Brokkerlar
February 8, 2019

Likvidity Provayderlar Qanday Qilib Pul Topishadi va Ular Market Meykermi?

Haqiyqiy va soxta ECN/STP brokkerlari o'rtasidagi farqlar haqida avvalgi maqolalardan birida gaplashgan edik. O'sha maqolani o'qimagan bo'lsangiz hozir o'qib olishingizni maslahat beraman, chunki savdo orqali jiddiy pul topish niyatingiz bo'ladigan bo'lsa bu maqola siz uchun juda muhim: Haqiyqiy va Soxta ECN/STP Brokkerlari O'rtasidagi Farq.

O'sha maqolada ko'rganimizdek ECN/STP brokkeri treyderlarning orderlarini likvidity provayderlarga to'g'ridan-to'g'ri uzatib yuboradi, hech bo'lmaganda insonning ishtiroksiz (kopyuter texnologiyasi orqali). Agar orderlarni qabul qilib olayotgan likvidity provayder Nomura yoki Deutsche Bank kabi mashxur va ishonchli bo'lsa unda brokker savdolarni manipulyatsiya qilmaydigan hamda sizga va o'z treyderlariga qarshi savdo qilmaydigan haqiyqiy ECN/STP brokkeri hisoblanadi.

Endi bir qiziq savol tug'uladi, likvidity provayderlar sizga qarshi savdo qiladimi yoki ularga sizning savdolaringiz natijasida olayotgan swap va spreadlarning o'zi yetarlimi? Spread va swap likvidity provayderlarning yagona daromad manbayimi yoki ular boshqa yo'llar bilan ham pul topishadimi? Yaxshi likvidity provayderlari huddi market meyker brokkerlar singari sizning zarar qilishingizdan manfatdormi?

Treyderlarga likvidity provayderlik qilib sread va swapdan daromoad ko'rish bu mashxur likvidity provayderlar daromad manbalaridan faqat bittasi hisoblanadi. Ular bundan boshqa juda ko'plab xizmatlar ham taklif qilib ko'plab investitsion harakatlarda qatnashadi.

Huddi market meykerlar kabi siz foyda qilganingizda likvidity provayderlar zarar qilishadi. Ammo, ular juda kattaligi va ko'plab kompaniya va mijozlarga turli xizmatlar ko'rsatishi natijasida topadigan foydalari kichik zararlarni qoplab ketadi.

95% dan ko'proq treyderlar zarar qilishadi va natijada likvidity provayderlarning pullari o'zlarida qoladi desak ham bo'ladi. Ammo, Deutsche Bank kabi katta likvidity provayderlarning market meyker brokkerlaridan farqi ularning juda kattaligi va ko'rsatayotgan xizmatlari natijasida juda katta daromad topishidadir. Shuning uchun ular oddiy treyderlarning zarar ko'rishiga unchalik qiziqishmaydi.

Siz foyda qilsangiz ular zarar qilishadi lekin ular shunda ham sizning bu biznesingizni hurmat qilishadi. Chunki sizning pozitsiya ochganda va o'sha pozitsiyangizni ushlab turganigizda pulingiz ularganing xazinasiga o'tkaziladi va bundan ular turlixil boshqa maqsadlarda foydalanishadi.

Biror valyutani sotib olishingiz bilan bir paytda ular boshqa bir valyutani boshqaga sotishadi. Aktsiyalar sotib olib sotishadi. Katta investorlar, banklar, tashkilotlar va hatto hukumatlarga kreditlar berishadi va buning natijasida juda katta daromad olishadi.

Sizning pulingiz manashu barcha harakatlarning yaxshiroq va kattaroq o'lchamda amalga oshirilishiga yordam beradi va o'z navbatida ular sizning savdo qilishingizga yordam berishadi. Ular haftasiga 7 kun, kuniga 24 soatdan millionlab savdolarni amalga oshirishadi. Hatto valyuta bozori oddiy treyderlar uchun yopiq bo'lgan dam olish kunlari ham.

Shuning uchun odatda likvidity provayderlar treyderlarga qarshi borib ularning ko'proq zarar qilishiga harakat qilishmaydi. Bundan tashqari ular doyim raqobatdan qo'rqishadi va har bir sekundda yaxshiroq xizmat ko'rsatishga harakat qilishadi. Oddiygna kichik bir xato ularning kriditlarini vayron qilib juda ko'plab bizneslarda zarar qilishlariga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari ular hukumat tomonidan juda qattiq kuzatuv ostida bo'ladi va biror xato qilishsa uning uchun juda katta to'lashiga to'g'ri keladi.

