March 25

Hodisalarga boy MART oyi davomida yangiliklar  to'plami va tahlillar

Ushbu longridda quyidagilar muhokama qilinadi:

• Yaqin Sharqdagi notinchlikdan kimlar manfaatdorligi va investorlar uchun qanday choralar ko'rilishi kerakligi

• Neft narhidagi tebranish hamda D. Tramp neft borasidagi postlaridan <kimdir> neft narhi tushishiga $580 mln. tikkanligi va Tramp oilasi kriptovalyuta bozorida $5,8 mlrd. daromad qilganligi

• Larry Fink, Ray Dalio va Michael Burry mart oyidagi tahlillari va boshqalarning BTC hamda ETH bo'yicha 2026 yil uchun tahlillari

• Onchainda nima gap: BTC investorlarida noaniqlik, Matrixport hisobotiga ko'ra bozor tushishi tugagan bo'lishi ehtimoli yuqoriligi

• Makro-muhit: FED siyosati, bondlar va oylik o'zgarishlar.

• ALTCOINLAR: Oyiga bir-necha kriptoloyihalar bankrot bo'lganligi va navbatda turgan riskli loyihalar.

Yaqin Sharqdagi notinchlikdan kim manfaatdor va investorlar nimaga tayyorgarlik ko'rishlari kerak?

Mart oyi boshidan beri AQSh-Isroyil-Eron mojarosi butun Yaqin Sharqqa kengayib ketdi va oqibatda Xormuz bo'g'ozi yopilishiga olib keldi.

Trampning Eron bo'yicha har-soatdagi spekulyativ postlari bugungi kungacha AQSh fond bozorida investorlarni "xammasi joyiga kelib qoladi" deb umid qilishiga undayotgan bo'lsada SPX500 mart oyida 8,4% qulashni qayd etib, yana ko'proq qulash bilan yopilish ehtimolini oshirdi.

Bloomberg ta'kidlashicha, Eron bilan urush boshlanganidan beri moliyaviy bozorlardan $11,5 trillion kapital chiqib ketgan.

Osiyo bozorlari ham bundan holi qolmadi, Yaponiyaning fond indeksi 10% qulab o'tkir sezgan bo'lsa, Xitoy va Janubiy Koreya fond indekslari atiga 5% qiymatini yo'qotgan.

Neft tanqisligi Xitoyning BYD va boshqa elektrocarlariga talabni o'tgan oylarga nisbatan 20% oshirganini Reuters yozgan. Shuningdek, ba'zi xomashyo yetkazib berishda ham muammolar yuzaga kelishi tufayli AQSh baribir Xitoy bilan yaqin yillarda issiq muomalani saqlashiga majbur bo'lishiga taqozo qilmoqda.

Bu safar geosiyosiy notinchlik odatdagidek oltinga nisbatan talabni oshirish o'rniga $8 trillion kapitallashuvini yo'qotishiga olib keldi, mart oyida oltin o'zining 16% qiymatini yo'qotib, konservativ investorlar uchun bugungi narhlari jozibador ko'rinmayapti, shuningdek, moliya bozorlarida likvidlik tanqisligi kuchayayotganini yana bir ko'rinishidir deb qabul qilsak bo'ladi.

• Rossiya markaziy banki ushbu oyda $2 mlrd. qiymatida oltinlarini sotdi.

• Turkiya markaziy banki ham lira kursini barqarorlashtirish niyatida oltin zahiralarini $135 mlrd. qiymatida sotishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi.

🛢️Neft: Giperinflyatsiya davriga yaqinlashmoqdamizmi?

BlackRock asoschisi Larry Fink neft bo'yicha o'zining quyidagi fikrlarini ulashdi:

— “Agar mojaro hal qilinsa va Eron jahon iqtisodiyotiga ochilsa, neft narhi urush boshlanishigacha bo'lgan narh darajasidan ham arzonlashi mumkin.

— Agar mojaro tinchlik yo'li bilan hal qilinmasa, neft narhini yillar davomida $150 narhga ko'tarilishi oqibatida jahon iqtisodiyotida tanazzul boshlanishini kuzatamiz.

— Energetika narhi oshishi — boylardan ko'ra ko'proq oddiy fuqarolarga o'g'riqli bo'ladi va bu regressiv soliq o'rnida”

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, qanchalik tez Eron bilan urush tugasa neft shoki shunchalik tez o'tib ketadi, agar yana davom etaversa moliya bozorlarida qattiqroq shokni ko'ramiz.

Markaziy banklar ham ayni vaqtda inflyatsiya oshishidan havotirlanib, foyiz stavkalarni ushlab turishibdi.

