April 12, 2023

Jahon adabiyoti : Stendal, Balzak, Charlz Dikkens, Mopassan, Ernest Xeminguey, Gabriel Garsia Markes

Stendalь (taxallusi; asl ism-sharifi Anri Mari Beylь) (1783.23.1, Grenoblь — 1842.23.3, Parij) — frantsuz yozuvchisi. Advokat oilasida tug’ilgan. 1799 yilda harbiy vazirlik xizmatiga kirgan, Napoleon I armiyasida xizmatda bo’lgan (1806—14). So’ng Italiyaga kelib, J. Bayron bilan tanishgan. Italьyan romantiklarining «Conciliatore» («Yarashtiruvchi») jurnali bilan hamkorlik qilgan. 1815 yildan boshlab Stendalьning dastlabki asarlari e’lon qilina boshlaganMashhur frantsuz yozuvchisi Stendalь (1783-1842) realistik roman janri yuksalishiga katta hissa qo’shgan ijodkor hisoblanadi. Adibning badiiy bezaklardan xoli, shaffof suvdek tiniq mazmundagi “Qizil va qora” (yana bir nomi «Lyusьen Leven») (1831) va “Parma ibodatxonasi” (1839) romanlarida psixologik tahlilga tortilgan qahramonlarning ichki dunyosida romantik ruhdagi shijoatni otashqalb muhabbatni, ko’rish mumkin.

Onore de Balzak (1799-1850; Fransiya)Fransuz realist yozuvchisi. Balzakning ijodiy merosi janr jihatidan ulkan va xilma-xil: romanlar, povestlar, dramalardan iborat. Balzakning ko‘pgina romanlari va povestlari umumiy g‘oya asosida birlashtirilgan va «Inson komediyasi» deb nomlangan ko‘p jildli epopeyani tashkil etadi. Unda Balzak o‘z zamonasidagi fransuz jamiyatining haqqoniy, yorqin manzarasini yaratgan. «Inson komediyasi»ni muallif 3 qismga bo‘lgan: «Odatlar haqidagi etyudlar», «Falsafiy etyudlar», «Analitik etyudlar». O‘ylangan 143 ta asardan 97 tasi yozilgan. Eng katta qismi «Odatlar haqidagi etyudlar»dir, unga 72 ta roman kirgan bo‘lib, bular orasida — «Gobsek» (1830), «Yevgeniya Grande» (1833), «Gorio ota» (1834), «Yo‘qotilgan orzular» (1837—43) kabi asarlar bor. Balzak ijodida fransuz realizmi o‘zining yuksak pog‘onasiga ko‘tarildi. «Inson komediyasi» epopeyasi 19-asrning 1-yarmidagi fransuz jamiyatining realistik manzaralarini keng qamrovda aks ettirganligi, voqealarga, dalillarga boyligi, turli toifadagi kishilar dramasi yaratilganligi, yorqin obrazlari va personajlari bilan katta taassurot qoldiradi. Epopeya asarlari bir-biri bilan bog‘langan, qahramonlar taqdiri tutash. Sudxo‘r Gobsek, kommersant Grande, bankir Nusingen, ziyoli Rastinyak kabi obrazlar asardan asarga o‘ta boradi. Balzakning «Inson komediyasi» epopeyasi zamondoshlarining yuksak bahosiga sazovor bo‘lgan. Balzakning «Yevgeniya Grande», «Gorio ota», «Gobsek», «Sag‘ri teri tilsimi» asarlari S. Muhammadjonov, M. Mirzoidov, M. Mahmudov va boshqa tarjimasida turli yillarda o‘zbek tilida nashr etilgan.

