Foreks
February 8, 2019

Valyuta Juftliklari - Valyuta Juftliklari Tushunchasi

Foreksga yangi kelganlar uchun valyuta juftliklarini tushunish anchagina qiyinchilik tug'diradi. Faqat texnik analizga etiborni qaratishdan ko'ra manashunday sodda ammo asosiy mavzularga ham to'xtalib o'tish kerak deb o'ylayman. Bu biznesga yangi kelganlar manashunday bazaviy tushunchalarni, foreks asoslarini tushunmasliklari bazida etibordan chetda qoladi.

Fond bozorida siz turli kompaniyalarning aksiyalari bilan savdo olib borasiz. Ularni sotib olasiz va sotasiz. Aksiya sotib olish uchun pul to'laysiz. Ammo, agar valyuta sotib olmoqchi yoki sotmoqchi bo'lsangizchi?

Fond bozorida kompaniyalar aksiyalari tovar va ularni sotib olish uchun to'lanadigan vosita bu puldir. Bu boshqa istalgan turdagi savdoda ham huddi shunday. Pul to'laysiz va tovarni sotib olasiz. Foreksda siz valyutalar ustida savdo olib borasiz. Boya aytganimizdek, biror narsa sotib olishingiz uchun boshqa biror narsa to'lashingiz kerak. Biror valyuta sotib olishingiz uchun bosqa bir valyutada to'lov qilishingiz kerak. Biro valyutani boshqa valyutaga qarshi sotasiz. Manashuni amalga oshishish uchun valyuta juftliklari o'ylab topilgan. Masalan EUR-USD valyuta juftligi. Har bir valyuta juftligida birinchi valyuta tovar, ikkinchisi esa o'sha tovar uchun to'lanishi kerak bo'lgan valyutadir. EUR-USD da EUR bu tovar va USD esa uni sotib olish uchun to'lanishi kerak bo'lgan pul birligi. EUR-USD sotib olganingizda siz EUR uchun USD da pul to'lagan bo'lasiz. Foreks savdo hisobingizda qanaqa valyuta bo'lishidan qatiy nazar. Hisobingiz USD, GBP, CAD yoki umuman boshqa istalgan valyutada bo'lishi mumkin. EUR-USD sotib olmoqchi bo'lsangiz brokeringiz sizning savdo hisobingizni USDga o'zgartiradi va EUR sotib olish uchun kerakli summani bozorga to'laydi. Hammasi manashu tartibda ishlaydi. Foreksdagi istalgan savdo USD da qilinishi kerak. USD asosiy valyuta hisoblanib u foreks bozoridagi barcha savdo birimlarining ustuni hisoblanadi. Siz sotadigan yoki sotib oladigan valyuta juftliklari USD orqali amalga oshirilishi kerak. Ammo, bu jarayonlarning barchasi avtomatik ravishda amalga oshirilari. Sizdan shunchaki Buy yoki Sell tugmalarini bosishingiz talab etiladi holos.

Foreksda "Long" va "Short" pozitsiyalar

Demak, agar EUR-USD sotib olmoqchi bo'lsangiz aslida EUR sotib olish uchun USD to'layotgan bo'lasiz, yoki boshqachasiga aytganda USD ga qarshi EUR sotib olasiz. Foreks bozorida EUR-USD (umuman, istalgan juftlikni) ni sotib olishdan oldin sotishingiz ham mumkin. Qanday qilib? Kelin misol orqali ko'rib chiqamiz. Siz mening mashinamni ikki xaftaga olib turdingiz. Shunda kimdir sizdan o'sha mashinani yaxshigina narxga, nasalan $20 000 ga sotib olmoqchi bo'ldi. Siz mashinani o'sha kishiga sotib yubordingiz ham deylik. Ammo, o'sha sotganinigz - mening mashinamni ikki haftadan keyin o'zimga qaytarishingiz kerak, to'g'rimi? Qaytarish vaqti kelganida esa, bozorga chiqib huddi shunday mashinani mening mashinamni sotgan narxingizdan arzonroqqa, deylik $18 000 ga sotib olasiz. Keyin o'sha mashinani menga olgan mashinangiz sifatida qaytarasiz. Natijada men hech narsa yo'qotmadim, siz esa $2000 foyda olgan bo'lasiz.

