Foreks
February 8, 2019

Foreksning Asosiy Qatnashchilari Kimlar?

O'zi buni aytib o'tishim shart emas ediyu lekin mayli bir eslab qo'yaylik. Demak, har qanday bozor ishtirokchilardan (yoki qatnashchilardan), sotish, sotib olish maxsulotlaridan tashkil topadi. Bu aniq. Ishtirokchilar esa sotib oluvchilar va sotuvchilardir. Agar o'zimizning bozorlarni oladigan bo'lsak hayolingizga sotuvchilar, sotib oluvchi xaridorlar va qandaydir maxsulotlar kelishi aniq. Agar aksiyalar bozori (stock market) haqida ham tushunchangiz bo'ladigan bo'lsa unda ko'z oldingizga aksiyalar bilan savdo qiluvchi chakana treyderlar, aksiya brokerlari, institutsional investorlar va balki kattaroq fondlar kelar.

Ammo, foreksga kelganda bu umuman boshqacha.

Foreksning asosiy ishtirokchilari/qatnashchilari degan iborani eshitgandirsiz. Ularning "Asosiy" deb chaqirilishiga ular valyuta narxini harakatlantirish qudratiga egaligi sababdir. Huddi o'shalar biz izlaydigan savdo imkoniyatlarining shakillanishiga sababchi bo'lshadi. Chunki bozordagi bitimlarning 80%idan ortig'i ular tomonidan amalga oshiriladi. Oddiy bizga o'xshagan treyderlar esa qolgan 20%dan kamroq sadvo bitimlarini amalga oshirishi mumkin. Yani buni oddiy chakana treyderlarning bitimlari bozorning harakatida umumiy qilib aytganda deyarli tasirga ega emas deb qabul qilishimz mumkin.

Foreks bozoriga eng katta tasir ko'rsatuvchilardan bir bu markaziy banklar va hukumatlar hisoblanadi. Bir necha punktning uyoqqa yoki buyoqq o'zgarishi global moliya tizimiga qanday tasir qilishi haqida hatto o'ylash ham juda qiyin. Ammo, oddiy treyder sifatida foreksdan o'z ulushimizni olishga harakat qilar ekanmiz narxlar harakatining asosini yaratuvchi va global valyuta trendlarining yo'nalishlarini hal qiluvchi asosiy o'yinchilar haqida bilishimz kerak.

Markaziy banklar

Foreks dunyosida eng katta tasirga ega ishtirokchilar sifatida markaziy banklar va ularning hukumatlarini ko'rsatishimiz mumkin. Odatda, markaziy banklar amaldagi hukumatlar ideologiyasi, iqtisodiy zaruriyatlar va davlatda iqtisodiy vaziyatni yaxshi hoaltda ushlab turishu uchun talab qilinadigan choralarni amalga oshiradi. Markaziy bankning pul siyosati orqali malum davlatning rivojlanishga bo'lgan, infilyatsiya/defilyatsiya, foiz stavkalari singari masalalarga bo'lgan munosabatini ko'rishimiz mumkin. Markaziy bankning ayniqsa foiz stavkalarini boshqarishi juda muhumdir. Chunki u o'sha davlat uchun pul taminotini va valyutasining global miqyosidagi darajasini belgilaydi. Bazi hukumatlar markaziy banklar orqali kuchli intervensiyalar o'tkazishsa, bazi markaziy banklar kunlik tebranishlarda nisbatan erkinroq harakatlanishadi. Shunga qaramay ular foreks bozorining asosiy o'yinchilari hisoblanishadi. Ular hukumatning asosiy moliyaviy maqsadlarini xorijiy valyutalarning zaxira miqdorlari asosida amalga oshirishadi. Manashu jihatlar ularni juda yirik ishtirokchilarga aylantirishadi va ularning katta hamyonlarini biror bank tomonidan o'tkazilgan yirik o'zgarishlar orqali tahminan chamalashimiz mumkin.

