Psixologiya
February 8, 2019

Professional To'liq Stavkali Foreks Treyderi Bo’lish

Bazilar ishi va daromadlari bo’lishiga qaramasdan Foreksni o’rganishni va savdo qilishni boshlashadi. Ular yanada yaxshiroq hayot kechirish uchun qo’shimcha daromad yaratishni xoxlashadi. Boshqalaring esa ishlari va daromadlari yo’q hamda foreks savdosini full time job (to'liq stavkali ish) qilishni va u orqali daromadga ega bo’lishni rejalashtirishadi.

Birinchi guruh agar foreksdan daromad qilishda muvvaffaqqiyatga erishishsa keyinchalik ishlaridan voz kechib full time treyder bo’lib ketishadi. Chunki ular uchun foreksda daromad qilish endi judayam oson mashg’ulotga aylanib qoladi. Foreksni avvalgi ishlari bilan solishtirib ko’rishib qanchalik osonligiga guvoh bo’lishadi. Ikkinchi guruh ham agar foyda oluvchi treyder bo’lishag erisha olishsa oxiri full time treyder bo’lib ketishadi.

95% treyderlar mag’lubiyatga uchrab foyda oluvchi treyder bo’lishdan voz kechib ketishi haida eshitgandirsiz. Bu rost, ammo bu unchalik xayajonli yoki noodatiy (balki juda ham havfli) bo’lib ko’rinishi mumkin. Ammo, boshqa bizneslar statistikasiga qarasak bu bilan deyarli bir xil natijani ko’rishimiz mumkin. Butun dunyo statistikalariga qaraganda 95% kichik bizneslar bankrotlikka uchrashadi.

95% treyderlarning yutqazishi sizni foreksni o’rganishdan qaytara olmaydi. Chunki boshqa barcha bizneslarda ham mag’lubiyatga uchrash ehtimolligi yuqori va foreksda mag’lub bo’laman deb o’ylagan taqdiringizda unda boshqa oddiy hech qanday biznesda muvaffaqqqiyatga erisha olmasligingiz mumkin. Bu foreksdan uzoqroq yurishingizga sababchi bo’la olmaydi. Agar shunday qilsangiz ham, unda boshqa harqaqnday biznesdan ham uzoqroq yurishingiz kerak.

Foreksda savdo qilish sizning daromad manbaingiz bormi yo’qmi baribir; Talim olganmisiz yoki yo’qmi baribir; Hozirgi kunda boymisiz yoki unchalik pulingiz yo’qmi baribir juda ajoyib imkoniyatdir. Foreksni tekinga o’rganishingiz va daromad topishingiz mumkin.

Foreksda pul ishlashga erishishinggiz bilan kuniga kompyuteringiz oldida bir qancha minutlaringizni sarflab, manashu birqancha minutlaringizda anchagina pul ishlab ko’rganingizdan keyin shunday xulosaga kelasiz: Foreks treyderi bo’lishni tanlab juda to’g’ri ish qilgan ekanman! Agar to’g’ri yo’lni tanlab “doimiy foyda oluvchi foreks treyderi” bo’lganingizdan keyin foreks savdosi insoniyat yaratgan eng buyuk kashfiyot ekanligiga amin bo’lasiz:

1. Ishlashingiz mumkin bo’lgan pulning deyarli chegarasi yo’q. Hisobingizga tushadigan oylik daromadingizni oydan oyga ko’paytirib boraverishingiz mumkin.

Buni boshqa bizneslar bilan solishtirib ko’ring. Restaran ochishingiz va juda katta daromad topishingiz mumkin. Ammo, restaran yoki boshqa bir shu kabi biznesdan keladigan daromad malum chegaradan uyog’iga o’tolmaydi. 12ta stolli restaran malum chegaradagi summagacha daromad keltirishi mumkin, agar judayam mijozlarga boy bo’lsa albatta. Agar undan keladigan daromadingizni ikki barobarga oshrishni xoxlasangiz restaran o’lchamini ham ikki barobarga orttirishingizga to’g’ri keladi. Bu esa arzon ham emas, bundan tashqari oson ham emas.

Foreksdachi? Kichikroq hisob ochishingiz, doimiy va sabr bilan ko’paytirishingiz natijasida daromadingiz har oyda oshib boradi. Foreksda umuman chegara yo’q demoqchi emasman. Bu yerda ham chegara mavjuda ammo u chegaraga yetib olishingiz unchalik oson kechmaydi.