Valyutani sotib olishdan oldin sotishda ham biz huddi shunday qilamiz. Faqatgina bunda mening o'rnimda broker, tovar o'rnida valyuta, to'lov vositasi sifatida ham valyuta turadi. EUR-USD ni yuqori narxda sotib past narxda sotib olasiz. Pastda sotib undan ham pastroqda sotib olasiz.

Valyuta juftligini sotib olganingizda "uzoq pozitsiya" (long position) ga, sotganingizda esa "qisqa pozitsiya" (short position) ga kirgan bo'lasiz. Uzun va qisqa terminlari foreks va fond bozorlarida ishlatiladigan oddiy terminlardir. Buni narxning ko'tarilishi uchun "ko'proq" (uzunroq) vaqt tushishi uchun esa "kamroq" (qisqaroq) vaqt ketganligi uchun o'ylab topishgan. Chunki narx nafs sababli ko'tariladi va qo'rquv natijasida tushib ketadi. Qo'rquv esa nafsdan kuchliroq va shuning uchun narx ko'tarilishiga nisbatan tushishi tezroq kechadi. Manashuning uchun, sotib olganingizda narx ko'tarilishiga ko'proq vaqt talab qilinganligi uchun uzoq pozitsiyaga kirdi deyishadi. Sotganingizda esa qisqa pozitsiyaga kirdi deyishadi. Chunki narxning tushishiga kamroq, qisqaroq vaqt talab etiladi.

Xullas, EUR-USD sotib olganimizda uzun pozitsiyaga yoki long pozitsiyaga kirdik deb hisoblaymiz va sotganimizda buning teskarisi.

Keling endi ko'plab treyderlar tomonidan beriladigan savolga o'tsak.

1. Foreksdagi asosiy valyuta juftliklari qaysilar?

Foreks bozoridagi eng asosiy to'rtta valyuta juftliklari bular : EUR-USD; GBP-USD; USD-JPY va USD-CHF.

2. Eng mashxur juftliklar qaysilar?

Yuqoridagi to'rtta juftlik orasidan eng mashxuri va eng yuqori savdo bitimlar miqdori (volume, obyom) ga ega bo'lgani bu EUR-USD. Butun foreks bozorida olib boriladigan barcha bitimlarning 70% i manashu jutlikka to'g'ri keladi deyishadi. Ammo, bu siz va menga o'xshagan treyderlarning 70%i faqatgina manashu juftlikda savdo olib borishadi degani emas. Foreks bozori treyderlar harakatlari bilangina cheklanib qolmagan. Aslida, foreks treyderlar foreks bozorining juda kichik qismini tashkil etishadi. Katta miqdordagi bitimlar Xalqaro Banklar va Markaziy Banklar tomonidan amalga oshiriladi. Bazida ular buni foyda olish uchun emas balki shunday qilishlari kerakligi uchun bajarishadi. Bazida biror davlat o'z valyutaning qiymatini pasaytirish uchun o'z valyutasini boshqa bir valyutaga qarshi sotadi (bozorda taklif ko'paysa narx tushadi), yoki buning aksini qilishadi. Natijada ular maqsadlariga qarab o'z valyutasining qiymatini boshqarishlari mumkin bo'ladi.

Treyderlar o'rtasidagi eng mashxur juftlik esa GBP-JPY, EUR-JPY va GBP-USD. GBP-JPY individual treyderlar uchun juftliklarning qiroli sanaladi. Sababi unda volatillik yuqori va kuchli harakatlar kuzatiladi. Uning signallari o'tkir va kuchli va uning kun davomida harakatlanish darajasi yuqori. Treyderlar bu juftlikda ko'proq foyda olish uchun savdo qilishadi. Ammo, qilichning ikkinchi tomoni ham juda o'tkir. Yani, foydangiz katta bo'lishi bilan birga katta zarar extimoli ham mavjud.

