Psixologiya
February 8, 2019

Boshqalarning Xatolaridan Xulosa Chiqarish

Ushbu maqolada bazi foreks va aksiya treyderlarining birqacha yo'nalishlardagi noto'g'ri fikrlarini yoritib o'tmoqchiman. Bular sizga o'sha xatolarni o'rganishga va o'z karerangizda ulardan saqlanishga yordam beradi. Aytishadiku "Dono boshqalarning xatolarida o'rganadi. Axmoq o'z xatolaridan, shunda ham agar o'rgansa".

Bu maqol foreks bozoriga ham juda mos keladi. Agar bu yerda faqat o'z xatolaringizdan o'rganmoqchi bo'lsangiz bu sizga juda katta vaqt va mablag'ga tushishi mumkin. Agar, foreks treyderi qilishi mumkin bo'lgan barcha xatolarni qilib chiqganlardan o'rgansangiz unda juda katta miqdorda mablag' va vaqtingizni tejab qolgan bo'lasiz. Bu sizning o'rganish yo'lingizni ancha qisqartiradi va foyda oluvchi foreks treyderi bo'lishingiz tezlashadi.

Yangi treyderlar qilishi mumkin bo'lgan xatolarning ikki turi mavjud. Ruhiy, psixologik va texnik xatolar.

Ruhiy psixologik xatolar:

1. Foreks tez boy bo'lib ketish yo'lidir:

Ko'pchilik yangi treyderlar huddi shunday o'ylashadi. Foreksdan daromat olishingiz uchun hech narsa ishlab chiqarishingiz, hech kimga xizmat ko'rsatishingiz, hechqanday telefon qo'ng'irog'ini amalga oshirishingiz, hech narsani reklama qilib maqtashingiz, hech qanday mijozlar bilan ishlashingiz .... shart emas. Bu to'g'ri, ammo bu foreksning tezda boy bo'lib ketish yo'li ekanligini bildirmaydi. Foreksda potensial juda katta daromad qilish imkonityati mavjud ammo unga tez boyib ketish mashinasi sifatida qarasangiz juda katta pul yo'qotasiz.

2. Ko'proq bitim tuzsam ko'proq daromad ko'raman:

Foreks boshqa bineslarga o'xshamaydi. Boshqa biznes turlarida qancha ko'p maxsulot sotsangiz shuncha ko'p daromad qilasiz. Foreksda esa bunday emas. Foreksda bozor sizga savdo imkoniyatini berishini kutishingiz kerak. Boshqa bizneslarda esa ko'proq biror tovaringizni sotib ko'proq pul topish uchun ko'proq vaqt va energiya sarflashingiz kerak. Foreksda qulay savdo imkoniyatini kutishigiz uchun ko'proq sabrli bo'lishingiz kerak. Boshqa bizneslarda ko'proq daromad uchun ko'proq ishlash kerak.

Foreksda biz bozorda qulay sharoit paydo bo'lishini kutishimiz kerak. Boshqa bizneslarda esa qulay sharoitni o'zimiz yaratishimiz kerak.

3.Daromadim yo'q va qarzlarimni to'lashim kerak bo'lgan sharoitda foreksda pul ishlay oalman:

Agar pul topishingiz "zarur" bo'lsa unda foreksda ishlay olmaysiz. Yani agar qarzlaringizni to'lashda muammolarga uchrab turgan bo'lsangiz savdo orqali daromad qila olmaysiz. Savdodan daromad ola olishingiz uchun avval sizning qarzlaringiz va xarajatlaringizni qoplab turuvchi doimiy daromad manbaingiz bo'lishi kerak. Shunday sharoitdagina siz hotirjamlik bilan savdoni o'rganishga etiboringizni qaratishingiz mumkin bo'ladi. Agar o'zingizni savdo orqali pul ishlashga majburlayotgan bo'lsangiz unda siz pullaringizni yo'qotishga shaylanayotgan bo'lasiz. Agar hozir sizga pul juda kerak bo'layotgan sharoit bo'lsa unda sabringizni yo'qotasiz va bozorda yetarlicha qulay sharoit paydo bo'lmasa ham buy/sell tugmalarini bosasiz va pozitsiyalar ochasiz.

Foreks va aksiyalar savdosini huddi ov jarayoniga qiyoslashimiz mumkin. Biror narsani ovlash uchun o'qingizni to'g'ri kelgan tomonga maqsadsiz, nishonsiz otaverishingiz yaramaydi. Quyonni yoki kiyikni tasidifan ovlab bo'lmaydi. Faqatgina vaqtingiz va o'qlaringizni yo'qotganingiz qoladi holos. O'ljani bazida bir necha kunlab izlashingizga to'g'ri keladi. Bazida biror narsa ovlash uchun haftalab o'rmon yoki tog'larni bosib o'tishingiz yoki panada bir necha kunlab kutib yotishingiz kerak bo'ladi.