Qolgan ishtirokchilar haqida gaplashishimizdan oldin sizga markaziy banklarnin bir g'alati hususiyatini aytib o'tmoqchiman. Bozorda foyda uchun savdo qiladigan oddiy treyderlardan farqli ravishda markaziy banklar o'zlari o'tkazadigan juda ko'plab bitimlarida umuman foyda yoki zararni hayollariga ham keltirishmaydi. Chunki ularning foreks bozorida savdo qilishdan niyati boshqacharoq. Masalan, Yapon banki (BOJ) deylik Yenaning narxini har doim past holda saqlashi kerak. Chunki Yapon iqtisodi hardoim maxsulotlarining eksportiga bog'liq bo'lgan. Agar Yenaning narxi ko'tarilsa boshqa davlatlar Yaponiyaga buyurtmalar berishni kamaytirishadi. Shuning uchun agar bozorda Yenaning narxi ko'tarilsa BOJ biror boshqa davlatning valyutasini Yenaga sotib olishni boshlaydi (yani bunda JPY ni boshqa valyutaga nisbatan sotgan bo'ladi). Buning natijasida bozorda sotilayotgan (taklif qilinayotgan) JPY ko'payadi va uning narxi o'z o'zidan tushishni boshlaydi. Bu jarayon davomida ular juda katta pul yo'qotishlari aniq, ammo ularga buning qizig'i yo'q. Ularning vazifasi JPY ning qiymatini past ushlab turish edi. Buning natijasida boshqa bir davlat Yaponiyaning maxsulotlarini sotib olishda davom etadi va qarabsizki uzoq muddatli planda olganimizda Yaponiya davlati daromad ko'radi. Yani ular industriyasinig ishlashini saqlab qolish uchun foreksdagi bitimlardan ko'radigan zararlarga chidashlari kerak bo'ladi. Sizga o'zshab hamma ham foyda uchun savdoga kirmaydi bu yerda :)

Moliyaviy Institutlar

Markaziy banklar va hukumatlardan tashqari foreksdagi yana bir asosiy o'yinchi sifatida Banklar va Moliyaviy Institutlarni keltiramiz. Banklar har doim juda yirik miqdordagi horijiy valyutalar bilan ish olib borishadi. Bu horijiy valyuta biznes o'tkazmalari uchun bo'ladimi, sayohat yoki shaxsiy ehtiyojlargami farqi yo'q. Interbank bozor miqoysidagi likviditlikni taminlaydigan asosiy o'yinchilardan biri bu banklar hisoblanadi.

Moliyaviy institutlar esa turli turdagi individual investorlarni investitsiya fondlari sifatida o'z ichiga oaldi. Pension fondlar, hej fondlar va money menejerlar ham inter-bank bozorining yadroviy elementi hisoblanishadi. Xorijiy valyuta almashishning yirik trafigida ushbu institutlarning ham ulushi kattadir.

Hejerlar

Banklardan endi manashu banklar ishlaydigan eng yirik mijozlarning biriga o'tamiz. Xalqaro miqyosda ishlayotgan yoki xalqaro mijozlarga hizmat ko'rsatayotgan istalgan firma tackling currency volatilityga ega bo'lishi kerak. U Hindistondagi IT bo'yicha eng yirik korporatsiya bo'ladimi, yoki energiya bo'yicha magnatmi baribir hech kim valyuta qiymatining o'ynashidan hosil bo'ladigan xavfni ko'tara olmaydi. Ko'pchilik xalqaro kompaniyalar uchun etiborga olinishi kerak bo'lgan asosiy soha hisoblanib ular bu bosimni yengillashtirish uchun kunu-tun ishlashadi.