2. Foreksda savdo boshlashingiz uchun juda ko’p pulga ega bo’lishingiz shart emas. Haqiyqiy hisobda savdoni boshlashga tayyor bo’lishingiz bilan 1000 yoki 2000 dollar miqdordagi mablag’ orqali hisob ochin uni sezilarli darajada ko’paytirishingiz mumkin. Bazilar foreksda professional savdo boshlashingiz uchun eng kamida 500,000 dollar mablag’ga ega bo’lish kerak deb o’ylashadi.

Ammo bu unchalik ham to’g’ri emas. Manabu maqolani o’qing: A Great Money Management Strategy We Have Been Following For Years

Endi boshqa bizneslar bilan solishtirib ko’ring. Kichikroq biznesni boshlashingiz uchun joy sotib olishingiz yoki ijaraga olishingiz kerak. Bu esa ancha mablag’ talab etadi. Joy ijaraga olishingiz uchun odatda bir necha oyning ichara haqqini oldindan to’lashingiz kerak bo’ladi. Foyda qilasizmi yo’qmi baribir ijara haqqini har oyda to’lab borishiingiz kerak. Agar biznesingizni to’xtatib turmoqchi bo’lsangiz shundayam baribir ijara haqqini to’lashingiz kerak. Boshqa joyga ko’chib ketmasangiz ijarani boshqa usulda hal qila olmaysiz. Bunda tashqari yana qancha boshqa narsalarga ham xarajat qilishingiz kerak bo’ladi.Xizmatlar, farroshlar, jihozlar, sug’urta, mebellar, dekoratsiya, marketing, trensport, reklama, gaz, suv va hk… .

Biznesingiz o’lchamiga qarab ishchilar yollashingiz kerak. Mijozlar va haridorlar bilan muomila qilishingiz kerak. Biznesingizni yurgizvorishga bir necha kunlar, haftalar yoki hatto oylar sarflashingiz va uni yurgazish uchun har kuni eng kamida 8 soat uning ustida ishlashingiz kerak bo’ladi. Hali daromad qilasizmi yo’qmi buni oldindan bilmasdan turib manashu ishalarning barini bajarishingiz kerak bo’ladi.

Shuncha vaqt va mablag’ sarflagan biznesingiz ishlamasa, hech qanday daromad keltirmasachi? Unda shuncha mehnatingiz va pulingiz havoga sovurilgan bo’ladi. Aytganimdek, kichik bizneslarning 95% i muvaffaqqiyatsizlikka uchraydi. O’zingizga yaqik mahalliy savdo markaziga boring va biznes qilayotganlar bilan bir gaplashib ko’ring. Ularning qanchasi daromad topishayaptikan? Ularning ko’pchiligi har kuni yashab qolish uchun kurashishadi, ko’plab pullarini yo’qotishadi va nihoyat bir kun baribir bankrot bo’lishadi.

Foreks savdoingizni 1000 yoki 2000 dollar bilan ham boshlashingiz va bir oz vaqtdan keyin juda ko’p daromad olishingiz mumkin (albatta, agar to’g’ri bo’lgan yo’ldan yursangiz). Bunday natijani esa men bilgan hechqanday biznesda amalga oshirib bo’lmaydi.

3. Full time foreks treyder bo’lishingiz sizni kuni bilan foreksda o’tirib ishlashingizni bildirmaydi. Men va do’stlarim grafiklar ustida kuniga bir necha minutgina sarflaymiz xolos. Harkuni kompyuter oldida bir necha soatlar sarflaydigan day treyderlarga javob bermayman. Ular noto’g’ri qilishadi. Balkim, bazi odamlar o’zlarini qiynashni yoqtirishar. Ammo, foreksdan sezilarli daromad topishingiz uchun kuniga kompyuter oldida soatlab vaqt sarflashingiz shart emas. Aslida, haligacha foreksdan doimiy daromad oladigan birorta ham day treyderni ko’rmadim.

Judayan ko’p foreks, fond, opshns va fyuchers savdosi bilan shug’ullanadigan do’stlarim bor. Ularning bari grafiklarni tekshirib ko’rish uchun kuniga bir necha minutlarini sarflashadi. Shuning uchun foreksni “few minutes per day business” (kuniga bir necha minutli biznes) deb atashadi. Albatta, uni o’rganishingiz davomida boshlanishida kuniga bir necha soatlab sarflashingiz mumkin (o’qish va o’rganish uchun). Ammo, haqiyqiy savdo qilish darajasiga yetib kelib professional treyder bo’lganingidan keyin kuniga faqatgina bir necha minut sarflaydigan bo’lasiz. Biz manashunday qilamiz.

Professional Full Time Treyder Bo’lish Nima Talab Qiladi?