Savdo ham huddi shunday. Bozorda qulay sharoit paydo bo'lishini kutishingiz kerak. Grafikda qulay sharoit paydo bo'lmasdan bozorga kirsangiz yutqazasiz.

Qarzlarinigz yoki xarajatlarinigzni o'z vaqtida to'shash uchun pul topishingz "zarur" bo'lsa qulay sharoit yo'qligida ham o'zingizni pozitsiya ochishga majburlaysiz.

4.Men kuchli o'qituvchi, doktor, injiner, matematik, olim, .... man va SHUNING UCHUN savdo orqali daromad qila olishim aniq.

Butunlay noto'g'ri fikr!

Savdoda faqatgina pul yo'qotadigan juda ko'plab o'qimishli odamlarni ko'rganman. Va juda ko'plab o'qimagan odamlar ham savdodan doimiy daromad qilayotganlarining guvohiman.

Savdoning talim bilan umuman aloqasi yo'qligi bu haqiqat. Siz biror akademik darajasiz yoki meyoriy IQsiz ham savdo orqali daromad olishingiz mumkin. Talab qilinadigan yagona narsa bu bazi qoidalarni o'rganishingiz va o'sha qoidalarga amal qilishdagi tartib intizomdir. Agar buni to'g'ri va aniq uddalay olasangiz savdo orqali daromad qilishingiz mumkin. Uddalay olmasangiz qanchalik o'qimishli bo'lishingizga qaramasdan pulingizni yo'qotishingiz aniq.

Hatto, ko'plab o'qimishli kishilar ham qulay paytni kutishga yetarlicha sabrli va intizomli emas. Ularning ko'pchiligi o'z olgan talimlari bilan juda faxrlanishadi va foreks bozorini yetarlicha baholashmasdan huddi bozor ualr aytgan yo'nalishda ketishi kerakdek oldindan bashorat qilishadi.

5.Men o'z savdo tizimimni kashf qilishim kerak.

Bu ham ko'plab o'qimishli insonlarning muammosi. Ular o'zlarini boshqalardan zo'rroqman deb o'ylashadi va boshqalar yaratgan tizimlarni qo'llashdan o'zlarini tiyishadi va o'z tizimlarini yaratishga sho'ng'ishadi. Buning uchun ko'plab vaqt va pullarini sarflashadi va oxiri niyatlaridan qaytishadi. Chunki bugungi kunda juda sodda, hamma ishlata oladigan oson va shunga qaramay kuchli va effektiv savdo tizimlari mavjud.

Shunday ekan nima uchun aloxida boshqa bir tizim yaratishga harakat qilishimiz kerak?

O'z tizimlari ustida hech qanday natijalarsiz yillab ishlagan treyderlarni ko'rganman. Ular har haftada yangi tizi yaratishadi va uni yana yangisini yaratishgunicha sozlashadi. Biz bu yerda biror kashfiyot qilmoqchiasmiz, pul ishlamoqchimiz, shinday emasmi?

6.Qancha ko'p o'rgansam shuncha yaxshi savdo qilaman va shucha ko'proq pul topaman.

Bu boshqa bizneslarda shunday bo'lishi mumkindir, ammo foreksda emas. Ko'proq o'rganish yaxshi albatta, ammo o'z tizimingizni kuchaytirish uchun bu bilimni qanday ishlatishni bilishingiz kerak. Ko'plab holatlarda yangi bilimlar sizni to'gri yo'ldan chalg'itib avval sinamagan narsalarinigizni siznb ko'rishga undaydi. Yangi narsalarni o'rganish savdoda yutishingizni bildirmaydi.

Albatta, tajriba juda qimmatbaxo, va siz kundan kunga tajribali bo'lib boraverasiz, natijada kamroq xatolar qilasiz va vaqt o'tishi bilan muvaffaqqiyatingiz darajasi ortadi. Ammo, yangi narsalarni o'rganish va ularni sinab ko'rish sizga ancha vaqt va mablag'ga tushishi mumkin. Foreksda pul ishlashingiz uchun uni doimiy ravishda o'rganishda davom etishingiz shart emas. Shunchaki savdo asoslarini, keyin biror savdo tizimini o'rganing. Keyin esa uning ustasiga aylaning.

Manabu maqolani o'qib chiqing. Unda pul ishlashni boshlashingiz uchun nima qilishingiz kerakligini yoritganman.

