Foreks
February 8, 2019

Pul, Infilyatsiya, Foiz Stavkalari va Bandlikning Bir Biriga Bog'liqligi

Pulning yaratilishi.

Pulning aniq nima ekanligini bilasizmi? Uni oddiy bir bo'lak qog'oz yoki hisob raqamingizdagi bir qancha raqamlar deb o'ylasangiz sal yanglishasiz.

Qadimda, qog'oz pullar yoki valyuta yo'q davrlarda odamlar o'zlariga kerak bo'lgan maxsulotlar yoki xizmatlarni o'zaro almashishgan. Masalan, bitta bolta olish uchun deylik 50 ta tuxum, bitta ot uchun bitta gilam, bir fermani olish uchun 1000 ta qo'yni to'lov sifatida berishgan.

Keyinchalik esa odamlar turli metallarni kashf etishib ularni eritib xar xil o'lcham va shaklga solishni o'rganib olishgan. Boshida buni shunchaki ko'ngil ochish yoki xar xil taqinchoqlar yasashda foydalanishgan. Keyinchalik esa qimmatli metallarni o'zlariga kerakli narsalarga almashtirishni o'rganib olishgan. Odamlar oltin, kumush, bronza, mis va temir tangalarni yasab ularni turli qiymatdagi maxsulotlar va hizmatlarga almashtirishgan.

Odamlar bu tangalarni har doim o'zlari bilan olib yurishlari yoki uylariga yashirib qo'yishlari kerak edi. Ammo, bu ancha havfli edi. Natijada ular buning biror yechimini izlashga tushishdi. Yani odamlar oltin tangalarini o'zlari bilan olib yurmagan holda istalgan joyda o'zlari xoxlagan narsalar va hizmatlarni sotib ola olishlari kerak edi.

Nihoyat bunga yechim topildi. Boshida bu yechim ancha yaxshi ko'ringandi. Barchaning ishonchini qozongan bir qancha kishilar (depozitorlar) qolgan barcha odamlarning metal tangalarini havfsiz joyda saqlab turishga va o'rniga maxsus rasmiy chek berishga kelishib olishdi. Manashu cheklarni draft deyishgan va ular faqatgina o'sha depozitorlar yashaydigan shaxardagina yaroqli bo'lgan.

Shunday qilib odamlar metal tangalarini hardoim o'zlari bilan olib yurishdan halos bo'lib narsalar sotib olishda draftlardan foydalanishgan. Xaridorni va xaridorning draftidagi depozitorning imzo va tamg'asini tanigan sotuvchilar draftlarni qabul qilishgan va unga o'z hizmatlarini yoki maxsulotlarini almashtirishgan. Ular (sotuvchilar) keyinchalik depozitorlarga murojat qilib draftda ko'rsatilgan miqdordagi tangalarni depozitordan olishlari mumkin edi. Yoki sotib oluvchilar qilgan jarayonni ular ham qaytarishlari mumkin edi. Yani draftlarga o'zlariga kerakli narsalarni sotib olishlari mumkin edi.

Shu bilan pul deyarli ixtiro qilingandi desak ham bo'ladi. Keyinchalik o'sha qog'ozlar (draftlar) odamlar orasida juda ommaviy bo'lib ketdi. Depozitorlar esa endi ko'rsatayotgan xizmatlari evaziga xaq olishni boshlashdi. Bu ish albatta havfsiz emas edi. Depozitorlar har doim tangalarga ega bo'lishni niyat qilgan o'girilar va qotillar etiborida edilar. Keyinchalik esa hukumatlar ham huddi shunday hizmatlarni taklif eta boshlashdi ayniqsa qirollar oltin va kumushlarning hidini sezib qolgach bu yanada kuchayib ketdi.

Pulning qisqacha tarixi manashunday edi. Manabu maqoladan esa u haqida to'liq malumot olishingiz mumkin: Pul Nima?

Iqtisod yuqorida ko'rganimiz qog'oz pullar yoki draftlardah ham oldin paydo bo'lgan edi:

Odamlar maxsulot va xizmatlarni barter qilish yani almashishga ko'nikishgan edi. Kim ko'proq maxsulot chiqara olsa yoki ko'proq hizmat ko'rsata olsa o'shalar boy edi. Chunki o'shalar ko'proq narsalarni sotib olish imkonyatiga ega edilar. Shu sababli odamlar ko'proq narsalar ola olishlari uchun imkoni boricha ko'proq va qattiqroq ishlashgan. Bazilar sut, bug'doy, go'sht kabi oziq ovqat maxsulotlarini, boshqalar esa turli mehnat qurollarini, yana boshqalar esa qo'riqlash, kovlash, qurish, davolash kabi hizmatlarni taklif qilish va ishlab chiqarishga o'rganishgan.