Likviditlik Provayderlarining Haqiyqiy ECN/STP Brokkerlari Bilan Aloqalari

Haqiyqiy ECN/STP brokkerlari market meyker brokkerlardan farqli o'laroq treyderlarning orderlarini likvidity provayderlaridan tashkil topgan banklararo bozorga uzatishadi: Haqiyqiy va Soxta ECN/STP Brokkerlarinig O'rtasidagi Farq

Demak haqiyqiy ECN/STP brokkerlari shunchaki vositachi bo'lib har bir savdo uchun kichik xizmat-haqqi olib qoladi. Bu to'lov komission deb ataladi va u brokkerlar daromadining yagona qonuniy manbaidir. Ular treyderlarning zararlaridan hech qanday foyda qilmaydi va shu bilan birga treyderlarning foydalaridan ham hech qanday zarar qilmaydi.

Bugungi kunda deyarli barcha haqiyqiy ECN/STP brokkerlari bir qancha kuchli va mashxur likvidity provayderlariga ulangan. Ammo, qadimda ular faqatgina bitta yoki ikkita likvidity provayderlari bilan ishlay olgan holos. Quyidagilar likvidity provayderlarning eng mashxurlari: Bank of America, Goldman Sachs, JP Morgan, Citi Bank, Nomura, HSBC, Deutsche Bank, Royal Bank, TD Bank, Barclays, Wells Fargo.

Eng yirik likvidity provayderlarning foreks bozoridagi ulushi.

Treyder platformadagi buy yoki sell tugmasidan birini bosganida brokker platformadagi narxga eng yaqin narx taklif qilayotgan likvidity provayderni tanlab treyderning orderini unga jo'natib yuboradi. Har bir likviditlik provayderi odatda platformadagi narxdan salgina boshqacharoq narx taklif qilishi mumkin. Chunki platformadagi grafik barcha likvidity provayderlaridan olinayotgan narxdan emas balki odatda bitta manbadan shakillantiriladi. Shu sababli orderingiz bajarilganidan keyin bozorga kirish narxingiz buy yoki sell tugmasini bosayotganigizdagi narxdan salgina boshqacharoq bo'ladi. Bu farq bozor holatiga qarab bir necha punkt atrofida bo'lishi mumkin. Ammo, odatda u platformadagi narxga juda yaqin bo'ladi.

Orderngiz likvidity provayder uni qabul qilganidan keyingina bajarilgan hisoblanadi. Odatda ular agar order juda katta bo'lmasa tezda qabul qilishadi. Ammo bozor yetarlicha likvid bo'lmasa yoki haddan tashqari likviditlik va volatillik yuqori bo'lsa orderingiz qabul qilinmasligi mumkin.

Misol uchun sizning orderingiz bajariladi ham deylik. Endi savol tug'uladi, likvidity provayder sizni treyder sifatida biladimi yoki yo'qmi. Qasi order qaysi treyder tomonidan yuborilganligini likvidity provayderlar bilishadimi?

Buning javobi: likvidity provayderlar faqatgina brokkerlarni taniydi. Ularning nazarida orderlarni berayotgan bu siz emas balki brokkerlardir. Ular oddiy treyderlarni bilishmaydi. Brokker har bir likvidity provayderda bir vaqtning o'zida minglab ochiq pozitsiyalarga ega bo'lishi mumkin.

Bularni bilishingizdan sizga nima foyda?

Brokker va likvidity provayderlar haqida qancha ko'proq bilsangiz mijozlarini aldamaydigan, samiymiy va yaxshi brokker tanlashingiz osonlashadi.

Bazi brokkerlar o'zlari ulangan likvidity provayderlarga treyderlarining stop loss va teyk profit orderlarini ko'rsatmasliklarini aytishadi. Ularning aytishiga ko'ra agar o'sha stop loss va teyk profitlarni ko'rsatishsa unda likvidity provayderlar foyda qiluvchi treyderlarning foyda qilishiga to'sqinlik qilishlari mumkin deyishadi. Ammo, yuqorida aytganimizdek, likvidity provayderlar treyderlarni bilishmaydi. Ular faqat brokkerlarni va ular ochishayotgan pozitsiyalarni bilishadi. 95% teyderlar hardoim zarar qilishlari sababli brokkerlar har bir likvidity provayderga uzatayotgan orderlarning 95%i har doim zararli va demak likvidity provayderlar uchun foydali. Shuning uchun foydali pozitsiyalarni zararliga aylantirishga harakat qilishdan mano yo'q. Chunki likvidity provayderlar zararli pozitsiyalar (95%dan ortiq) ning o'zidan yetarlicha daromad qiladi:Likvidity Provayderlar Qanday Qilib Pul Topishadi va Ular Market Meykermi?

Bundan tashqari, brokkerlar orderlarni likvidity provayderlar o'rtasida teng taqsimlaganda har bir likvidity provayderga foydali va zararli pozitsiyalardan deyarli teng miqdorda jo'natiladi. Natijada likvidity provayderlar bir vaqtning o'zida juda ko'plab foydali (likvidity provader uchun zararli) orderlar hujumiga uchramaydi. Bu esa treyderlar uchun ham juda yaxshi.

