko'zgu(hikoya) Orifjon nima bo'ldiyu, bir kasallik bilan shifoxonaga tushib qoldi. Uni shifokor ikki kishilik palataga joylashtirdi. Hamrohi Mirzabek ancha gapga chechan edi. U Orifjon bilan suhbat qurar, uni zeriktirmaslikka harakat qilardi. 

Ko'zgu(hikoya) Orifjon nima bo'ldiyu, bir kasallik bilan shifoxonaga tushib qoldi. Uni shifokor ikki kishilik palataga joylashtirdi. Hamrohi Mirzabek ancha gapga chechan edi. U Orifjon bilan suhbat qurar, uni zeriktirmaslikka harakat qilardi. Mirzabekni har kuni sinfdoshlaridan biri ko'rishga kelib turardi. Orifjonni esa faqat holidan onasi xabar olib qo'yardi. Oradan bir hafta o'tdi hamki Orifjonni sinfdoshlaridan darak yo'q. Mirzabekni esa shu kungacha holidan nechta sinfdoshi xabar olmadi deysiz. Mirzabekning bugun ketar kuni edi. U xonasiga kirdida shifokor javob berganini aytib, narsalarini yig'ishtira boshladi. Orifjon Mirzabek bilan xayrlashmoqchi bo'lib o'rnidan turdi. Uning qo'llarini siqib, sinfdoshlari undan har kuni xabar olishi sirini so'raganda Mirzabek bu yerda hech qanday sir yo'qligini ta'kidladida, Orifjonga qarab:-To'g'risi, ularning hammasi ham bir sinfda o'qimagan do'stlarim. Bizlar betob bo'lganimizda, ishlarimiz ko'payganida birga hamjihatlikda hal qilamiz. Yoshlikdan bir-birimizni holimizdan xabar olamiz. Tashvish qaysi birimizning boshimizga tushsa, o'shani oldiga borib yonida bo'lardik. - Mirzabek gapni tugatdida eshik oldiga yaqinlashdi - mayli aka, sog'ayib keting. Yaxshi kunlarda ko'rishamiz. Mirzabek xonadan chiqib ketgach Orifjon xomushgina karovatiga o'tirdi. Uning qalbida nimadir, qandaydir og'riq paydo bo'lgandi. Birozdan so'ng o'zini qo'lga oldida yuz-qo'lini yuvmoqchi bo'lib, ko'zgu turgan kran oldiga keldi. Ko'zi ko'zguga tushdiyu beixtiyor vijdoni qiynalayotganini, hayollari orasida o'zi bilan o'zi kurashayotganini his qildi: "ha, Orifjon. Nima bo'ldi? Bu bolani gapi senga ta'sir qildimi. Sinfdoshlaring xabar olmagani uchun ularni ayblash emas, balki bunga o'zing sababchi ekanligingni endi anglayapsanmi? Qani aytchi, qachon ulardan xabar olgan eding. Esingdami, yaqin do'sting, sen bilan birga maktabga boradigan hamrohing boshiga musibat tushganida, onasidan ayrilganida uning yonida emas, to'ylarda ishim bor, deb to'ylardan yaxshigina pul topib yurganding. Boshqasi sendan yordam so'rab kelganida "uyda yo'q deb aytinglar" deb hatto uni ostonadan ham kiritmagan eding.... Bugunchi? Sinfdoshlaring bugun senga ham ko'zgu tutishib, unda o'z aksingni ko'rsatishyaptimi? Mana sen ham bemor bo'lib yotib, endi yolg'izlik nima ekanligini his qilyapsan. Bu qanchalik og'ir yuk ekanligini endi bilyabsan" Orifjon ko'zgudagi bu holatni ko'rib, nahotki "bu men bo'lsam" deya o'zini huddi sovuq suvga tushgan mushuk bolasidek his qildida, karovatiga kelib sekingina o'ranib yotdi. "Qaniydi hammasini ortga qaytara olsam edi? Qaniydi boshidagi hatolarini to'g'rilash imkoniyati berilsa???Sinfdoshlarim, sizlardan o'zimni olib qochmasdim....". Orifjonning ko'zlari yoshlansa-da, negadir yig'lay olmasdi. Shu payt eshik ochilib, Orifjonning yaqin sinfdoshlari xonaga kirib kelishdi. Ular Orifjonning holidan xabar olgani kelishgan edi. Orifjon bundayin baxtni kutmagan edi. U Sinfdosh do'stlarini ko'rib, rosa xursand bo'ldi. Bemor ekanligini unitib qo'ydida, o'rnidan sakrab turdi va sinfdoshlari bilan quchoqlashib ko'rishdi. Mana ularni necha yil bo'libdiki, ko'rmagan, suhbat qurmagan edi. Orifjon bugun ancha sog'ayganini his qildi. "Yaratganga shukr, hammasi ortda qolgani uchun" .. ©Shohruh Karimov QarDU https://t.me/yulduzcha1987

Ko'zgu(hikoya)