Foreks
February 8, 2019

Shamchalar Savdosi – Yapon Shamchalari Tili

Shamchalar bu bizning foreks va fond bozori texnik analizlarida ishalatadigan eng muhim qurollarimizdan biri. Shamchalar beradigan axborot juda aniq va eng zo’ri hisoblanadi. Agar porfessional foreks treyderi bo’lishni xoxlasangiz unda shamchalar siznallarini o’rganishingizni kuchli maslahat beraman. Biz quyidagicha savdo qilamiz. Shamcha shablonlari beradigan signallarning eng kuchlilarining Bollinger Band chegaralarini yorib o’tishida savdoga kiramiz. Bizning savdo tizimimizni o’rganishingiz uchun avval shamchalar signallari va shablonlarini o’rganishingiz kerak bo’ladi. Shamchalar bo’limida bir qancha maqolalar chiqarganmiz, ularni albatta o’qib chiqing.

Yapon Shamchalri Nima?

Shamchalar dunyodagi eng qadimgi texnik analizning shaklidir. Yapon shamchalari yapon savdogari – Sakata tomonidan 17 – asrda o’ylab topilgan. U o’n yillarcha umrini obixavoning, sotuvchi va oluvchilar psixalogiyasining, va boshqa turlicha sharoitlarning guruch narxiga bo’lgan tasirini o’rganib sarflab yuborgan. Undan keyin esa u 100ta muvaffaqqiyatli savdo operatsiyalarini amalga oshirib badavlat qariya bo’lib istefoga chiqib ketgan. Keyin esa texnik analiz haqida ikkita kitob ham yozgan.

Shamchalar bozor psixalogiyasinig ko’rsatkichi – indikatoridir. Bu shamchalar haqida bilishingiz kerak bo’lgan birinchi va eng muhim malumotdir. Narx volatilligi (beqarorligi, o’ynashi, o’zgarishga moyilligi) sotuvchilar (Ayiqlar) va sotib oluvchilar (Buqalar) o’rtasidagi munosabatdan boshqa narsa emas.

Sotib olishga ko’proq moyillik bo’lsa unda narx ko’tariladi, va aksincha.

Shamchalar sotib oluvchilar va sotuvchilarning hissiyotlarini (qo’rquv va nafs) o’zlarida aks ettiradi. Shamchalarning o’rganish juda oson bo’lgan o’z tili bor. Agar uni o’rganib olsangiz ularning siz bilan gaplashayotganligiga va narxning keyingi harakatini aytayotganiga o’zingiz guvoh bo’lasiz.

Shamchalar bizning yagona real vaqt indikatorimizdir. Agar ularni boshqa indikatorlar bilan, masalan Bollinger Bands bilan birgalikda ishlatsak bunda eng zo’r savdo quroliga ega bo’lamiz. Qolgan barcha Stochastic, MACD, RSI va … kabi indikatorlarning bari juda ko’plab yolg’on signallar beradi. Shamchalardan voz kechib manashunday indikatorlar orqali savdo qilishni huddi ko’zni yumib, yoningizdagi odamning ko’rsatmalari bo’yicha mashina haydashga qiyoslasak bo’ladi. Uning sizga yo’nalishni “O’z vaqtida” bera olmasligi aniq. Natijada sizning harakatlaringiz ham o’z vaqtida bo’lmaydi va qanchadir miqdorda kechikasiz. Bu esa o’ta havflidir.

Shamchalar asosida savdo qilish va unga bog’liq texnik analiz 1985 – yilda g’arb davlatlarigsa kirib keldi va juda mashxur bo’lib ketti.

Shamcha bu oddiy to’rtburchak bo’lib malum vaqt asosida 4 turdagi axborotni o’zida to’playdi. Kunlik asosda – taym freymda bitta shamcha 24 soat davomida paydo bo’ladi. 5 minutlik taym freymda esa bitta shamcha 5 minut davomida paydo bo’ladi, va hkz.

Xar bir shamcha 4 ta raqamni aks ettiradi:

  1. Ochilish narxi
  2. Yopilish narxi
  3. Eng yuqori narx
  4. Eng pastki narx

Shunday qilib, bir soatlik taym freymda narx 1.9825 bo’lganida shamcha paydo bo’lishni boshladi deylik. Bu ochilish narxi. Narx bir soat davomida u yoqdan bu yoqqa harakatlanib oxiri bir soat tugaganda 2.0080 da edi. Bu esa shamchaning yopilish narxi.