Brokkerlar har bir likvidity provayderida alohida hisob ochgan bo'lsihi kerak (Huddi treyderlar brokkerlarda ochadigan hisob kabi). Likvidity provayderlar brokkerlarga 100:1 leverej taklif qilishadi (Albatta, boshqa market meyker brokkerlarga likvidity provayderlik xizmatini ko'rsatayotgan market meyker brokker yoki Tinch okeani o'rtasidagi kichkinagina hech kim eshitmagan bank emas balki yuqorida sanab o'tganimiz kuchli va mashxur banklar).

Brokkerlar likvidity provayderlardagi hisoblarida yetarlicha pulga ega bo'lishlari kerak. Mijoz treyderlar katta miqdorda zarar qilishganida brokker hisobiga qo'shimcha pul tashlab to'ldirib turishi kerak. Aks holda brokker margin call va stop out darajalariga yetib kelishi mumkin. Bunda bo'lgan taqdirda brokkerning mijozlari yangi pozitsiyalar ocha olmay qoliadi va likvidity provayder borkkerning ochiq zararli pozitsiyalarini yopishni boshlaydi. Buni brokkerlar umuman xoxlashmaydi. Chunki bu treyderlarda brokker haqida juda yomon tasurot qoldiradi. Treyderlar nega o'z hisoblarida yetarlicha pul bo'lishiga qaramasdan zararli ochiq pozitsiyalari yopilib ketganligini brokkerlardan so'ray boshlaydi. Bu aslida to'g'ri savol, chunki treyderning hisobida yetarlicha pul bor edi. Bu holatda likvidity provayderlarda yetarlicha puli bo'lmagan brokker aybdor hisoblanadi.

Treyderlar sahna ortida nima bo'layotganligini bilishmaydi. Ular faqat pozitsiyalarining hech qanday sababsiz o'z o'zidan yopilib ketayothanligini ko'rishadi.

Shuning uchun haqiyqiy ECN/STP brokkeri mijozlaridan olayotgan pulini o'zining likvidity provayderlardagi hisobiga tashlashi kerak. Odatda ular mijozlar depozitlarining 50%ini likvidity provayderlardagi hisobiga tashlashadi. Orderlardan olib qoladigan komission sifatida o'zlarining daromadlarini olib qolishadi.

Haqiyqiy ECN/STP brokker mijozlaridan olayotgan pullar bilan ehtiyot bo'lishi va ortqicha sarflab yubormasligi kerak. Chunki bozordagi kutilmagan kuchli o'zgarishlar brkker hisobining birdaniga pasayib ketishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda brokker margin call va stop out darajalariga yetib kelmasdan oldin hsobiga qo'shimcha pul tashlashi kerak bo'ladi. Buning uchun esa ularga pul kerak. Agar mijozlardan olingan pullar ofis, reklama, ishchilar xarajatlari va ... larga ishlatib yuborilgan bo'lsa unda brokker juda jiddiy muammolarga uchraydi.

Bazan, bozorning juda kuchli harakati bazi treyderlarning negativ ballansga o'tib ketishiga sabab bo'ladi. Bunda bu negativ ballansni likvidity provayderga treyder emas balki brokker to'laydi. Ammo, aslida buni treyder brokkerga to'lashi kerak. Lekin odatda treyderlar ketib qolishadi va hech qachon negativ ballansni to'lashmaydi. Natijada brokker treyderlarni sudga berishga to'g'ri keladi ammo bu odatda juda qimmatga tushishi uchun brokker shunchaki hamma ishini yig'ishtirib o'yindan chiqib keta qoladi. Brokkerlar likvidity provayderlar tomonidan ham sudga berilishi mumkin. Bu ular o'rtasidagi shartnomaga bog'liq. Bu aytayotganlarimizning bari bo'lishi mumkin bo'lgan ehtimollik. Bunday holatlar odatda juda kamdan kam sodir bo'ladi. Har 10 yoki 20 ylda bir marta ham sodir bo'lishi mumkin.

Endi esa sizdan bir savol so'ramoqchiman. Eng yaxshi javobga mukofot bor. Savol quyidagicha:

Likvidity provayder haqiyqiy ECN/STP brokkerlariga taklif qiladigan maksimal leverej 100:1. Agar haqiyqiy ECN/STP brokkeri mijozlariga 500:1 leverej taklif qilayotgan bo'lsa nima bo'ladi? Unda orderlar qanday amalga oshiriladi, agar leverej farqi biror foyda yoki zararga olib kelsa kim foyda ko'radi, kim zarar ko'radi?

Haqiyqiy ECN/STP brokkeri mijozlariga misol uchun 50:1 kabi pastroq leverej taklif qilsachi?