Shunday qilib iqtisod va bandlik insonlar bir birlari bilan jamiyat bo'lib yashashni boshlagan paytlarda paydo bo'lgan. Pul esa ancha keyinroq paydo bo'lgan. Lekin nafs inson paydo bo'lganidan beri u bilan birga.

Hikoyaing davomi ...

Draftslar yoki qog'oz pullar odamlar orasida juda ommalashib ketdi. Depozitorlar hukumat qo'l ostida har bir pul qiymatiga teng miqdorda tangalar saqlanardi. Masalan, 100 oltin tangaga teng bo'lgan pul uchun depozitorlarda haqiqatdan ham 100 oltin tanga saqlanib turar edi. Agar siz o'sha pulni depozitorga olib borsangiz u o'sha pul uchun saqlab qo'yilgan 100 tillani sizga berib yuborar edi. Ammo, buni odamlar juda kamdan kam hollardagina qilishgan. Chunki qog'oz pullardan foydalanish anchagina xavfsiz va qulay edi.

Bazi depozitorlar minglab tangalarni saqlashar va juda mashxur bo'lib ketishgan edi. Ularning imzolari va tamg'alarini qo'shni shaxarlardagi odamlar ham tanishar edi. Depozitorlarning o'zlarini hech qachon ko'rishmagan bo'lishsa ham odamlar ularga va ularning pullariga to'liq ishonishar va ular asosida savdo qilishar edi.

Bir qancha muddatdan keyin nafs bosh ko'tara boshladi va depozitorlar va hukumatdagi odamlar hayoliga yomon fikirlar kela boshladi:

Odamlar juda kam holatlarda bizga qaytib kelib pullarini qimmatbaxo tangalarga almashtirib ketishadi. Biz endi hech kim o'rniga haqiyqiy tanga topshirmasa ham o'zimiz qo'shimcha pullar pullar ishlab chiqqrib ularni o'z ehtiyojlarimz uchun ishlatishimiz mumkin. Bizda hardoim yetarlicha haqiyqiy tangalar bo'ladi, chunki kimdir kelib pulining o'rniga tangasini olib ketsa uning o'rniga yana bir kishi kelib tangasini qo'yib qog'oz pul olib ketadi. Shu sababli mijozlarning tangalarini olishlari uchun kelishiga bizda har doim yetarlicha tangalar bo'ladi. Hech kim haqiyqiy depozitga qo'yilgan tangalar aslida muomiladagi pullardan kam ekanligini sezmaydi. Bundan tashqari manashu tangalarning malum bir qismini ishlatib yoki investitsiya qilib yuborsak ham hech kim bilmaydi.

Shunday qilib deopzitorlar haqiqatda yo'q bo'lgan tangalar uchun qog'oz pullar chiqarishni va ularga o'zlari uchun yerlar, o'rmonlar, otlar va hk lar sotib olishni boshlashdi. Natijda iqtisodaga haqiqatda hech qanday real qiymatga ega bo'lmagan qog'oz pullar kiritilgi. O'sha pullar qiymatga ega pullar bilan bir xila edi. Ammo, ular uchun depozitorlarda ularga mos real tangalar yo'q edi. Lekin odamlar buni bilishmasdi. Odamlar manashu yolg'on qog'oz pullardan foydalanib oldi sotdi qilishni boshlashdi.

Buning Natijasi Qanday Bo'ldi?

Hammaga malum, tovar va xizmatlarning narxini talab va taklif aniqlaydi. Taklifaga qaraganda talab kuchliroq bo'lsa narx oshadi. Taklif talabdan ko'proq bo'lsa narx tushadi.