Agar yopilish narxi ochilishdan baland bo’lsa unda shamchani Buqalar shamchasi deb ataymiz. Bu manashu shamcha shakillanishi davomida narx ko’tarildi degani. Agar yopilish narxi ochilish narxidan pastda bo’lsa unda uni Ayiqlar shamchasi deymiz. Bu manashu shamcha sakllanishi davomida narxning tushganligini ko’rsatadi.

Eng yuqori narx shu davrdagi maksimum narxni, eng pastki narx esa minimum narxni ko’rsatadi.

EURUSD kunlik grafigi

Shamchaning paydo bo’lishi vaqtida uning rangi va o’lchami bir necha marta o’zgarishi mumkin. Siz esa uning to’liq shakillanib bo’lishini kutishingiz kerak. Keyin shamcha signalini o’qiysiz, analiz qilasiz va qaror qabul qilasiz.

Shamchaning ikkita asosiy qisimlari bor: 1. Tanasi va 2. Soyalari

11/09/2016 AQSH saylovlari natijasida narxning o'zgarishi.

Bozor Psixalogiyasi

Shamchalar savdosi – bu bozor psixalogiyasini shamchalarning shakli, o’lchami va rangi orqali bilib olishni bildiradi. Shamchalar bozor psixalogiyasi indikatorlari – ko’rsatkichlaridir. Ular bozorda sotishdan ko’ra ko’proq sotib olish borligidan yoki nafsdan ko’ra ko’proq qo’rquv borligidan xabar berishadi va aksincha. Manashu axborotlardan foydalangan holda bozorning keyingi harakatlarini bashorat qilishingiz mumkin.

Shamchalarning Xar-xil Shakillari

Narxlar o’zbarib turgani sababli shamchalar ham turli xil shakllar hosil qilishi mumkin. Masalan, ochilish va yopilish narxlar bir xil bo’lib qolishi mumkin. Yoki eng yuqori narx eng pastki narx bilan bir xil bo’lib qolishi ham mumkin.

Keling shamchalarning necha xil shakllar xosil qilishini ko’rib chiqamiz:

1.Oddiy Shamchalar

To’rttala narxlarning barchasi bir biridan farqlanadi. Oddiy shamcha buqalar yoki ayiqlar shamchasi bo’lishi mumkin.

Oddiy shamchalar.

2.Marubozu

Marubozu bu tuksiz degani. Soyasi yo’q bo’lgan shamchalar Marubozu deb ataladi.

Marubozu shamchasi.

Marubozu Nimani Bildiradi?

Buqalar Marubozusida ochilish narxi eng past narx bilan yopilish narxi esa eng yuqori narx bilan bir xildir. Buqalar Marubozusi buqalarning juda ham kuchli ekanligini va ayiqlarga narxni biroz bo’lsa ham pasaytirishga yo’l bermayotganligini va bozorda juda ko’pchilik sotib olayotganligini bildiradi. Shamcha qancha uzun bo’lsa Buqalar shuncha kuchli.

Ayiqlar Marubozusida esa ochilish narxi eng bland narx bilan yopilish esa eng past narx bilan bir xil bo’ladi. Bu shamcha ayiqlarning kuchliroq ekanligidan va bozorda juda ko’pchilik sotayotganligidan darak beradi.

Umuman olganda bu nimani bildiradi?

1.Buqalar Marubozusini ko’rganingizda qisqa pozitsiyaga kirmasligingiz kerak, chunki Buqalar bu paytda juda kuchli bo’lishadi va narx yana ko’tarilishi mumkin.

2.Ayiqlar Marubozusini ko’rganingizda esa uzoq pozitsiyaga kirmasligingiz kerak.

3.Pasayuvchi tend oxirida Buqalr Marubozusini ko’rsangiz bu qaytish signali hisoblanadi. Keyingi shamchani kutishingiz va u ham buqalar shamchasi bo’lsa unda uzun pozitsiyaga kirishingiz mumkin.

