Zakovat/ Shohruh Karimov QarDU / Kasbi 20-maktab 23.12.2023
Joriy yilning 23-dekabr sanasida Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani 20-sonli umumtaʼlim o'rta maktabining faollar zalida Zakovat intellektual o'yinining navbatdagi turi bo'lib o'tdi. Unda 3 ta jamoa (Ma'rifat, Kamolot, Oxford) bellashishdi. O'yinda 7 ta savol va har bir savolga o'ylash uchun bir daqiqadan vaqt berildi. Mazkur o'yin ijtimoiy tarmoqlarda yoritildi.
shohruh karimov: Zakovat 8-tur 23.12.2023 savollari t.me/yulduzcha1987
❓Bu meva foydali meva bo'lib, u insonga asosan uyquni yaxshilash, qonni ko'paytirish xususiyati bilan ajralib turadi. Ushbu meva bilan bog'liq fizikada qiziq ma'lumot bor. Aynan shu meva Isaak Nyutonga butun olam tortishish qonunini kashf etishda yordam bergan. Xurmatli bilimdonlar, ushbu mevani toping. ✔️olma
❓U favqulodda yumshoq va og’ir metall. Uning qattiqligi odam tirnog’i qattiqligi bilan baravar. U shu qadar egiluvchanki, undan ip, qalinligi 100 nanometrga teng qog’oz ham yasash mumkin. U tibbiyotda ham revmatoid artrit va shu kabi boshqa xastaliklarni davolashda muhim ahamiyat kasb etadi. Savol, u metal nima deb ataladi? ✔️ oltin
❓U traktorchining o'g'li bo'lib, o'ziga sexrli xamroh topib olgach dastlab Soraxon folbinning ishini tekshirib ko'rishdan boshlaydi. Keyinchalik aynan shu sexrli hamrohi yordamida do'sti Qosimjonning baholarini 5 qilib chiqadi, o'zinikini esa chorakli bahosini chiqarishga ham erishadi. U mirzacho'lda agronom bo'lib ham ishlaydi. U kim ? ✔️Hoshimjon Ro'ziyev (sariq devni minib)
❓Oygul bilan Baxtiyor ertak dostonini esga olamiz. Bilamizki bu dostonda Oygul aqlli va dovyurak qiz edi, deb ta'riflanadi. Haqiqatdan Oygul ilk marta Baxtiyor va cholni ko'rganida ularni xech narsasi yo'qligini bilgach Oygul ularga ikki gavxarni beradi. U shu tufayli ularni hayotini yaxshilamoqchi bo'ladi. Menimcha qolgan voqealarni dostonni o'qiganlar bilishgan bo'lishsa kerak. Savolimiz esa boshqa. Savol Oygul gavxarlarni qayerdan olgan yoki topgan edi? ✔️baliq ichidan
❓Har bir asarning o'ziga xos tomoni bor. Masalan, Oq kemada Mo'min chol ertagi, Sabbayi sayyorda 7 tun davomidagi hikoyalar, uch og'a - ini botirlar ertagida to'ti hikoyati bor. Savol, Erkin Vohidovning qaysi asarida johillik haqida hikoya mavjud ? ✔️Ruhlar isyoni
❓3-5=10. Bir qarashdan bu xatodek ko'rinadi. Lekin agar buni bir holatni hisobga olinsa umuman xato hisoblanmaydi. Savol, qanday qilib? ✔️15-5=10. Bunda oqshomgi 15ni 3 deb olsak
❓Bugungi kunda u narsa deyarli har bir uyda mavjud bo'lib, undan menimcha hamamiz foydalanamiz. U narsa aslida 1928-yilda Graboskiy tomonidan Toshkentda (ha, xato eshitmadingiz aynan Toshkentda) kashf etilgan. Xurmatli bilimdonlar, bu narsa nima ? ✔️televizor
©Shohruh Karimov QarDU t.me/filolog_master +998948391168
https://youtu.be/KtcQ3c9KV_U?si=s9kzWXG_bsdh-4TU ushbu o'yinni YouTube orqali ko'rishingiz uchun
❓U favqulodda yumshoq va og’ir metall. Uning qattiqligi odam tirnog’i qattiqligi bilan baravar. U shu qadar egiluvchanki, undan ip, qalinligi 100 nanometrga teng qog’oz ham yasash mumkin. U tibbiyotda ham revmatoid artrit va shu kabi boshqa xastaliklarni davolashda muhim ahamiyat kasb etadi. Savol, u metal nima deb ataladi?⚡️ oltin
❓U traktorchining o'g'li bo'lib, o'ziga sexrli xamroh topib olgach dastlab Soraxon folbinning ishini tekshirib ko'rishdan boshlaydi. Keyinchalik aynan shu sexrli hamrohi yordamida do'sti Qosimjonning baholarini 5 qilib chiqadi, o'zinikini esa chorakli bahosini chiqarishga ham erishadi. U mirzacho'lda agronom bo'lib ham ishlaydi. U kim?