Muomilaga chiqarilgan soxta qog'oz pullardan oldin konchilar metallarni qazib olishlari uchun juda ko'p vaqt va mehnat sarflashgan. Unda keyin o'sha metallardan haqiyqiy tangalar muomilaga chiqarilishi uchun yana bir qancha uzundan uzoq jarayonlardan o'tgan. Bu tangalar nimadir sotb olish uchun ishlatilishi yoki depozitorlarga depozitga berilishi mumkin edi. Depozitga berilgan taqdirda depozitor tanganing egalariga o'sha tangalar qiymatiga haqiqatdan ham teng bo'lgan qo'g'oz pullar berishar edi. Bu qog'oz pullar real tangalarning borligini tasdiqlab turar edi. Tanga ishlab chiqarish jarayoni juda qiyin va uzoq bo'lganligi uchun ularning soni juda cheklangan va bridaniga ko'payib ketishinging haqiqatda iloji yo'q edi. Shu sababli tangalarning qadri ularning real bahosi bilan bir hil edi.

Agar 1000 oltinga bir ot sotib olmoqchi bo'lsangiz unda siz haqiyqiy 1000 oltin tanga yoki o'sha hududda mashxur depozitorning tamg'asi tushirilgan 1000 oltinga teng bo'lgan qog'oz pul to'lashingiz kerak edi. Agar sotuvchiga 1000 oltinga teng pul bersangiz u keyinchalik o'sha pulni berib depozitordan pulga mos 1000 oltinni olishi mumkin edi. Yoki bunday qilishni xoxlamasa osha qog'oz pulni 1000 oltin hisobida boshqa narsa sotib olishga ishlatishi mumkin edi.

Bundan shuni bilishimiz mumkinki, o'sha davrlarda iqtisodni haqiyqiy oltin harakatga keltirgan. Oltin tangalarning soni cheklanganligi sababli "taklif" chambarchas bog'liq bo'lgan "talab" ning ham miqdori cheklangan edi. Chunki odamlar juda ko'p talabni shakillatirishi uchun yetarli bo'lgan tangalar yoki ularga mos qog'oz pullar bo'lmagan.

Biroq, iqtisodga zaxirada haqiyqiy tangasi bo'lmagan pullar chiqrilgach ular soxta sotib olish quvvatini shakillantirdi. Chunki ular jamiyatga kiritilgan qo'shicha pul massasi edi. Masalan, iqtisodi 100 000 tanga bilan ishlaydigan shaxar birdaniga shu miqdorning ikki barabari bilan ishlashni boshladi. Bu esa birdaniga talabni ikki barobarga oshirib yuboradi. Ammo, xar xil tovar va xizmatlarga taklif esa o'sha o'sha edi. Buning natijasi esa tovar va xizmatlar narxining juda tezlik bilan ko'tarilishi - infilyatsiya paydo bo'ldi.

Avval, jamiyatda maxsulot va xizmatlar miqdori va pul miqdori o'rtasida mantiqiy nisbat bor edi. Ularning biri ko'tarilsa ikkinchisi ham oshar edi. Endi esa, birdaniga juda ko'p pul, va demak juda ko'p talab paydo bo'ldi. Ammo, tovar va xizmatlar miqdori esa o'sha o'sha. O'z chegaralangan miqdordagi tovar va xizmatlari uchun bo'lgan juda ko'p talabni ko'rgan sotuvchilar endi narxni ko'tarishadi. Sotib oluvchilar ularni xarid qila olishadi. Chunki ularda endi juda ko'p soxta yoki zaxiralanmagan pullar bor. Shuday qilib odamlar nima sodir bo'layotganligini bilmaganlari holda pul o'z qiymatini yo'qotadi va narx kundan kunga ko'tarilishida davom etadi.

Zaxiralanmagan pullarni yaratish deopzitorlarga hech qanchaga tushmagan. Sotuvchilarni o'zlariga tortish uchun depozitorlar endi ko'proq sarflashni boshlashgan. Yani ular 1000 oltinlik uy uchun 2000 to'lashgan. Kutganidan ko'ra ikki barobar ko'proq pul olgan sotuvchi endi bu pullarni ikki barobar ko'proq narsalar sotib olish uchun ishlatgan. Bu infilyatsiyani yanada oshirgan.

Ko'rganmiz iqtisoddagi uzun xronik zanjirning boshlanishi edi. Bu ancha yillar avval boshlangan va yildan yilga kuchayib bormoqda.