Buning oddiylashtirilgan misolini ko'rib chiqaylik. Deylik birorta Nemis kompaniyasi Yapon kompaniyasiga qandaydir qurilmalarni yetkazib berishiga buyurtma berdi. Ammo, bu uzoq muddatli buyurtma bo'lib to'lovning katta qismi bir yildan keyin amalga oshiriladi deylik. Bunda Nemis kompaniyasi bir yildan keyin qilishi kerak bo'lgan to'lovining aniq qancha yena bo'lishini hech qachon oldindan aniq ayta olmaydi. Bundan tashqari Yapon ishlab chiqaruvchilari qurilmalarining narxlarida ham bir yildan keyin qanday o'zgarishlar bo'lishi butunlay nomalum. Valyuta katirovkalari yil davomida istalgan tomonga qarab o'zgarib ketishi aniqligi sababli Nemis firmasi to'lashi kerak bo'lgan aniq Yevroining qiymati ham o'zgarib ketishi mumkin. Bu etibor qaratilishi shart bo'lgan asosiy faktordir. Shu sababli ushbu kompaniya joriy kursda Yenaga nisbatan biroz Yevroni hejjing orqali saqlab turishi kerak. Buni huddi yirik narx o'zgarishlari tufayli sodir bo'ladigan kelajakdagi zararlardan sug'urtalash sifatida qarashimiz mumkin. Bu kabi hejjing strategiyalari malum valyuta almashinish katirovkasini kelajakdagi bitimlar uchun saqlab qo'yishda foydalaniladi.

Spekulyatorlar (olib sotarlar)

Foreks bozorida biz siz bilan shu paytgacha ko'rib chiqmagan yana bir turdagi o'yinchilar bor. Ular trendlarni oldindan payqashimizda eng muhim ahamiyat kasb etadi. Ular bozordagi o'zgarishlardan foyda olishni maqsad qilishadi. Ularni moliyaviy bozorlardagi spekulyatorlar deyishadi. Shakillanib kelayotgan yangi trenda ular tomonidan juda katta investitsiyalar kiritiladi va trendni yanada kuchaytirshadi. Natijada ularning ham daromadlari ko'tariladi.

Eng mashxur spekulyatorlardan biri bo'lmish Jorj Soros haqida eshitgandirsiz. Unga bir oydan kam muddatda bir milliard dollar daromad keltirgan funddagi qisqa pozitsiyasi bugungi kungacha eng mashxur savdo hisoblanadi. Yana bir ekstrimal spekulyator sifatida Nik Lessonni ko'rsatishimiz mumkin. U Angliyaning Barjin Bankda treyder edi. U Yena fyucherslaridagi spekulyativ pozitsiyalari natijasida bir milliard dollardan ko'proq mablag' yo'qotgan. Natijada uning kompaniyasi qulagan.

Nafaqat individual teyderlar, balki ko'plab hej fondlar ham spekulyativ harakatlarda qatnashadi. Ko'pincha bu hej fondlar ko'proq daromad orttirish maqsadida juda xavfli strategiyalardan ham foydalanishadi. Ular odatda juda katta miqdordagi pullar bilan ishlashadi va o'z spekulyativ pozitsiyalari bilan global valyutalar harakatlariga juda katta darajada tasir qilishadi. Hej fondlarning manashunday spekulyativ harakatlari natijasidan biri sifatida 1990 - yillarda ro'y bergan Osiyo valyuta krizisini ko'rsatishimiz mumkin.

Chakana Qatnashchilar

Ro'yxatning oxirida turuvchi qatnashchilar bular - chakana savdo qiluvchi oddiy treyderlar. Ularni foreksning murakkab labirintlarida umuman tasiyi yo'q deb ayta olmaymiz. Bu turdagi qatnashchilarga individual treyderlar va shaxsiy daromad hamda biznes maqsadlari bo'yicha uyushgan korporatsiyalarni kiritamiz. Trendlaring paydo bo'lishida ularning roli asosiy bo'lmasa ham ammo trendning shakillanib nihoyat rivojlanishida asosiy qatnashchilardan biri sifatida qarashimiz mumkin.

Mana sizlarga foreks bozorning faoliyatida qatnashuvchi asosiy o'yinchilarning ro'yxati. Bu qatnashchilarning har biri butun foreks bozorining to'liq funksiyada ishlashida juda muhim ahamiyatga ega. Ular birgalikda global valyutalar harakatining strukturasini shakillantirishadi. Foreks treyderi sifatida manashu barcha qatnashchilar haqida dunyo qarashga ega bo'lishingiz mumhimdir. Bu sizga bozorga konstruktiv yondashishingizga va yangiliklarning ehtimoliy natijalarini oldindan bilish imkonini beradi.