Psixologiya
February 8, 2019

Nafsingizni Chegaralang va Ikki Yildan Keyin Oyiga $53,000 Toping

Maqolamizning sarlavhasi huddi internetda juda ko'p tarqalgan yolg'onchi "scam" websaytlar beradigan vadalarga o'xshaydi. Ammo, iltimos meni noto'g'ri tushunmang. Men sizlarni o'shanday dasturlardan yana biriga yo'naltirmoqchimasman. Men sizlar bilan foreks treyderlarining qulashiga sabab bo'luvchi eng muhim sabablardan biri haqida gaplashmoqchiman va uni yengishning bir yaxshi yo'lini ko'rsatmoqchiman.

Qanchadan beri foreksda savdo qilayotganligingizni bilmayman. Balki siz foreks orqali kun ko'rayotgan yoki hech bo'lmasa u orqali ancha mumncha xarajatlarini qoplayotgan treyderlardan biridirsiz. Balki hozirgacha ko'rinarli bir muvaffaqqiyatga erishmagandirsiz. Kopchilik odamlar foreksni o'rganishga ko'plab yillarini sarflab yuborishgan va haliham muvaffaqqiyatga erishishmagan. Ular ko'plab savdo tizimlar va strategiyalarni sinab ko'rishgan va haliham yutqazishmoqda. Ular haliham o'zlarini yaxshi tizim topa olishmagan deb hisoblashadi. Ammo, bu noto'g'ri. Ularda bir qanchalb juda yaxshi tizimlar bo'lgan, ammo ular o'sha tizimlarni o'zlari uchun ishlata olishmagan. Ular daromad oluvchi treyder bilishi kerak bo'lganidan ko'ra ko'proq narsani bilishadi. Ammo, ular haliham o'qib o'rganishadi va o'zlarini haliham yetarlicha bilimli hisoblashmaydi.

Ular yiqilishining eng muhim sababi NAFSdir. Ular nafslari sababli hali ham daromad oluvchi treyderga aylanishmagan. Chunki ular o'zlarining nafslari kuchli ekanligini hatto bilishmaydi ham. Nafs ularni boshqaradi va meyordan ortiqcha savdo qilishga majburlaydi va natijada ular noto'g'ri pozitsiyalar ocha boshlashadi. Ammo, ular buni bilishmaydi. Nafs bu hammada bo'ladigan oddiy hissiyotdir. Agar, hozirgacha o'zingizni nafsimni boshqara olaman va nafsim kuchli emas deb o'ylasangiz unda foreksda savdo qilib ko'ring va qanchalik nafsingiz bor ekanligiga o'zingiz guvoh bo'lasiz. Bu meyoriy hoalt. Hamma kam ishlab ko'proq daromad topishni xoxlaydi. Hamma ham eng qisqa muddatlar ichida multi millioner yoki multi milliarder bo'lishni xoxlashadi. Ammo, muammo shundaki manashu kuchli xoxish sizni nafaqat boy bo'lishdan, va hattoki har oyda doimiy o'zgarmas kichik daromad oluvchi foreks treyderi bo'lishdan ham yiroqlashtiradi.

Muammo shundaki, bazida biz nafs nima ekanligini, uning qanday ishlashini bilmaymiz. Agar meyordan ortiqcha savdo qilsangiz; agar kuchli va o'tkir savdo imkoniyati bo'lmaganda ham pozitsiya ochsangiz; agar imkoniyatni o'tkazib yuborganingizda navbatdagisini kutish o'rniga juda kechikib pozitsiya ochsangiz; agar o'zingizni har kuni pozitsiya ochishga majburlasangiz va savdo imkoniyati topa olmagan kuningiz jaxlingiz chiqsa yoki kayfiyatingiz yaxshi bo'lmasa (o'zingizni huddi pul ishlamayotganday his qilsangiz), o'zingizni aybdor va noqulay his etsangiz; agar savdo hisobingizni eng qisqa muddatlar ichida ikkimarta yoki uch martaga oshirmoqchi bo'lsangiz; agar yaxshi savdo imkoniyatini o'tkazib yuborganingizda jaxlingiz chiqsa; agar juda ko'p pulingizni xatarga qo'yib 2-4% dan ortiq pulingiz bilan savdoga kirsangiz; agar pozitsiyani noto'g'ri enkanligini bilishingiz bilanoq yopmasangiz; agar har kuni iloji boricha ko'proq savdo imkoniyatiga ega bo'lish uchun ko'proq tizimlardan foydalansangiz; agar hali ham elekton kitoblardan va maqolalardan harkuni o'qib ularda ko'rsatilganlarni sinab ko'rayotgan bo'lsangiz va hali ham o'rganganlaringizdan ko'nglingiz to'lmayotgan bo'lsa; agar ko'proq savdo imkoniyatlariga ega bo'lish maqsadida kichik taymfremlarda savdo qilsangiz; agar savdoda o'zingiz uchun juda katta punktli nishonni maqsad qilsangiz va narx ungacha bormaganida xafa bo'lsangiz ... UNDA siz nafsingizni boshqara olmayapsiz.