Depozitorlarning qilganlari o'tgan yuz yildan beri dunyoning istalgan burchidagi markaziy banklarning qilayotgan ishlari bilan bir xildir. Ular hai ham zaxiralanmagan pullarni chiqarishda davom etishmoqda. Bu qiymatidan qatiy nazar ko'proq va yanada ko'proq pul topishdan boshqasi haqida o'ylamaydigan kapitalizmning mevasidir. Buning oqibati banklarning yanada boyishi va oddiy odamlarning yanada kambag'alroq bo'lib ketishidir. Banklar ko'proq mulklar sotib olib yanada kattalashsa, oddiy odamlar yanada ko'proq qarzga botishadi.

Iqtisodda zaxiralanmagan pullar juda ko'payib ketsa va infilyatsiya meyordan osha boshlasa, infilyatsiyani biroz tushurish va iqtisodning portlashini biroz uzoqroqqa cho'zish uchun markaziy banklar boshqa bir usulni ishga solishadi:

Ular foiz stavkasini oshrishadi. Shunday qilishganida muomiladagi zaxiralanmagan juda ko'plab qog'oz pullar narsalar sotib olishdan to'xtatilib banklarga depozit sifatida qo'yiladi. Bu depozitlar foiz stavkalari natijasida ko'payib boradi. Pulni ko'paytirishning bu oson yo'li odamlarni narsalar sotib olishdan to'xtatib pullarini banklarga depozit sifatida qo'yishga chorlaydi. Natijada iqtisodda talab kamayib narx pasayadi va infilyatsiya ham sekinlashib pul qadri sal kuchayadi. Bu paytda esa taklifchilar (ishlab chiqaruvchilar) katta talabni qoplash uchun harakat qilib allaqachon juda ko'p maxsulot ishlab chiqarib qo'yishgan bo'ladi. Endi ko'paygan taklif va pasaygan talab natijasida narxning birdaniga tushib ketishi kuzatiladi.

Bu infilyatsiyani mo'tadillashtiradi. Ammo, endi ishlab chiqaruvchilar (taklifchilar) ishlab chiqarishni sekinlatishi yoki umuman to'xtatishi kerak. Ular ishchilarini bo'shatishni boshlashadi. Ko'pab odamlar ishlaridan ayribil bazi kompaniyalar bankrotlikka uchraydi. Bandlik darajasi tushib ishsizlik darajasi oshadi. Ishsiz odamlar ishsizlik bo'yicha sug'urta talab qila boshlashadi. Buni esa sug'urta kompaniyalari umuman xoxlashmaydi. Chunki ular faqatgian pul olishga o'rganishgan, berishga emas. Naijada ular markaziy banklarni ayblashni boshalashadi. Boshqa tarafdan, o'sha yirik sug'urta kompaniyalar aksiyadorlari bo'lgan hukumat azolari va markaziy bank menejerlari pullarini yo'qotishni xoxlashmaydi.

Shu sababli, infilyatsiya biroz mo'tadillashishi bilanoq foiz stavkasi yana pasaytiriladi. Bundan maqsad odamlarni bankka qo'ygan depozitlarini qaytarib olishga va yana tovar va xizmatlarni sotib olishni boshlashga yo'naltirishdir. Buning natijasida talab yana ko'tariladi va kompaniyalar bankrotlikka uchrashi kamayadi. Bu esa ishsizlikning kamayishini taminlaydi.

Foiz stavkasini pasaytirish uchun ular infilyatsiyanig avvalgi foiz stavkasi ko'tarilgandagi darajasiga yetib borishgacha kutib tura olishmaydi. Agar shunday qilinsa bu davlat uchun juda yomon oqibatlarga olib keladi (davomli va juda havfli bo'lgan uzoq iqtisodiy turg'unlikka (stagnation) va immobilizm (qotib qolish, siljimay bir joyda qolib ketish) ga olib keladi).

Shuning uchun foiz stavkalari tushuriladi va natijada yana infilyatsiya ko'tariladi. Ammo, endi bu safar u avvalgi davrdagidan ham yuqoriqoqqa ko'tariladi. Chunki har safar bu jarayon balandroq infilyatsiya darajasidan ko'tarilishni boshlaydi. Buning natijasi infilyatsiya va narxlarning doimiy o'sishidir.

Bu sikl abadiy davom etishi (qaytarilishi) mumkinmi?

Albatta yo'q. Bu jarayon iqtisodning qulashigacha davom etadi.

"Yer har bir insonning ehtiyojlarini qondira oladi, ammo barchaning nafsini qondirishga u ojiz."

Mahatma Gandi