May 26, 2023

Internet haqida hikoya / me'yor

Bugungi zamonda Ali degan bir kimsa bo'lib, u o'z umrini Internet bilan o'tkazishga odatlangan ekan. Oila davrasida, ishda va uyda, dam olish paytida ham yonida o'sha Internet, o'sha telefoni qo'lidan tushmay qolibdi. Hattoki u bilan suhbat qurishni xohlagan ota-onasi ham shu Internet tufayli u bilan dildan suhbat qura olishmas va Ali tobora real hayotdan uzoqlashib borayotganidan ota-onasi qo'rquvga ham tusha boshlashibdi. Uni qanday bu narsadan halos qilish mumkinligini o'ylay boshlashibdi. Oxiri Alining otasi Muhammad aka bir chora o'ylab topibdi.Kechga yaqin oila choy ichib bo'lgach Muhammad aka o'g'li Aliga qarab : - o'g'lim, bu Internet senga nima foyda beryapti, keyingi kunlarda unga bog'lanib ketgandek ko'rinyapsan - deb so'rabdi - Ex otajon, internetni bilmaysizda. U orqali hamma ishni bitiryapmiz. Xohlagan narsamizni olamiz, sotamiz. Muhimi bir joydan turib, vaqtdan ham, masofadan ham yutqazmay. Biznesimni shu orqali qilyapman. Darslarim uchun ham shu qulayda - deb javob beribdi Ali. Alining bu javobidan keyin Muhammad aka bir daqiqa sukut saqlabdida, keyin o'g'lining xarakterini yaxshi bilgani uchun unga "so'zing ma'qul" degandek bosh irg'ab qo'yibdi. Bu holatdan o'zini g'olibdek his etgan Ali endi o'rnidan turaman degan payt unga yuzlanib Muhammad aka savol bilan to'xtatibdi: - Internet orqali hamma narsani qila olish mumkinmi? -Hada, hattoki hozirda Sizni qiziqtirgan savollarga ham tezda javob ola olasiz. U qanday savol bo'lishidan qat'iy nazar Internetga yozsangiz sizga javob topib beradi. -unda menga bitta savol bor, uni senga bermoqchiman. Xohlasang Internet orqali topib javob berishing ham mumkin. - xo'p, ayting. - unda yaxshilab eshit. U Amir Temur da bitta, Axriman da ikkita, Abdulla Avloniy da uchta, qiziq tomoni bu narsa internetda mavjud emas? Savolni menimcha tushunarli qilib bera oldim. - Ha, tushundim, hozir-Ali shunday debdida Internetga yoza ketibdi, lekin negadir bu javob chiqavermagach asabiylashishni boshlabdi va yarim soatdan keyin " tarixmi, e yo'q, internetning ham o'z tarixi borku, nima ekan-a," deb o'ylay boshladi. -yana bir gap, bu savolni javobini ukang bilan muhokama qilchi, balki u senga yordam berar - dedi Muhammad aka. Ali ukasiga telefon qildi. U ukasiga mana necha oyki hatto telefon orqali suhbat ham qurmagan edi. Aka-uka uzoq suhbat qurishgach Ali otasi aytgan savolni ukasiga bergach ukasi "Men buni bilmayman aka, lekin Siz menga ishonib, meni yordam beradi deb telefon qilganingizdan juda xursandman. Akajon, Men uchun Siz doim qadrlisiz. Bugun telefon qilganingiz uchun juda xursandman". Alining tomog'iga bir narsa tiqilgandek bo'ldi. Ko'pdan beri bunday holatni sezmagan edi. Unda ukasiga bo'lgan qandaydir mehr yana avj olgandek edi. Aliga kechayotgan bu vaziyatdan unumli foydalanib qolish uchun Muhammad aka o'g'liga qarab : -ukang extimol bilmas, lekin maktab davridagi bir sinfdoshing bor ediku. Sardor degan sinfdoshing, extimol u senga bu jumboqni topishda yordam berar. Ali sinfdoshiga telefon qilibdi. U bilan ham ancha suhbatlashib qolibdi. Ikki do'st bir vaqtlar bir-biridan har kuni xabar olib turar, bir-biriga hamisha maslahat bilan ish qilishardi. Lekin necha yildirki Ali o'ziga Internet degan yangi do'st orttirganligi bois Sardorning holidan habar olish tugul telefon qilishni ham unitib qo'ygan edi. Bugun ikki do'st yoshliklarini esga olib suhbat qilishdi. Ali otasi bergan topishmoqni Internet orqali topa olmagach stressga tushgan edi, lekin do'sti bilan telefon orqali suhbat qurgach ruhan kayfiyati ham ko'tarila boshladi. U Sardorga otasi aytgan savolni berdi. Sardor "do'stim, menimcha bu narsa menda ham, senda ham bor. Internetda bo'lmagan narsa senda bor. Fikrimcha u narsani o'zingdan izlashing kerak. Aytgancha, javobni topsang menga ham aytib qo'y. Uydagilar bilan albatta mehmonga kelinglar". Sardorning bu yordamidan keyin Ali o'ylay boshladi. "Bu nima bo'lishi mumkin???". Muhammad aka o'g'liga qarab so'radbdi: - o'g'lim, javobini do'sting aytdimi?