Sizni ochko'z demoqchi emasman. Sizni nafsingizni boshqara olmayotganligingizni ko'rsatmoqchiman. Chunki hamma ham ochko'z va hammada ham nafs mavjud. Yagona farq shundaki bazi insonlar o'z nafslarini boshqara olishadi va bazilar buni uddalay olishmaydi.

Keling endi sizlarga bir narsani ko'rsatay va keyin esa qanday qilib nafsni boshqarish kerakligini va daromad oluvchi foreks treyderiga aylanishni aytib o'taman. Nega aynan nafs haqida yozishimga sababni bilmoqchi bo'lsangiz quyidagi abzasni o'qing.

O'tgan jumada bir qancha juftliklarda kunlik shamchalar juda kuchli sell signali bilan yopildi. Ularning orasidagi eng kuchli signal NZDUSD da edi. Ammo, afsuski bozor yakshanba kuni kechqurun juma kuni signal bergan barcha juftliklarda katta "gap" bialn ochildi. Odatda, bozor gap bilan ochilganida narx avvalgi haftada ochilgan treyderlaring pozitsiyalar sababli gap yo'nalishiga qarshi harakatlanib bo'shliqni to'ldiradi. Negaki bozor gap bilan ochilganda treyderlar katta foydada ekanliklarini ko'rishadi va pozitsiyalarini yopib foydalarini olishga tushishadi. Natijada narx gap yo'nalishiga qarshi yo'nalishda harakatlanib gap hosil qilgan bo'shliqni to'ldiradi. Ammo, o'tgan kecha bunday bo'lmadi va narx pasayishda davom etdi. Men bunday holatlarni shunchaki omadning kelmaganligi deb atayman va u haqida unutib navbatdagi savdo imkoniyatini kutishga o'taman. Agar kech qolsam hech qachon bozorga kirmayman. Agar o'z vaqtida bo'lsam va kirishim kerak bo'lgan paydta kompyuterim oldida bo'lsamgina pozitsiya ochaman, aks holda savdo imkoniyatini rad etaman. Bu treyder ega bo'lishi kerak bo'lgan intizomning juda muhim bir qismidir. Nafsimiz bozorga kirishga juda kech bo'lgan bo'lsa ham bizni pozitsiya ochishga undaydi. Juda yaxshi savdo imkoniyati sizisz burningizning ostidan o'tib ketishi juda yomon albatta. Ammo, bu ham o'yinning bir qismida. Biz bozordagi hamma harakatlarni tutib ola olamaymiz.

Qaysidir forumda bir treyderning xato bo'lishdan ko'ra kech bo'lishni avzal ko'rishini o'qigandim. Biroq, menimcha kech bozorga kirish huddi xato bo'lish kabi xavfli deb o'ylayman. Shuning uchun men noto'g'ri va kechikkan bo'lishdan ko'ra to'g'ri va o'z vaqtida bo'lishni maqul ko'raman.

Balkim, ko'pchiligingiz foreksda bir necha oylardan beri, balkim yillardan beri harakat qilayotgan va afsuski hali ham doimiy daromad ola olmayotgandirsizlar. Ora orada foydali bitimlar tuzib turasiz va foydangizning barini bir qancha zararli bitimlar bialn yo'qotyotgandirsiz. Endi sizlarga million dollarlik sirni ochmoqchiman. Buning vaqti keldi menimcha.