BTC va kriptovalyuta bozori bo'yicha 2026 yil uchun qanday tahlillar mavjud?

Bitwise analitiklari oltinni 2004 yildan beri $2,5 trillion bozor kapitallashuvidan bugun $38 trillionga yetgani kabi, BTC narhi ham $1,000,000 oshishini tahlil qilmoqdalar. Oltinni yillik o'sishi atiga 13% bilan bugungi qiymatga yetishgan bo'lsa BTC nechun ushbu patternni takrorlay olmaydi degan asosga ko'ra yozishgan. [Batafsil]

Shuningdek, CIO Bitwise bergan intervyusiga ko'ra altcoinlar haqida bunday dedi:

— D. Tramp Eron bilan urush e'lon qilganida an'anaviy moliya bozorlari yopiq edi, lekin kriptovalyuta bozori ishlayotgan edi.

— Endi esa treyderlar neft, oltin va kripto-aktivlar bilan savdo qilish uchun DeFi-platformalardan foydalanishni boshladilar.

— 2008 yilda ETF'lar afzalligi ko'ringani kabi, kripto-infratuzilmasi bugun yangi yechim sifatida ko'rilmoqda

— Ma'lum bir faslda ya'ni bozor o'sishida barcha altcoinlar o'sadigan klassik altsezon g'oyasi endi ishlamaydi, real biznes va talabga ega bo'lgan loyihalar altcoinlari o'sadi, saralangan o'sishni ko'ramiz.

Manba: https://www.youtube.com/watch?v=5uCrRJ9A9g8

Hozir BTC sotib olish uchun eng qulay fursat — CEO Pantera Capital

Uning boshqa bayonotlari;

— Bugun aksar AI-kompaniyalar to'rt yillik trendidan 20% yuqorida savdo qilinmoqda, BTC esa uzoq muddatli trendidan 50% pastlikda bo'lib, arzon aktiv sifatida ko'rilishi mumkin.

— Bugun investitsiya uchun eng muhim trendlardan biri - bu AI va kriptovalyuta bilan ishlayotgan kompaniyalar, aynan Pantera shu kabi loyihalarga sarmoya kiritmoqda

— BTC yana 10-20% tushishi mumkin, lekin to'rt yil davomida BTC ushlagan investor o'rtacha doyimo foydada bo'lganini ko'rishimiz mumkin

— Tarihiy ma'lumotlarga ko'ra kriptovlayuta bozori 380 kunlik sikl bilan harakatlanadi, nazariy jihatdan bozor yil ohirigacha zayif holatida qolishi mumkin.

Maykl Seylorning Strategy kompaniyasi mart oyida 56,000 BTC (~$4 mlrd.) sotib oldi - hisobot

Asosiy uch yirik kripto ushlayotgan kompaniyalarning sarmoyasidan yechilmagan zararlari qiymati

Bitmine mart oyida 187 316 ETH (~$387,7 mln.) sotib oldi

Umumiy kompaniya hisobida 4,660,903 ETH ($10 mlrd.) – token umumiy ta'minotidan 3,86% ulushiga egalik qilmoqda
▪ Yana ETH sotib olish uchun qolgan naqd-zahirasiv $1,1 mlrd.
▪ Steykingda: 3,142,643 ETH ($6,5 mlrd.).

hisobot

ETF'da nima gap?

• Mart oyida BTC-ETF'da oktabr oyidan beri ilk $1,36 mlrd. pul kirimi qayd etildi.

• ETH-ETF'da $33,59 mln. qiymatida pul chiqimi kuzatildi.

• SOL-ETF'da pul.kirimj $59 mln.

• XRP-ETF'da $28,85 mln. qiymatida pul chiqimi kuzatildi.

Mart oyi boshidan beri Eron bilan urush havotiri davom etgan bo'lsada BTC-ETF'da pul kirimi qayd etilganligi investorlar asta-sekin BTC'ga qaytishayotgani yoki diversifikatsiya qilishayotganidan darak beradi.

MARA Holdings BTC-aktivlarini sotib yubordi

26 mart kuni MARA Holdings kompaniyasi 15,133 BTC (~$1 mlrd.) sotib, faoliyatini mayningdan data-markazga o'zgartirdi.

BTC o'sish tomon qayrilishga yaqin — CEO VanEck

Uning boshqa bayonotlari;

— Asos: to'rt yillik halving sikli.

— Uch yil BTC o'sadi.

— To'rtinchi yil qattiq tushish qiladi.

— 2026 yil, bu aynan "to'rtinchi yil".

— Lekin geosiyosiy notinchlik davrida kriptovalyuta bank tashqarisidagi asosiy pul aylanmasini ta'minlab beruvchi asbob o'rnida ishlamoqda (ya'ni talab yo'qolib qolmaydi).