Charles John Huffam Dickens (talaffuzi: Jon Haffem Charlz Dikkens; 7-fevral 1812-yil, Lendport — 9-iyun 1870-yil, Xeydsxill) — ingliz yozuvchisi. Adabiy faoliyati 1833-yilda boshlangan. Mehnatkash xalqning ogir axvoli Dickens asarlarining bosh mavzusi boʻlgan. Dickens tanqidiy realizm uslubining asoschilaridan hisoblanadi. Hajviy-sentimental ruhda yozilgan Pikvik klubining oʻlimidan keyingi yozishmalari (1837), Oliver Twistning sarguzashtlari (1838), Nikolas Niklbi (1839) romanlari Dickensni dunyoga mashhur qildi. 19-asrning 40—50-yillari Dickens ijodi gullagan davr boʻldi. „Martin Chuzzlewit“ (1844) romanida Amerika voqeligidagi salbiy tomonlar tasvirlangan. Dombi va oʻgʻli (1848) romanida insonlik qiyofasini yoʻqotgan, manmansiragan ingliz boyvachchalari hajv tigʻi ostiga olingan. Tarjimai hol yoʻsinidagi „David Copperfield“ (1850) romanida esa oʻsha zamonning ijtimoiy ziddiyatlari koʻrsatilgan. Dickens asarlarida, umuman oddiy kishilar qiyofasi zoʻr mahorat bilan aks etadi. 1848-yilda Angliyada chartistlar (yoʻqsullar) harakati magʻlubiyatga uchragan davrda Dickens dolzarb ijtimoiy muammolarni qalamga oldi (Sovuq uy, 1853; „Mashaqqatli zamon“, 1854; Jajji Dorrit, 1857 va boshqalar). Bular orasida, ayniqsa, Mashaqqatli zamon romani alohida ahamiyatga ega.„Ikki shaharcha toʻgʻrisida qissa“ (1859), „Intizorlik“ (1861), „Bizning umumiy doʻstimiz“ (1865) kabi romanlarida esa Dickens jamiyatni ijtimoiy inqirozdan olib chiqish yoʻllarini badiiy vositalar yordamida tasvirlaydi.Oliver Twistning sarguzashtlari“ romani oʻzbek tilida nashr qilingan (1984).

Gi de Mopassan (1850-1893; Fransiya)Fransuz yozuvchisi. Adabiyotga 1880 yilda she’rlar to‘plami va «Do‘ndiq» novellasi bilan kirib kelgan. U 6 roman, 18 hikoyalar to‘plami, ocherk va pyesalar, ko‘plab maqolalar va boshqa asarlar muallifi. Mopassan ma’naviy qashshoq, munofiq kishilar obrazining butun bir silsilasini yaratgan («Javohirot», «Oila bag‘rida», «Vasiyatnoma» «Bochkacha», «Iblis» va b.). Uning «Daydi», «Shkaf», «Gadoy» kabi novellalarida turmush qa’riga uloqtirilgan notavonlar hayoti tasvirlangan. Muhabbatni mol-dunyodan iborat deb biluvchi, shu bois har qadamda o‘zini sotishga tayyor ayollar obrazi «Ivetta», «Haqqoniy tarix» va boshqa asarlarida mahorat bilan chizilgan. Mopassan sof muhabbat («Oy yog‘dusi», «Baxt»)ni kuylaydi va ma’naviy yuksak oddiy kishilarni qadrlaydi («Simon ota», «Marten qizalog‘i»), vatanparvar va jasoratli insonlarni tarannum etadi («Do‘ndiq», «Madmuazel Fifi», «Milon amaki»). Uning «Hayot» (1883), «Azizim» (1885), «Mont-Oriol» (1886), «Per va Jan» (1887—88) kabi romanlarida umumbashariy mavzular, mansabparastlar qismati, boylik orttirishga xuruj qilish yuksak mahorat bilan tasvirlab berilgan. «O‘limdek kuchli» (1889), «Bizning qalb» (1890) romanlarida esa psixologik ruh kuchli. «Hayot», «Azizim» romanlari (Ibrohim G‘afurov tarjimasi) va bir qancha hikoyalari o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

