June 10, 2020

EURTRY Short

EURTRY Oylik Grafigi.

EURTRY oylik grafigida juda chiroyli kartina shakillanmoqda.

Narx all time high hisoblanuvchi 7.99848 qarshilik chizig'iga yaqinlashmoqda.

Aprel shamchasining 60% bollingerni yorib o'tib kuchlik breakout hosil qilgan. Bundan tashqari u o'zining maksimumiga yaqin masofada yopilgan. Bu esa buyerlarning ko'pligini bildiradi.

May shamchasi esa bollingerdan yuqorida ochilib yuqorida yopilgan. Yopilgandaham ayiqlar shamchasi sifatida yopilgan. Bundan o'tgan oylarda rostan ham ko'pchilik longga kirganligini va bu oyda esa buyerlar kamayayotganligini sezishimiz mumkin. Balkim ancha oldin kirgan buyerlar pozitsiyalarini yopishayotgandir.

Bu oydan boshlab esa yana yangi buyerlar kirishayotganligini ko'rishimiz mumkin.

Bu nuqtada hali shortsellerlar bozorga kirishmaydi. Buni bilgan buyerlar 7.99848 gacha pozitsiyalarini ushlab turishni rejalashtirayotgandir. Hali bozorga kirmagan bo'lishsa endi longga kirishayotgandir.

Nima bo'lganda ham, 7.99848 atrofida bozorga yangi buyerlar kirishda davom etishi yoki long pozitsiyada o'tirganlar pozitsiyalarini yopmasdan shuncha foydasini xatarga qo'yib yana kutishi yoki shortsellerlar bozorga yoirilmasligining ehtimoli menimcha juda kam.

Yani ushbu kartina quyidagi kabi juda chiroyli misollardan biriga aylanishi mumkin:

Oxirgi grafikda ancha qiziq holat sodir bo'lgan. Etibor bergan bo'lsangiz mart oyida narx haddan tashqari ko'tarilib ketgan. Bu esa shortsellerlarni ham ilhomlantirib yuborgan va narx qarshilikka yetib bormasdan bozorda sellerlar ko'paygan. Buning ustiga narxning bunday tez ko'tarilishidan vahimaga tushgan buqalar ham narx qarshilikka hali yetib bormasdan turib pozitsiyasini yopishni boshlaashgan. Natijada narx 4 oyda 1300 punkt qulagan.

EURTRY bilan ham shunaqaroq hodisa sodir bo'lgan taqdirda bozorga kirish mumkin. Albatta bu sodir bo'ladimi yo'qmi oldindan hechkim bilmaydi. Shunchaki bu holat narx qarshilikka yetib borganda ozroq pulimizni risk qilishimizga arziydi. Treyding manashunday asosli risklardan iborat.