Texnik Xatolar:

1.Moving Avarages kabi indikatorlardan foydalanib savdo qilish.

Bozor yetarli darajada reaksiya qaytaradigan yagona moving avarage bu Bollinger Middle Band - yani 20 simple moving avarage. Qolgan moving avaragelar karmoningizni quritadi. Bazi geniy treyderlar aytishadi - "Grafigimda 40 yoki 100 yoki 200 yoki .... MA bor va narx ulardan yuqorida bo'lsa buy, pastda bo'lsa sell pozitsiyaga kiraman". Bu bozordagi eng katta jinnilikdir.

Stoxastik kabi ko'plab indikatorlar ham zararkunanda.

2.Ko'proq indikatorlar bo'lsa demak savdo imkoniyati ko'proq tasdiqlanadi va demak u ko'proq ishonarliroq bo'ladi.

Eng ishonarli va bozor kayfiyatini o'z vaqtida hech qanday manipulyatsiaysiz to'g'ridan to'g'ri ko'rsatuvchi indikator bu yapon shamchalaridir. Agar Bollinger Bandsni ularga ham qo'shsak unda undan ham kuchliga aylanadi. Agar yanada ko'proq tasdiqlashni xoxlasangiz MACDdan ham foydalanishingiz mumkin, ammo faqatgina bu yerda va bu yerda ko'rsatilgan yo'nalishda. Pul ishlashingiz uchun bulardan boshqa hech narsa kerak emas. Agar pul yo'qotmoqchi bo'lsangiz unda yana ko'proq indikatorlar qo'shib grafigingizni yanada murakkablashtirishingiz mumkin.

3.Kichik taymfreymlar ko'proq savdo imkoniyatlarini yaratadi va demak u yerda ko'proq pul topishim mumkin.

Qisqa taymfremlar ko'proq savdo imkoniyatlarini yaratishi mumkin ammo ular qanchali foydali? Siz xoxlagan savdo imkoniyati yaralishini kutib kopyuter oldida qanchqa o'tirishingiz kerak? O'sha imkoniyatlar qanchalik kuchli va ishonarli?

5 minutlik taymfreymdagi qulay imkoniyat narxni deylik 20 punktgacha harakatlantirishi mumkindir. Ammo, siz uning shakillanishini kutib soatlab kompyueringiz oldida o'tirgansiz. Kunlik taymfreymdagi savdo imkoniyati narxni yuzlab punkt masofalarga harakatlantirishi mumkin va bunda siz kuni bilan kompyuteringiz oldida o'tirishingiz shart emas. Grafikni kuniga bir marta tekshirib qo'ysangiz bo'lgani.

Ko'plab treyderlar qisqa taymfreymlarda ishlash ko'proq pul ishlashingizga olib bordi deb o'ylashadi. Ammo men bunday holatni 23 yildan beri ko'rganim yo'q. Shuni ko'rdimki, yo o'sha treyderlar ancha pul yo'qotganlaridan keyin katta taymfreymlarga o'tib ketishgan yoki savdoni umuman tashlab yuborishgan. Agar xuddi shu xatoni takrorlayman va qimmatli vaqtimni yo'qotaman desangiz 5, 15 minutlik grafiklarda savdo qilavering. Men hattoki 1 yoki 4 soatlik grafiklarga ham qaramayman. Chunki ular hatto qarashga ham arzimaydilar.

4.Malum bir valyuta juftligida savdo qil va uning ustasiga aylan.

Men valyuta juftliginig ustasiga aylanish nima ekanligini bilamayman. Har bir valyuta juftligi kuchli savdo imkoniyatlarini yaratgan va yaratishmoqda ham. Katta (masalan, kunlik, haftalik, oylik) taymfreymlarda ishlaganingizda ko'plab valyuta juftliklarini kuzatib borishingiz mumkin. Har bir grafikni tekshirib chiqish sizdan bir necha sekunddan ko'p vaqt talab qilmaydi.

Albatta, bazi juftliklar unchalik yaxshi emas. Masalan men AUD/NZD da savdo qilmayman. Chunki odattauning spredi juda baland, uning harakatlanishi va savdo imkoniyatlari ancha sust bo'ladi. Bundan tashqari egzotik juftliklarda ham savdo qilmayman.

5.Stop Loss qo'ymaslik.

Millionlab savdolarda ketmaket g'olib bo'lgansizmi, farqi yo'q. Agar stop loss qo'ymasangiz hisobingizdagi hamma pulni yo'qotasiz. Bu stop loss qo'ymaydigan treyderlarning tezda o'rganuvchi eng katta saboqi. Buni amalda o'rganishga urinmang.

Omad :)