Shunchaki o’qishingiz va o’rganishingiz kerak. Buni qilish shunchalik qiyin deb o’ylaysizmi? Agar shunday deb o’ylasangiz qattiq adashasiz. Buni qilish bir necha hafta yoki oy (kuniga sarflaydigan vaqtingizga bog’liq ravishda) dan ko’p vaqt talab qilmaydi. O’rganishga yillab vaqt sarflagan va haliyam hech qanday daromad olaolishmayotgan odamlarni bilaman. Ular aniq noto’g’ri yo’nalishdan ketishmqda.

Foreks haqida bugun eshitdingizmi, yoki unda bir necha yillardan beri shlab foyda ko’rolmayapsizmi farqi yo’q. Shunchaki quyidagi maqolani o’qib chiqing va foreksda daromad qilishingiz uchun kerakli hamma narsani tekinga o’rganing: Are You Still Looking for the Forex Holy Grail?

Maqolada aytilgan yo’nalishda haqiyqiy savdo qilish darajasigacha yetib borishingiz bilan kichikroq hisob ochib uni asta sekinlik bilan doimiy ravishda ko’paytirib borishingiz va yirik kapitalga aylantirishingiz mumkin.

Endi sizga foreksdagi savdo risk(xavf)ini NOLga tushirishni o’rgataman:

Haqiyqiy hisob ochishga tayyor bo’lishingiz bilan kichikroq summadagi 1000 yoki 2000 dollarlik hisob oching va unda ishlab ikki barobarga oshiring. Keyin hisobning yarmini yechib oling va savdoni davom ettiring. Manashunday qilib endi faqat foydangiz orqali savdo qiladigan bo’lasiz va qattiq ishlab topgan pulingizni xatarga qo’ymayotgan bo’lasiz.

Shunday qilib sizning foreks savdo biznesingiz tekinga va hech qanday xatarlarsiz boshlangan bo’ladi.

Ana endi esa Professional Full Time Foreks Treyder Bo’lish Qanday? degan savolga javob berish vaqti keldi.

Siz foreks treyderi bo’lishni tanladingiz. O’qidingiz, o’rgandingiz, tajriba qildingiz va nihoyat yuqorida tasvirlaganimizdek professional va full time foreks treyderga aylandingiz. Bunga erishishning balik boshqa yo’llari ham mavjuddir, ammo menimcha mening yo’lim eng yaxshi va eng osoni deb o’ylayman. Chunki u tekin, juda oson, imkon qadar kam vaqt talab qiladi va xavf xatardan holi. Shuning uchun mening yo’limdan boring va oxirida professional full time foreks treyderi bo’lib yetishasiz. Professional full time foreks treyderi bo’lish qnaday?

Bu juda zo’r, chunki …

1. Chegarasiz daromadli ajoyib biznesni tekinga ishga turshirdingiz. O’rganishgagina biroz vaqt sarfladingiz va uni ishga tushurdingiz.

2. Hech qanday kredit, ijara, xarajatlar, … va hk.larni to’lshingiz keragi yo’q

3. Reklama va marketing bilan boshingizni og’ritib o’tirmaysiz.

4. Ishchilar, mijozlar va xaridorlarning ko’ngilag qarab yurmaysiz.

5. Har kuni ishga borish va qaytib kelish uchun vaqt ham pul ham asab ham sarflamaysiz.

6. Har kuni biznesingizni yurg’azish uchun bir necha soatlar sarflashingiz shart emas.

7. Sizning biznesingiz endi noutbukingiz (yoki telefoningiz) ichida va uni o’zingiz bilan birga istalgan yerga olib borishingiz mumkin.

8. Bir kunda faqatgina grafiklarni tekshirib qo’yish va savdo signallari bo’lsa bozorga kirish uchun bir necha minut sarflaysiz xolos.

9. Dam olish kunlari bo’shsiz.

10. Juda ko’p pul topasiz.

11. Agar hisobingizni ko’paytirib boraversangiz va undan barcha foydangizni yechib olmasangiz oylik topadigan daromadingiz oydan oyga oshib boraveradi.

Shunday biznesga ega bo’lsangiz qanday bo’lardi?

Juda zo’r bo’lardi. Bunday biznesga ega bo’lish hammaning orzusi. Siz anashunday biznesni va moliyaviy erkinlikni orzu qiluvchi ammo haliyam unga qarab qadm tashlamayotganlardan hech bo’lmaganda bir qadam oldindasiz. Ustingizda ishlashda davom eting. U yerga deyarli yetib qoldingiz :)