Hozir men risk qilmoqchi emasman — CEO Maelstrom Artur Xeys.

“Bozorlar hozir hopium (real holatga ko'z yumib, yaxshilikka umid qilish) chekib olgan, men ham bozorda qon oqishini hohlayman, lekin hozir riskli aktivlarga kirishga tayyor emasman”

Onchainda nima gap?

• 600,000 BTC (~$40 mlrd.) o'rtacha $60,000 - $70,000 narhida sotib olingan

• BTC «Realised Price» ustida savdo qilinmoqda, asosan tarihan, o'tgan sikllarda ushbu diapazonda eng past narhlarni ko'rgan edi. ($54,000 atrofi)

AI - navbatdagi bullran uchun jozibador yo'nalish bo'ladi — BlackRock 2026 yil uchun tahlili

Boshqa tahlillari;

— “Instutsionallar asosan BTC bilan ETH konsentratsiya qilishmoqda, qolgan barcha altcoinlar "ahlat" kabi ko'rilmoqda

— SI uzoq muddat uchun keng qamrovli kuch. Ikki tehnologiya bir-birini mukammallashtiradi: kriptovalyuta — ‹kompyuterlik pullar› bo'lsa, SI - ‹Kompyuterlik idrok va ma'lumotlardir›.

— Kriptovalyuta spekulyativ aktivdan SI asosidagi iqtisod uchun infratuzilmaga aylanmoqda”

💠Ethereum kelajagi — kuchli L1 va yetuk L2 (tarmoqlar).

Ethereum Foundation 23 martgi maqolasida tarmoqning yangi holati qanday bo'lishini yozgan:

— Eng kam ishonchli model asosidagi L2 tarmoqlar xavfsizlik bo'yicha rost va shaffof bo'lishlari kerak, eng kamida Stage 1 tomon harakatlanishlari kerak

— Ethereumga maksimal yaqin bo'lishni istagan L2'lar esa native rollups asosida umumiy likvidlik hamda L1 bilan sinhron ishlay olishlari kerak va Stage 2 tomon harakatlanishlari kerak.

— Ethereum Foundation L2'lar uchun likvidlik imkoniyatini keng ochish bilan qo'llab-quvvatlashini yozgan.

Xulosa qilib aytsak, L2'larga qattiqroq shartlar qo'yilib, ularni bajarishganidagina Ethereum qo'llab-quvvatlashini ma'lum qilgan.

Manba: https://blog.ethereum.org/2026/03/23/l1-l2-ethereum

🔗XRP - faqat savdo aktivi bo'lib qolmasdan, infratuzilmaning bir qismiga aylanmoqda — Franklin Templeton mart oygi tahlili

Ripple kompaniyasi faoliyati mart oyida Braziliyaga va Avstraliyaga kengaydi.

• Kompaniya Braziliyada brokerlik hizmatlaridan tortib, xalqaro to'lovlar tizimi va kriptovalyuta saqlash uchun imkoniyatlar taqdim etish bilan joylashmoqda.

• Avstraliyada esa BC Payments to'lov firmasini sotib olish orqali AFSL moliyaviy litsenziyasini olmoqchi.

CEO Ripple ta'kidlashicha 2026 yil kompaniya uchun burilish nuqtasi bo'ladi, ular jamoasi bilan birgalikda Dublin, London, Singapur va Sidney shaharlariga sayohat qilib, faoliyatni kengaytirish uchun hamkorlar va g'oyalar sari harakatlanmoqda deydi.

Kriptovalyuta bozorining boshqa yangiliklari:

💲Animoca Brands AVAX'ga sarmoya kiritish orqali Ava Labs bilan hamkor bo'ldi.

Hamkorlikdan maqsad: RWA rivojlantirish, Osiyo va Yaqin Sharqda raqamli identifikatsiyani rivojlantirish orqali bozorlariga chiqish.

25-mart kuni Nasdaq fond birjasida Grayscale tomonidan GAVA tikeri bilan «Avalanche Staking ETF» listing qilindi

🌐ZkSync blokcheynida bank segmenti uchun tokenlashtirilgan depozitlar infratuzilmasi joylashtiriladi

Bitgo kompaniyasi banklar ishga tushirishi, to'lovlar o'tkazishi, tokenlashtirilgan depozitlarni joylashtirish uchun ZkSync bilan birgalikda infratuzilma taqdim etishadi, unda Bitgo instutsional infratuzilma uchun kastod hizmatlarini taqdim etsa, ZkSync - banklar uchun yopiq blokcheyn bo'lib hizmat qiladi.

❌Metaverse va Gaming yo'nalishi endi YO'Q!