Qachonki nafsingizni boshqara olsangizgina doimiy daromad oluvchi treyderga aylanasiz. Bir qancha uncha yaxshi va ishonchli ko'rinmaydigan yoki kechikkan yoki unchalik kuchli bo'lmagan pozitsiya va signallarni rad etishingiz kerak. Agar xotirangizni qaytadan ko'rib chiqsangiz ko'pchilik zararliu pozitsiyalar sizning kuchli signalni olmaganligingiz, yoki kuchli signalni olishga kechikkanligingiz, yoki o'zingizni bozorga kirib ozroq foyda bilan bo'lsa ham chiqib ketishga majburlaganligingiz sababli ekanligini ko'rasiz. Ammo, bozorga kirishingiz bilanoq ular sizga qarshi harakatlana boshlagan. Balkim, narx yo'nalishini o'zgartirish uchun sizning bozorga kirishingizni kutib o'tirgandir. Bazida huddi pozitsiya sizning bozorga kirishingizni kutib turganidek sell yoki buy tugmangizni bosishingiz bilanoq narx yo'nalishini o'zgartiradi. Buning sababi sizning kechikkanligingiz yoki kuchsiz signalni tanlaganligingizdir.

Bozorga kech kirish yoki kuchsiz signal orqali kirish nafsdan boshqa narsa emas. Ishlashingiz mumkin bo'lgan daromadni inkor qilaolmaysiz. Natijada bozorga kirasiz. Savdoga kelganda hamma ochko'z bo'lib qoladi. Iltimos, meni noto'g'ri tushunmang. Sizni tanqid qilmoqchimasman. Bu normal holat. Hamma kam ishlab ko'p pul topishni yoqtiradi. Men ham avval hech qachon ochko'zligimni tasavvur ham qila olmaganman. Ammo, savdo qilishni boshlaganimdan keyin esa nafsimning qanchalik kuchli ekanligiga guvoh bo'lganman. Avval boshida buni anglash ancha qiyin. Uning borligini ham bilmaysiz. U sizni boshqaradi va majburaydi, ammo buni sezmaysiz ham. Uning mavjudligi hatto hayolingizga ham kelmaydi. Uni bilsangiz va boshqara olsangizgina foreksdan daromad olishingiz mumkin.

Yechim Qanday?

Nafsning yana bir jihati u sizning atrofingizni o'rab olib katta planda ko'rishingizga yo'l qo'ymaydi. Boy bo'lish uchun $100,000 lik hisob kerak va har oyda uni ikki barobarga oshirishim kerak dey o'ylaysiz. Ammo, bunday pulga ega bo'lmaganligingiz sababli o'sha darajaga yetish uchun $5000 lik hisobingizni har haftada ikkimarta yoki uch marta ko'paytirishga harakat qilasiz va natijada har oyda boringizdan ayrilasiz. Bu huddi o'sha nafsingiz sizni o'tirib hisob kitob qilishdan, har oyda kichik foyda bilan qanoatlansangiz va sabr qilsangiz qisqa vaqtda boy bo'lish uchun qanday miqdordagi hisob ochishingiz kerakligini hisoblashdan sizni uzoqlashtirmoqda. Men buni siz uchun qilganman. Kelajagingizni ko'rishingiz uchun kichkina bir exel fayl yaratganman. Uni mana bu yerdan tuklab olishingiz mumkin. Uni $1000 lik Foreks Reja deb nomladim. Yuklab oling->

$1000lik Foreks-Plan

Boshlang'ich hisob miqdori katakchasiga ochisihngiz mumkin bo'lgan hisobingiz miqdorini kiriting. Misol sifatida $1000 kiritganman. "Oylik daromad" katakchasida 25 ni kiritganman, yani bu oyiga 25% daromadni bildiradi. Agar 24 oy davomida hisobingizdan umuman pul yechib olmasangiz o'sha hisobingiz $211,758.24 ga ko'tariladi va o'shanda siz har oyda $52,939.56 dan daromad ko'radigan bo'lasiz. Bu 24 oy yoki shunchaki ikki yildan keyin bo'lishi kerak bo'lgan holat.