3. Eng likvidit juftliklar qaysilar?

EUR-USD eng likvidit hisoblanadi. Chunki undagi savdo hajmi eng kattadir. Ammo, siz foreks bozorida likviditlik muammosiga umuman duch kelmaysiz. Chunki bu bozor dunyodagi eng yirik bozor hisoblanadi. Bu yerda huddi fond bozorida sotib olgan aksiyangizni sotmoqchi bo'lganingizda uni sotib olishga tayyor xaridor topilmay qolishi muammosi (likviditlik muammosi) umuman uchramaydi.

4. Eng o'ziga tortuvchi juftliklar qaysi?

Aytganimdek, GBP-JPY eng o'ziga tortuvchi va eng volatil juftlik. Volatillik va harakatlanish bo'yicha ikkinchi o'rinda EUR-JPY. GBP-JPY va EUR-JPY lar odatta bir xil yo'nalishda harakatlanishadi. Yani, ularda birning narxi ko'tarilsa ikkinchisiniki ham ko'tariladi, tushganda esa buning aksi. Foreks treyderlari orasida eng ko'p savo olib boriladigan juftliklar GBP-JPY va EUR-JPY. Umuman olganda, GBP li juftliklar eng kuchlilaridir.

5. Qaysi juftliklar savdo qilish uchun eng zo'r?

Boshqa treyderlarni bilmadimu ammo mendan so'rasangiz javobim quyidagicha: Eng zo'r juftliklar bu eng kuchli signal bergan istalgan juftlik. Bazi treyderlarning malum bir juftliklarni yoqtirib qolishi va faqatgina o'shalar orqali savdo qilishga berilishini ko'rganman. Bu noto'g'ri. Bunda siz o'zingizni chegaralagan va boshqa juftliklar berayotgan imkoniyatlardan voz kechaytotgan bo'lasiz. Foreksda savdo qilishingiz mumkin bo'lgan bir qancha juftliklar bor bo'la turib nima uchun ularning barchasini inkor qilib faqatgina malum birlariga etiborni berish nima kerak?

Bir juftlikka etibor berib uning "ustasiga" aylan deyishadi. Bu yanabir bemani fikirdir. Valyuta juftliklari kasb yoki biror qobiliyat emaski uning ustasiga aylansangiz. Barcha juftliklar uchun bir xil qonun qoidalar va texnikalar mavjud. Quvvatlash chizig'i (support line) yorib o'tilishi barcha juftliklarda sotish signali hisoblanadi. Istalgan juftliklardan birida biror quvvatlash chizig'ini toping va uning yorib o'tilishini kuting. Keyin esa qisqa pozitsiyaga kiring. Qanday juftlik ekanligining ahamiyati yo'q bu yerda. Siz foyda qilasiz. Albatta, stop loss qo'yishni unutmang. :)

Xullas, bu biznesda eshitgan yoki o'qigan hamma narsangizga ham ishonavermang. Bazilar foreksdan foyda ololmagach sotish uchun maqolalar va elektron kitoblar, savdo video kurslari yozishni boshlashadi. Afsuski, videokurslar, elektron kitoblar, maqolalarning 95%i manashunday insonlar tomonidan yaratiladi va boshqariladi. Manashu axborotlar yuqorida ko'rganimiz kabi "bemani" fikirlarning manbasidir.

6. Valyuta juftliklarining savdosi uchun eng qulay paytlar qaysi?

Bu savolga ham o'z shaxsiy javobim bor va u boshqalarnikidan farq qilishi mumkin. Savdo uchun eng qulay payt bu eng kuchli va o'tkir signal paydo bo'lgandagi paytdir.

Asosan bu savol 5 minut yoki 15 miutlik kabi kichik taymfreyda savdo qiluvchi intradey treyderlar tomonidan beriladi. Ular har kuni savdo qilishni xoxlashadi va pozitsiyalarini tun davomida ochiq qoldirishni yoqtishishmaydi.