Ushbu oyning eng baland hodisalaridan, bu Meta kompaniyasi 4 yil davomida $80 mlrd. zarar ko'rganidan keyin metaverse yo'nalishi bo'yicha faoliyatini to'htatdi, bunga javoban Solana Foundation menejeri Lilly Liu quyidagicha yozdi:

Endi gaming loyihalar blokcheynlarga kelmaydi.

📉USDC emitenti Circle aksiyalari bir kunda 20% quladi

Avvaliga steyblkoinlar investorlariga yillik foyizlik daromad taklif etishni ta'qiqlovchi CLARITY Act. qonuni qabul qilinishi arafasida deyildi, keyinroq esa ZachXBT ma'lum qilishicha, Circle AQShda fuqarolik ishlari ochiqlanmagan biznes-loyihalarning 16 hamyonlarini bloklagan.

Shahsan o'zimga bu yangilik huddi steyblkoinlarni, asosan AQSHda nazorat qilinuvchi steyblkoinlarni CBDC'dan farqisi yo'qdek tuyulishiga undadi.

⛔Mart oyida 20+ kripto-loyihalar yopildi, bir-nechasi hackerlar hujumidan zarar ko'rishdi

• Balancer Labs kompaniyasi faoliyatini to'htatishini ma'lum qildi, asosiy sabab sifatida barqaror daromad yo'qligi va moliyaviy holati yomonlashgani.

• Balancer bilan ishlagan Aura Finance ham faoliyatini to'htatishini taklif qilishdi.

• Resolv Labs'ga tegishli USR steyblkoini kiber-hujum oqibatida $80,000,000 yo'qotdi

• 2024 yili Binance sarmoya kiritgan MilkyWay loyihasi butunligicha faoliyatini to'htatdi.

• Tally va boshqa loyihalar yopilishi natijasida investorlarga sarmoyalarini qaytarib berishga urinishmoqda.

Mart oyida Binance birjasidan A2Z, FORTH, HOOK, IDEX, LRC, NTRN, RDNT va SXP delisting qilinishi anons qilingan.

• Opensea loyihasi mart oygi TGE noma'lum vaqtga kechiktirdi, sabab sifatida bozordagi salbiy kayfiyatlar saqlanib qolinayotganida dedi.

• Tether $20 mlrd. sarmoya jalb qila olmadi.

• Kraken joriy yilda AQSh fond bozoriga rejalashtirgan IPO o'tkazishni kechiktirdi.

Willy Woo nega altcoinlar skam bo'lganligini quyidagicha tushuntirdi:

Investorlar qulflangan tokenlarini xedj-fondlarga sotgan, ular esa fyuchers bitimlari orqali (ya'ni SHORT ochib), daromad qilishgan, agar narhlari o'sgan taqdirda ham portfellaridagi tokenlar qiymati o'savergan. Umumiy qilib aytganda, oddiy odamlardan tashqari barchasi daromad ko'rgan

Manba: https://x.com/willywoo/status/2036737965053882402

Binance birjasi marketmeykerlar uchun talablarni kuchaytirdi

So'nggi oylarda marketmeykerlar faoliyati birja reputatsiyasiga ta'sir o'tkazganligi va ularning faoliyatida manipulyativ harakatlar kuzatilganidan keyin loyihalarga quyidagi talablarni quyadi:

— Loyihaning barcha marketmeykerlari haqida ma'lumotlar (nomlari, kontraktlari, shartlari)

— MM faoliyatini qat'iy monitoring o'tkazish.

— Tokenlar taqsimlanishi qat'iy rioya qilinishi.

Nima ta'qiqlanadi va qat'iy tekshiriladi:

— Unlock qilinishi ko'rsatilgan sanalar grafikiga ko'ra oldindan yoki haddan tashqari sotishlar.

— Bir tomonli sotishlar va likvidlikni ushlab turuvchi sotib olishlar yo'q bo'lsa.

— Bir vaqt ichida barcha platformalarda yirik sotuvlar

— Nozik likvidlikda narh chuqur tebranishi.

— Orderbook chuqurligi yetishmovchligi

Birja tomonidan ko'riladigan choralar:

Har-qanday qoidabuzarlik holati kuzatilsa birja tomonidan tezkor chora ko'riladi, delistingdan tortib, marketmeykerlar bilan hamkorlikni to'htatish va qora royhatga kiritish.

Manba: https://www.binance.com/en/blog/education/3378047125698186214

Barcha ma'lumotlar manbalari ko'rsatilgan holda maqola yozildi, hech-qanday sarmoya kiritish uchun maslahatni o'z ichiga olmay, investorlarni habardor qilish va ta'lim o'rnida ko'rilishi uchun yozildi.