$1000lik Foreks Plan

Ishonish juda qiyin, to'g'rimi? Ammo, bu haqiqat. $1000 lik hisobning shunday katta boylikka aylanib ketishini tasavvur qilish qiyin. Shunga etibor beringki, bunday katta natijaga erishish uchun hisobingizni har oyda uchmartalab oshirishingiz shart emas. Shunchaki oyiga 25% ga oshiring. Shuning o'zi yetarli va buni qilish juda ham mumkin.

Endi buni turli miqdordagi boshlang'ich hisoblar va turli foizdagi oylik daromadlar bilan tekshirib ko'ring. Agar $2000 lik hisob bilan boshlasangiz va oyiga 25% daromad qilsangiz ikki yildan keyin oylik daromadingiz $105,879.12 ni tashkil etadi. Oddiy matematika. O'zingiz sinab ko'ring.

$1000 lik Foreks Rejasining nafsni boshqarishga nima aloqasi bor?

Agar $1000 lik hisob va oylik 25%gina daromad bilan qancha pul topishingiz mumkinligini ko'rganingizdan so'ng end meyordan ortiq savdo qilishni yig'ishtirasiz. Hisobingizni har oyda uch martalab ko'paytirish haqida unutasiz, kuchsiz va yaxswhimas signallar bo'yicha savdoga kirmaysiz, bir vaqtning o'zida xarxilcha savdo tizimlaridan foydalanmaysiz, juda ko'p pulingizni xatarga qo'ymaysiz, .... va hisobingizni ko'kka sovurmaysiz va daromad oluvchi treyderga aylanasiz. Shoshilishning keragi yo'q ekanligini anglab yetasiz. Yetarlicha vaqtingiz bor. Eng zo'r savdo imkoniyatlarini kuta olasiz. Bozordagi savdo imkoniyatlarining hammasidan foydalanmaysiz. Faqatgina eng kuchlilarinigina tanlab olasiz. Nafs manashunday boshqariladi. To'g'rimi?

Men yuqorida shunchaki kichik oylik daromad qanday qilib shunday katta boylikka aylanib ketishi mumkinligini misol qildim. Bunga erishish uchun hattoki oyiga 25% daromad qilishingizning ham keragi yo'q (bazi teyderlar uchun 25% juda katta tuyulishi mumkin). Qanday ajoyib imkoniyatlaringiz borligini yuqoridagi Exel kalkulyatorda hisoblab ko'ring. Masalan,$50,000 bilan boshlasangiz va oyiga faqatgina 5% daromad qilsangiz ham (bu 25% qilishdan ko'ra anchagina oson) ikki yildan keyin hisobingiz $161,255.00 ga ko'tariladi va oylik daromadingiz esa $8,062.75 (albatta pulingizni yechib olmasangiz) ni tashkil etadi. Bu degani g'arbda ham anchagina katta hisoblanuvchi $96,753 yillik daromad degani. Bundan tashqari agar oylik daromadingizni yechib olmasdan qoldirsangiz unda hisobingiz va oylik daromadingiz mos ravishda yana ko'proq o'sishada davom etaveradi.

Bu yerda aytmoqchi bo'layotganim, foreksda kichik bo'lsa ham doimiy oylik daromad biroz vaqtdan keyin ulkan boylikka aylanishi mumkin. Agar nafsingizga quloq solsangiz pul yo'qotishdan boshqasini ko'rmaysiz.

Endi bu haqida o'ylab ko'ring va qaror qabul qiling :)

Exel kalkulyatordagi 3, 4 va 5 yildan keyingi oylik daromadga keladiga bo'lsak, tan olish kerakki 652 million dlollarlik hisob va 163 million dollarlik oylik daromad bazi sabablarga ko'ra bo'lishi mumkin emas. Ularni shunchaki sizga kichik oylik daromad yig'ilib qanday ulkan hisobga aylanib ketishi mumkin ekanligini ko'rsatish uchun qo'yganman. Foreks orqali oylik $8000 lik natijaga erishsak ham bu juda ZO'R.