Foreks bozorida asosiy uchta sessiyalar mavjud: Osiyo sessiyasi, London sessiyasi va Nyu York sessiaysi. Osiyo sessiyasi tonggi 2dan tushdagi 2 gacha, London sessiyasi soat tushki 12 dan kechki 9 gacha, Nyu York sessiyasi esa tushdan keyingi 5 dan ertalabki 2 gacha davom etadi. Nyu York sessiyasi tugagach bir ikki soat davomida bozor juda sekinlashib qoladi. Keyin Yaponlar undan keyin esa Avstraliya bozorlari ochilgach bozor yana jonlanib ketib volatillik oshadi.

Savdo uchun eng qulay paytlar qaysi degan savolga qaytsak, mening javobim eng qulay payt bu bozor aktiv va volatil bo'lgan paytdir. Bunday paytlarda malum bir juftliklar emas balki barcha juftliklar harakatlanadi. Qaysi sessiyaligining farqi yo'q. Shuning uchun umuman olganda bu savol o'rinli savol emas. Bozor harakatlanayotganda va kuchli signal hosil bo'lganida istalgan juftliklda savdo qilishingiz mumkin.

7. Egzotik juftliklar qaysilar?

USD-SEK (Shvetsariya (yoki Shvetsiya) kronasi), USD-DKK (Daniya kronasi) va USD-NOK (Norvegiya kronasi) - bular eng mashxur egzotik juftliklar. Ularning egzotik deb nomlanishiga sabab bu ularning pip qiymatlaridir. Ularning pip qiymatlari boshqa juftliklar, masalan EUR-USD ga nisbatan ancha kichik. Ularda birinchi marta savdo qilayotgan bo'lsangiz stop loss yoki take profitni hisoblayotib ko'zlaringizga ishonmasligingiz mumkin. Shamchaning yuqorisiga qo'yiladigan stop loss bir necha yuz pips bo'lishi mumkin. Ammo, vahimaga tushmang. Bu pips qiymatlar boshqa juftliklarnikiday emas. Men ularni mini pips deb atayman. Ular normal pipslaning o'ndan biri miqdorini tashkil etishi mumkin.

Yana boshqa egzotik juftliklar ham mavjud: GBP-NOK, GBP-SEK, GBP-DKK, USD-RUB (Rus rubli), USD-CCK (Czech (Chexiya) Krouna), USD-HDK (Gang Kong dollari), USD-HUF (Vengriy Forinti), USD-LVL (Latviya Latsi), USD-MXN (Meksika pesosi), USD-PLN (Polsha Zlotysi), USD-ZAR (Janubiy Afrika Randi) va ... ... ... .

8. Juftliklar ro'yxatingiz bormi?

Har bir foreks brokeri turli sondagi valyuta juftliklarida savdo qilish imkoniyatini beradi. Ammo, ularning barchasi quyidagi asosiy to'rtta valyuta juftliklarida savdo imkonini beradi:

EUR-USD

GBP-USD

AUD-USD

NZD-USD

USD-JPY

GBP-JPY

EUR-JPY

CAD-JPY

AUD-JPY

NZD-JPY

USD-CAD

EUR-CAD

GBP-CAD

USD-CHF

EUR-CHF

GBP-CHF

CAD-CHF

USD-SGD

USD-DKK

USD-SEK

USD-NOK

EUR-AUD

GBP-AUD

EUR-GBP

AUD-NZD

9. Cross valyuta juftliklari va valyuta juftliklari o'rtasidagi bog'liqlik (correlation) nima?

Juftliklar bog'liqligi haqida bilish uchun bu yerga bosing.

Eng muhim juftliklar haqida to'liq yoritilgan maqolalarimiz bor. Ularni o'qib chiqishingizni maslahat berardim:

1.EUR/USD – Trade EUR USD Like A Pro

2.GBP/USD – How to Trade GBP USD Wisely and Properly

3.USD/CHF – Basic Information About USD CHF Currency Pair

4.USD/JPY – An Overview of USD JPY Currency Pair

5.USD/CAD – US Dollar Canadian Dollar

6.EUR/CHF – Euro and Swiss Franc

7.NZD/USD – New Zealand Dollar US Dollar

8.AUD/USD – Australian Dollar US Dollar

9.GBP/JPY – British Pound Japanese Yen