Ernest Xeminguey (1899-1961; AQSh)Amerikalik yozuvchi. 1917 yildan Kanzas-Sitida journalist-reportyor sifatida ish boshlagan. 1-jahon urushi qatnashchisi (1914-18). Xeminguey 1928 yilgacha Parijda, 1939-60 yillarda Kubada yashadi. Dastlabki hikoyalar kitobi — «Bizning zamonda» (1924). «Quyosh chiqadi» (1926, inglizcha nashrlarda «Fiesta» nomi bilan chop etilgan), «Alvido, qurol!» (1929) romanlarida urushning bemisl mantiqsizliklari, inson haqhuquqlari, erkiga tajovuz, ayni paytda, insoniy mardlik, qadrqimmat va muxabbatning har qanday yovuz kuchlardan ustunligi yorqin ifodalangan.1930-yillarning 1-yarmida Xeminguey ijodida tushkunlikni kuzatish mumkin. Shu davrda yozuvchi hayot yo‘lini qayta mulohaza qilib ko‘rishga, o‘z ijodining muayyan yo‘nalishlarini aniqlashga intiladi. Natijada «Peshindan keyingi o‘lim» (1932), «Afrikaning yashil tepaliklari» (1935), «G‘olibga bayroq berilmaydi» (1933) hikoyalar to‘plami dunyo yuzini ko‘radi. «Ho‘kizning shoxi», «Frensis Makomberning baxti», «Kilimanjaro qorlari» (1936) hikoyalari, «To‘qchilik va yo‘qchilik» (1937) romanida Xeminguey ijodiy yuksalishi ko‘zga tashlanadi. Xeminguey asarlarida dastlabki jurnalistik kuzatuv o‘rnini tahliliy, qiyosiy mulohaza va mushohadalar egallaydi. U har qanday urushni qoralaydi, shu tufayli insoniyat aziyat chekayotganiga e’tibor qaratadi. Inson huquqlari yo‘lida, ozodlik kurashida yolg‘iz maydonga tushishning halokatli oqibatlarga olib kelishini oddiy kishilar obrazi orqali ifodalaydi.Xeminguey 1931—39 -yillari ispan xalqining milliy ozodlik kurashida harbiy muxbir sifatida qatnashadi. Shu yillarda uning bir necha ocherk va reportajlari, «Motam qo‘ng‘irog‘i» (1940) romani chop etiladi. Bu asarlardagi qahramonlar xalq ozodligi yo‘lida fashizmga qarshi kurashadilar, insoniyat taqdiri uchun o‘zlarining mas’ul ekanliklarini qalban his etadilar, kishilar bilan birga iztirobga tushadilar, xavf-xatardan qutulish choralarini izlaydilar.2-jahon urushidan keyin Xeminguey ijodida yangi davr boshlangan. Biroq bu davrda yuzaga kelgan «Xavfli yoz» va «Okeandagi orollar» romanlari avvalgilariga qaraganda badiiy jihatdan ancha bo‘sh asarlar sanaladi. Lekin ma’lum muddat o‘tib, Xeminguey insonning ruhiy holatini tadqiq etish bilan jamiyatdagi mavjud vaziyatni ochib berishga qodir asarlarni yaratdi. Badiiy jihatdan ancha yuksak bo‘lgan «Daryoning naryog‘ida, daraxtlar soyasida» (1950) romani, «Chol va dengiz» (1952) qissasi Xemingueyga katta shuhrat keltirdi. Xeminguey 20-asrda o‘zigagina xos bo‘lgan qatiy xolislikka asoslangan xarakterli uslubni yaratdiki, keyinchalik Amerika qit’asidan yetishib chiqqan yozuvchilar bu uslubga teztez murojaat qiladigan bo‘lishdi.«Chol va dengiz», «Alvido, qurol!» va boshqa asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Nobel mukofoti laureati (1954).

Gabriel Garsia Markes (1928-2014; Kolumbiya)Gabriel Garsia Markes (1928, Arakataka - 2014, Mexiko) — kolumbiyalik yozuvchi. «El Espektador» gazetasining Bogota va Yevropadagi reportyori. 1959—60 yillarda Kuba «Prensa Latina» agentligining muxbiri. Dastlab stsenariylar yozgan. «To‘kilgan yaproqlar» (1955), «Polkovnikka hech kim yozmaydi» (1958), «G‘arazli soat» (1962) povestlari realistik ruhda yozilgan, «Grande-Ona dafn marosimi» (1962) to‘plamiga kirgan hikoyalari fantastikaga boy. «Yuz yil tanholikda» (1967—70) roman epopeyasi Kolumbiya tarixiga bag‘ishlangan. «Vabo va muhabbat» (1985) romanida folklor va mifologiyadan foydalanib, o‘ziga xos milliy ongni tiklashga harakat qilgan. Gabriel Markesning «Yuz yil tanholikda» (1986) romani o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Nobel mukofoti laureati (1982).

Internet materiallari asosida tayyorlandi

Tuzuvchi : Shohruh Karimov QarDU

Telegram orqali murojaat uchun https://t.me/filolog_master

Telegram kanalimiz https://t.me/yulduzcha1987