11-sinf ona tili va adabiyoti fani 3-bilet 1-chisi
#imtihon_2023 11-sinf Abdulla Oripov she’riyatida rangin tuyg‘ular tasviri. Reja: Kirish. She'riyat haqida. Asosiy qism: Abdulla Oripov yuksak qalb ijodkori. 1. Abdulla Oripov hayoti. 2. Ijodining o'ziga xosligi. Xulosa. Epigraf : Zuvalam qorilgan samimiyatidan (A. Oripov). ©Shohruh Karimov QarDU https://t.me/filolog_master Hayot asli bir kitobga o'xshaydi. Inson qismati, ruhiy holati va ichki hissiyotlarining bir qismi kitoblarda o'z aksini topadi. Ilmiy til bilan yondashib aytadigan bo'lsak ana shu kitoblar badiiy asarlar hisoblanib, bu tushuncha "Adabiyot" bilan chambarchas bog'lanadi. Adabiyot bu inson tarbiyasi uchun muhim bir tarmoq bo'lib o'z navbatida lirik va nasriy asarlarni o'z ichiga oladi. Nasriy asarlarga qissa, hikoya kabilar kirsa, lirikaga asosan she'riyat kiradi. She'riyat bu yunoncha so'zdan olingan bo'lib, ba'zi adabiyotlarda "ijod" degan ma'noni bildiradi deyiladi. She'riyat adabiyotning qalb tug'yoni bo'lib, uning ijodkorlari o'zining fikrlarini, so'zlarini qofiyaga solishib, badiiy san'atlarni qo'llagan xolda xalqqa tuxfa etiladi. She'riyat adabiyotning boshqa turlaridan o'zining jozibadorligi, musiqaga tezda tusha olishi, qofiyaga olinganligi, xissiy ta'sirchanligi bilan farq qiladi. Mustaqil O'zbekiston she'riyati deganda eng avvalo davlatimiz madhiyasi muallifi Abdulla Oripov ko'z oldimizga gavdalanadi. O'zbek xalqining sevimli shoiri va she'riyatimizning yorqin siymosi Abdulla Oripov Qashqadaryo viloyati Koson tumanida 1941-yil 21-mart sanasida dunyoga kelgan. 17 yoshida Koson tumanidagi o'rta maktabni oltin medal bilan tugatgach, 1958-1963-yillarda ToshDUning "O'zbek filologiyasi" fakultetida jurnalistika bo'limida tahsil oladi. Shoir G'afur G'ulom nomidagi nashriyotda muharrir, "Sharq yulduzi" jurnalida bo'lim boshlig'i kabi lavozimlarda ishlagan. 1988-2006 yillarda esa O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi lavozimida mehnat qildi. Iste'dodli ijodkor dastlab adabiyotga "Qushcha" she'rini talabalik davrida yozib, qadam qo'ydi. Shoirning "Mitti yulduz" ilk she'riy to'plami 1965-yilda nashr etildi. Nafaqat she'r yozish bilan birga tarjimonlik ishini ham olib boradi. Abdulla Oripov Pushkin, Shevchenko, I. Ukrainka kabi bir nechta shoirlarning she'rlarini o'zbek tiliga tarjima qildi. Uning tarjimonlik ishidagi eng ko'zga ko'ringani bu italyan shoiri Dantening "Ilohiy komediya" asarining "Do'zax" qismini o'zbek tiliga tarjima qilish hisoblanadi. Keyinchalik shoir bu asar ta'sirida 1978-yilda "Jannatga yo'l" dramatik asarini yaratdi. Abdulla Oripov she'riyati rangba-rang bo'lib, uning mavzulari ham xilma-xildir. Shoir "O'zbekiston" qasidasi orqali butun bir o'zbek xalqining tuyg'ularini, o'tmishini, tabiatini 14 misralik 10 band she'rda jo etdi va bu asar davlatimiz madhiyasi sifatida e'tirof etila boshlandi. "Temir odam" she'rida esa hissiz odamlarni, "Tilla baliqcha" she'rida adolatga, insoniy barkomillikni tasvirladi. Tilimizga davlat tili maqomi berilmasdan avval "Ming yildirkim...." satrlarlari bilan boshlanuvchi she'rida ona tilini yo'qotish to'ti kabi bo'lib qolish kabi o'xshatmalarni qo'llab, til naqadar bebaho ekanligini ko'rsatib o'tdi. Abdulla Oripov "Onajon" she'ri bilan ona muqaddas inson ekanligini, unga abadiy haykal qo'yish kerakligini ta'kidlab, o'z satrlarida chiroyli aks ettirdi. Uning aksar she'rlari qo'shiq qilingan. Ayniqsa "Birinchi muhabbatim" she'ri Sherali Jo'rayev tomonidan ijro etilib, xalqimizning qalbidan chuqur iz qoldirdi. Vatanparvarlik yuksak tuyg'u, ulug' fazilat bo'lib, Abdulla Oripov "Men nechun sevaman O'zbekistonni" she'rida vatanga bo'lgan mehrini quyidagicha izhor etadi: Men nechun sevaman O’zbekistonni, Tuprog’in ko’zimga aylab to’tiyo. Nechun vatan, deya yeru osmonin, Muqaddas atayman, atayman tanho. Men nechun sevaman O’zbekistonni? Sababini aytgin, desalar menga. Shoirona, go’zal so’zlardan oldin, Men ta’zim qilaman ona xalqimga Xulosa qilib aytish kerakki, Abdulla Oripov o'zbek she'riyatida sermahsul ijod qilgan ijodkor bo'lib, o'zining she'rlarining shiradorligi, insonning kechmishlarini tasviri va go'zal tasvirlari bilan ajralib turadi. Uning qaysi mavzuda bo'lmasin, muhabbat, vatan, mehr-oqibat kabi turli hil mavzudagi she'rlari hamisha o'zining muhlislarini topgan. Shoir 2016-yilda vafot etdi. Har yili yurtimizda mart oyida Abdulla Oripov tavalludiga bag'ishlab tadbirlar, badiiy-musiqa kechalari o'tkaziladi. Shoir nomida bugungi kunda Respublikamizning bir nechta joylari, maktablar, ko'chalar mavjud. Bu ijodkorning saylanma kitoblari bir necha bor nashr etilgan, she'rlari esa boshqa tillarga ham tarjima qilinib, kitob holida dunyo yuzini ko'rganligi diqqatga sazovordir. ©Shohruh Karimov QarDU Telegram orqali murojaat uchun https://t.me/filolog_master Telefon orqali bog'lanishingiz uchun: +998948391168