Psixologiya
February 8, 2019

Foreks Orqali Birinchi $100,000ingizni Ishlang!

Foreks savdosida pulli yoki pipsli maqsadlarni qo'yish unchalik yaxshi emas. Sababi, agar siz "Men kuniga foreks orqali $1000 ishlashim shart" deydigan bo'lsangiz hattoki grafikda qulay savdo sharoiti bo'lmasa ham sadvo qilishga o'zingizni majburlagan bo'lasiz. Bazida bir necha kunlab hech qanday pul topishning iloji bo'lmasligi mumkin. Bazida esa bir necha kunlar davomida ketma ket juda ko'p pullar topishingiz ham mumkin. Foreks savdosi va boshqa ko'plab bizneslarda ham huddi shunday.

Grafikda psydo bo'luvchi savdoga qulay paytlar soni sizning harakatlaringiz bilan umuman bog'lanmagan. Bozorni qulay paytlarni ko'proq shakllantirishiga majburlay olmaysiz. Savdo imkoniyatlar shakillanganda qilishingiz kerak bo'lgani ularni aniqlash va qulay paytda bozorga kirishdir.

Shu kabi, "kuniga 50 punkt topishim shart" kabi maqsadlar ham yaxshi emas. Agar kimningdir "men oyiga 800 punkt daromad topaman" deganini eshitsangiz demak uning professional teryder emasligini va aldayotganligini bilishingiz kerak. Foreks savdosida aniq pul yoki punktli maqsadlarni qo'yish mumkin emas. Sababi yuqorida tushuntirganimday. Foreks va fond birjalarida qulay payt kelishini kutishingiz kerak. Bunday paytlarning kelishi sonini oshira olmaysiz. Ular kundan kunga, oydan oyga turlicha bo'lishi mumkin. Hattoki 5 minut yoki 15 minut kabi qisqa taymfreymlar bilan ishlaydigan day treyderlar ham punkt yoki pulli maqsadlarni qo'ya olishmaydi. Qisqa taymfremlarda ishlash xar kunlik doimiy daromad keltiradi deb o'ylashingiz xatodir. Qisqa taymfreymlarda ishlash vaqtni sovurishdan boshqa narsa emas.

Unda yangi treyderlar ham professional treyderlar ham hech qanday maqsad qo'ymasliklari kerakmi?

Biz aniq pulli yoki punktli maqsadlarni qo'ya olmaymiz, ammo oxirgi muddati belgilanmagan maqsadlarni qo'yishimiz mumkin. Masalan, foreks orqali o'zimizning birinchi $100,000 yoki $1,000,000 imizni ishlash tomon harakatlanishimiz mumkin. Ammo bunga qandaydir tugallanish vaqtini belgilab qo'yish (masalan bir yil) jinnilik. Ayniqsa, o'zingizning birinchi $100,000 ingizni ishlashda buning qancha vaqt olishini bilmasangiz.

Birinchi $100,000 ni ishlash maqsadi kabi maqsadlar yaxshi chunki u sizni ishlashda daom etishingizni taminlaydi va ruhiy tushkunliklardan olib qochadi.

Ruhiy tushkunlik yangi treyderlar oldidagi eng yirik to'siqlardan biridir. Ularning ko'pchiligi muvaffaqqiyatsizliklardan keyin bu savdoni tashlab ketishadi. Chunki ruhiy tushkunlik ularga foreks orqali ular pul topa olmasliklarini,ular foreks treyderi bo'la olmasliklarini uqtirishadi. Xudo ularning foreks orqali pul topishlarini xoxlamaydi... , yoki foreksda pul ishlash bu afsona va hech kim buni uddalay olmaydi.

Yangi treyderlar agar hech qanday yaxshi natija olaolishmasalar o'zlarini ruxlantira olishlari kerak. O'zlarini ruhlarining tushib ketishidan asray olishi kerak. Topishingiz kerak bo'lgan pullarni qo'yib turing, boshqa boshqaruvi yo'q bo'lgan faktorlar ustida ishlang. Nima deb o'lashingizdan ko'ra siga berilgan qobilyatlar yaxshiroq. Shunchaki ular ustida ishlang va ularning sizni o'z vaqtida va o'z joyida bo'lishingizni taminlashini amalga oshiring.

