August 9, 2023

Majruh / hikoya / Shohruh Karimov QarDU 

Majruh / hikoya / https://t.me/yulduzcha1987/55292

Har kunlik ishlardan keyin kech vaqt bo'lishiga qaramay qo'shni ko'chada turuvchi do'stimning uyi tomon piyoda yo'lga tushdim. Axir uni anchadan beri ko'rmagan, xol-axvolidan xabar olmagan edimda. Ko'cha boshiga kirar ekanman qandaydir jonivorning, aftidan kuchukning uv-uvi chalinar, odamlar esa to'planib nimalarnidir muhokama qilishardi. Ko'zim qandaydir hali uncha katta bo'lmagan kuchukni beayov urayotgan odamga tushdiyu beixtiyor "e, to'xta! Nima qilyapsan?!" deb yuborganimni ham o'zim sezmay qoldim. Hamma menga ko'zlari teshib ketgudek yalt etib qaradi. Keyin vaziyatni bilish uchun odamlardan "bu odam nega bu ishni qilayapti?" deb so'raganimda o'sha Men uni ko'rmoqchi bo'lgan do'stim shunday deb javob berdi: "qo'yaver bu it shunga munosib, u odamlarga boshqa yugurmaydi. Bu uning egasi. Bugun kechga odamlarga yugurgani uchun jazolayapti". Bu gaplarni eshitib ochig'i it shunga munosib jazo olayotgandir, degan fikrga borgan edim. Lekin shuncha tomoshabin qarab turishi, ularning ayrimlari esa videoga olayotganligi meni befarq qoldirmadi. Ichimda esa o'lar holatga kelgan jonivorga qandaydir narsa, achinish xissini uyg'otgan edi. Odamlardagi loqaydlik kabi illatlar esa bugun ko'zimga yomon ko'rinib ketdimi, bilmadimu lekin tars-turs etib "unda nega shuncha odam tomosha qilyapti. Bo'ldi, yetarli, deyish o'rniga videoga tasvirga tushirish bilan ovora. To'g'ri, it aybdordir. U yomon bo'lsa nega uni bog'lashmadi. Shuningdek u aybdor bo'lsa uni o'lgunicha uraverish kerakmi va bunga qarsak chalib videoga olib turish joizmi"- bu gapdan keyin itning egasi menga qaradi, Men esa uning termulganini payqadimda so'zimni davom ettirdim - bu sizga kerak bo'lmasa menga bering, - shunday dedimda egasini javobini kutmasdan zarbalardan nimjon bo'lib , xattoki boshini ham ko'tara olmaydigan jonivorni oxista siladim. Kuchuk ham mehrimni sezib ko'zlarini asta-asta ochib yumardi. To'plangan olomon bu holatdan o'ziga kela boshlashdi shekilli tarqala boshlashdi. Do'stimning "bu majruh itni nima qilasan" degan gapiga qaramay, yosh yigitlarlardan shu majruhni uyga etishga ko'mak berishlarini so'radim. Ko'chaning abjir yosh yigitlari bilan boyagi itni uyga olib keldim. Uyimga olib kelganimda farzandlarim uyg'oq edi. Ular itni ko'rishi bilan yugurgilab uning yoniga kelishdi. Uning ayanchli axvolini ko'rishib unga achinish bilan qarashdi. "endi bunga qarasangizlar uyimizni qo'riqlovchi jonli darvoza shu bo'ladi" dedim farzandlarimga. Men hovlili uyda yashasamda hali darvoza o'rnatmagan edim. Rafiqam erta vafot etgandi. Shu bois bolalarga sigir olib bergandim. Sigir suti bilan ikki qizimni katta qilgandim. Xullas o'sha itga bolalarim yaxshi qarashdi. U bir necha oydan so'ng o'ziga yarasha ancha savlatli jonivor bo'ldi. Bugungi kunda u hovlimizni ishonchli qo'riqlardi. Bir kuni farzandlarim o'yin bilan o'zi bilmagan xolda oshxonaga o't qo'yishibdi. Men o'sha paytda o'qishda edim (oldin o'qituvchi edim, o'rta-maxsus bo'lganim uchun universitetga hujjat topshirib o'qiyotgan edim). Olov tez avj olgan paytda kichik qizim gulhan atrofida qo'rquvda nima ish qilishni bilmay qolgan edi. Yaxshiyamki shu jonivor uni tishlari bilan sudrab bo'lsada ko'chaga olib chiqqan va vovvillab butun qo'shnilarni oyoqqa turg'azgan edi. Ha, bu o'sha it. Bir paytlar uni ijtimoiy tarmoqlarda videolar bilan har hil talqin etishayotgan o'sha majruh. Bugun esa u Men uchun, oilam uchun shunday ish qildiki, uni o'sha paytda Uyimga olib kelganimdan to'g'ri ish qilganimni anglagan edim.

⚡️ Ba'zan odamlarga tushunmayman. Ko'chada ikki odam mushtlashsa uni tasvirga tushirib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatishga erinishmaydiyu, lekin ajratishga, murosa qildirishga xarakat qilishmaydi. Achinarlisi ulardan yo unisini yo bunisini ketidan bir narsalar deb pichir-pichir* qilishadi. Qiziq tomoni "birovni bilib-bilmay ayblamanglar, extimol unda ayb yo'qdir, vaziyatni to'liq oydinlashishini kutish kerak" desangiz bo'ldi. Shunda Sizni uning qarindoshiga chiqarib qo'yishadi. ©Shohruh Karimov QarDU