- yo'q otajon, aytmadi? Chunki u Odatda savolga o'zimiz mustaqil topishimizni xohlaydi. U yordam beradi. U shu tufayli sinfdoshlarimizning hurmatini qozonganda. - yaxshi do'sting bor, Sardor senga nima uchun javob aytmadi.... Menimcha U seni topishingga ishongan bo'lsa kerak? - Muhammad aka sukunatga berilmasligi uchun o'g'liga qarab gapini davom etdi - endi nima qilasan, yana biror kishi extimol yordam berar. O'ylachi... Kim senga bu savolni javobini topishda yordam bera olishi mumkin? Ali o'ylay-o'ylay oxiri ustoziga telefon qildi. Ustozi bilan ham dildan suhbat qurgach unga avvaliga savolni aytmoqchi bo'ldiyu lekin negadir unday qila olmadi. Axir bir vaqtlar kutubxonadan nari kelmay kitob bilan hamnafas bo'lib yurgan bu Alining o'zi edi. Uni birinchi marta kutubxonaga olib kirgan ham, kitoblarning foydasi anglatgan ham shu Zamira ustozi. Shu bois Ali "ustozim bu savolga javob topolmadimi" deb o'ylab qolsalar nima qilaman, degan fikrga bordi. Ali bir muddat shu fikrga keldiyu, keyin ustoziga "Zamira ustoz, deylik biror savolni javobini topa olmadik. Shunda nima qilishni maslahat berardingiz" deb so'radi. - agar shunday bo'lganida Men savolni bir varaqqa yozib, uni qayta-qayta o'qirdim. Shoshmasdan, har bir yozuvga e'tibor berib. Extimol, biror bir so'zda javob ham bo'lishi mumkin. Chunki ayrim savolning o'zida javobni topishda yordam beradigan signal so'zning o'zi bo'ladi. Suhbat tugagach Ali ustozining maslahatiga amal qilmoqchi bo'ldi. U onasiga qarab "uyda daftar, ruchka bormi?" deb so'radi. Alining onasi Xalima aya hamisha o'zi bilan daftar, ruchka olib yurar va uyga bugun nima kerak bo'lsa yozib borardi. Xalima aya bu kabi anchadan beri o'g'li unga murojaat qilmaganligi uchun ham bugun biroz shok holatga tushib jim qoldi. Ali unga termulib turganini ko'rgach "hozir" dedida uning yoniga daftar va ruchkani qo'ydi. Ali qo'lidagi telefonni bir chekkaga qo'yib, savolni qog'ozga yoza boshladi: u Amir Temurda bitta, Axrimanda ikkita, Abdulla Avloniyda uchta, lekin Internet da mavjud emas. Shu gaplarni keyin takror-takror o'qidi. Boshida bu savolni murakkab degan fikrga borgan Ali keyinchalik uni qayta o'qir ekan bu savolning javobi ustozi aytganidek o'zida ekanligini tushundi. U javobni topganidan juda xursand edi. Muhammad aka Alining savolga javob topganini payqadi shekilli o'g'liga qarab shunday dedi: - aslida savolning javobini ukang, do'sting, ustozing bilan maslahat qilganingda tez toparding. Aytmoqchimanki Internet orqali ham ko'p narsa qilish mumkin. Lekin unga berilib ketish ham uncha yaxshi ish emas. U tufayli bugunda yonimizdagi insonlar uchun ham vaqt ajrata olmayapmiz. Bugun ukangga, do'stingga, ustozingga telefon qilib, xabar olganing yaxshi bo'ldi. E'tibor qilib qaralsa Internet orqali topilmaganda senda ruhiy stress, asabiylik kuzatildi. Bu Internetga haddan tashqari bog'lanib qolganing oqibati bo'lsa kerak. Keyinchalik ukangga, do'stingga, ustozingga telefon orqali bog'lanishing, ular bilan maslahat qilishing senga ijobiy ruhiy ustunlik baxsh etdi. Ayrim narsalar anashu maslahatlar, muhokamalar orqali yechiladi. Bugungi savol asli bir bahona edi. Bu bilan sening bilimingni sinamoqchi emasdim, adlida yaqinlaring, ukang, do'sting, ustozingdan ham xabar olishingni istagandim. Internetdan ham foydalanish kerak faqat me'yorida. Atrofdagilarga ham vaqt iloji boricha ajratish kerak. Bugun bu savolni javobini topishda ularga telefon qilib, ular bilan oralaringizdagi mehrni yana yuksaklika ko'tara olding. Axir ular ham seni juda sog'inishgan, ular ham sen bilan suhbat qurishni, muhokamalar qilishni xohlashadi. ♦️Xulosa esa sizdan. Internet haqida ma'lumot https://t.me/yulduzcha1987/53877 Uka-singillarimizga she'r. https://t.me/yulduzcha1987/53878 💬E'tiboringiz uchun rahmat ✍️Shohruh Karimov QarDU

💬E'tiboringiz uchun rahmat ✍️Shohruh Karimov QarDU