O'zingizni quyidagicha sozlang va ishlashda davom eting:

Foreks orqali pul topish mumkin va bu mening qo'limdan keladi. Foreks orqali juda ko'p pul topadigan treyder bo'laman. Qachonligini aniq bilmayman, ammo bu unchalik uzoq emas. Men juda boy bo'laman va yaqin orada moliyaviy ozodlikni his qilaman. Bunga erishish uchun menda hamma narsa bor, va men u yerga tezda yetib boraman. Men eng zo'r treyder bo'laman...

Boshqa narsalarni unutib manashunday o'ylang. Sizning urinishlaringiz va ishtiyoqingiz texda mukofotlanadi.

O'zingizni chalkashliklardan, mag'lubiyatlardan va ortiqcha yuklanishlardan saqlang. Foreksda pul ishlash juda ko'p ishlash yoki kompyuter oldida juda uzoq o'tirishdan kelmaydi. Nima qilishni bilib olganingizdan keyin grafiklarni tekshrib qo'yish uchun sizga kuniga 15 dan 30 minutgacha, balki undan ham kamroq bo'lgan vaqt yetarli bo'ladi. Qulay savdo sharoitlarini bitta qarashdanoq bilib olishingiz, savdoga kirishingiz, stop loss va take profitlarni qo'yishingiz mumkin va shu bilan savdo kuningiz tugallanadi. Eng professional treyderlar huddi manashunday ishlashadi. Professional treyder juda ko'p savdo qiluvchi treyder emas.

Shu yerdan boshlang va o'zingizning birinchi $100,000 ingiz vaqti kelganda kelishiga yo'l bering:

Manabu maqolalar ham ancha yordam berishi mumkin. Bularni tashlab ketmang:

Yaxshi, bu bugungi maslahatlarim edi. Savdo haqida ancha narsani bilsangiz ham bularni jiddiy qabul qiling. Agar doimiy pul topayotgan bo'lsangiz "treydersiz", aks holda haliyam to'g'ri yo'l topishingiz va muammolarni hal qilishingiz kerak bo'ladi. Bir necha yillardan beri tajriba orttirayotgan bo'lishingizdan qatiy nazar. Siz doimiy pul topishni boshlasangizgina "treyder"siz, doimiy savdo qilsangiz emas.

Kecha vadamga ko'ra USD/CHF grafigini analiz qildim. Agar "vadamga ko'ra" deganimda nimani nazarda tutganimni tushunmaga bo'lsangiz unda bir necha kun avval boshlangan tajriba dasturim haqida quyidagi maolalardan o'qib oling:

Bugun oltin grafigini analiz qilmoqchiman. Faqatgina bitta grafikni ko'rib qolganlarini boshqa safarga qoldiramiz.

1-Grafik 

Oltinning kunlik grafigida birinchi qulay payt 2007.07.24 shamchasida paydo bo'lgan. Bu Yulduz Uchishi bo'lib yuqori soyasi unchalik kuchli bo'lmagan va Bollinger Brandning yuqori chegarasi yorib o'tilgan. Avvalgi ikki shamchalar Bollinjer chegarasini nisbatan kuchliroq yorib o'tgan. Yulduz Uchishi keyingi shamcha (2007.07.25) orqali kuchli tasdiqlangan. Biroq, tasdiqlovchi shamchaning negativ ko'rinish hosil qilgan nisbatan uzun pastki soyasi bor.

Agar pastdagi kattaroq ko'rinishga qarasangiz manashu qulay payt tebranuvchi bozor sharoitida qarshilik darajasining ostida paydo bo'lgan. Shu sababli o'sha qulay paytdan oldin sodir bo'lgan bir necha buqalar shamchasini negativ deb hisoblab bo'lmaydi. Chunki bozor tebranayotgandi va buqalar bozori bo'lish kabi kuchli emas edi. Umuman olganda, 85 dan 90 foizgacha savdo uchun qulay paytdir.

Ikkinchi qulay sharoit 2007.08.16 va 2007.08.17 shamchalarida sodir bo'lgan. Bu Bollinger Bands deyarli gorizontal holatda (bu yaxshi) bo'lganida sodir bo'lgan. Shamchalarning Bollinger pastki chegarasini buzib o'tishi yaxshi. Yagona negativ tarafi esa 2007.08.17 shamchasining yuqori soyasi va kichik tanasidir. Aks holda bu 100 foizli savdoga qulay payt hisoblanar edi. Bunga 90% bermoqchiman.