4.Ko’tariluvchi trend oxiridan Ayiqlar Marubozusini ko’rsangiz bu ham qaytish signalidir. Keyingi shamchani kuting va u ham ayiqlar shamchasi bo’lsa qisqa pozitsiyaga kirishingiz mumkin.

5.Agar allaqachon uzun pozitsiyaga kirgan bo’lsangiz unda Ayiqlar Marubozusini ko’rishingiz bilan pozitsiyangizni yopishingiz va foydangiz bilan bozordan chiqib ketishingiz kerak.

6.Agar qisqa pozitisyaga kirgan bo’lsangiz va Buqalar Marubozusini ko’rsangiz unda ham pozitsiyangizni yopib bozordan chiqishingiz kerak.

Hali bular haqida yana gaplashamiz. Hozircha Buqalar/Ayiqlar Marubozusi Buqalarning/Ayiqlarning kuchli ekanligini bildirishini esingizda tutsangiz bo’lgani.

3.Doji

Doji yaroqsiz degani. Bu turdagi shamchalarning bunday nomlanishiga sabab ularning tanasining yo’qligidir. Nega? Agar shamchaning ochilish narxi va yopilish nari bir xil bo’lsa uni Doji deb hisoblaymiz.

Doji shamchalarining rangi bo’lmaydi, shuning uchun ularni na buqlar na ayiqlar deb atab bo’ladi. Bu nimani bildiradi? Bu buqlar va ayiqlarning teng kuchga ega ekanliklarini va natijada narx o’zgarmay qolganligini bildiradi. Narx ko’tarilishni ham tushishni ham bilmay qoladi, chunki buqalar narxni ko’tarishga kuchi yetmay qoladi va ayiqlarning narxni tushishirishga kuchi yetmay qoladi. Shunday qilib Doji shamchasi beqarorlik va noaniqlik signalidir.

Barcha turdagi Doji shamchalariga tasdiqlash signali kerak bo’ladi. Tasdiqlsh nimaligini hali tushuntiraman.

Doji shamchalarning turli xillar mavjud. Eng muhimini Rickshaw Man deyishadi. Bunda kesib o’tuvchi chiziq deyarli o’rta qisimda bo’ladi.

Doji Shamchasi

Rickshaw Man bu kuchli beqarorlik signalidir. Uni yuqoriga trend ustida ko’rsangiz unda narx yanada yuqoriga ketishi, pastga tushib ketishi yoki tebranma gorizontal harakatlanishi mumkin.

Dojining boshqa bir turi Gravestone (qabr toshi) deb ataladi:

Gravestone Shamchasi.

Bu turdagi Doji ham beqarorlikni bildiradi. Agar uni yuqoriga trend ustida ko’rib qolsangiz unda narx pastga bir sakrash qilib tushuib chiqishi mumkin degani.

Bozorning ostki qismida bazida Inverted (teskari) Gravestoneni ko’rishingiz mumkin:

Inverted Gravestone.

Teskari Gravestoneni Dragonfly (Ninachi) deb atashadi.

Albatta, gravestone yoki dragonfly bozorning ustida yoki ostida paydo bo’lmaydi deb aytib bo’lmaydi. Ikkala holatda ham ular ikkilanish, beqarorlikni bildiradi.

Dojini boshqacharoq shakllarda ham uchratishingiz mumkin:

Doji.

Bazida Dojining kichkinagina tanasi ham bo’lsihi mumkin:

Dojini ko’rganingizda nima qilishingiz kerak?

Aytganimizdek, Doji beqarorlikni bildiradi. Agar yuqori yoki pastga trend oxirida paydo bo’ladigan bo’lsa demak yuqoriga ko’tarilish yoki pastga pasayish yoki to’g’riga ketish borasida ikkilanish boshlanadi. Doji paydo bo’lganida agar ochiq pozitsiyangiz bo’lsa foydangizni olib tezda bozordan chiqib ketishingiz kerak. Agar ochiq pozitsiyangiz bo’lmasa, unda biror pozitsiyani tanlab bozorga kirishingiz uchun tasdiqlovchi shamchani kutib turishingiz kerak bo’ladi.

Tasdiqlovchi shamcha bilan nimani nazarda tutiyabman? Shamchalarning keyingisidan biri tasdiqlovchi bo’lib xizmat qilishi mumkin. Masalan, yuqoriga trendning ustida Gravestoneni ko’rsangiz unda qisqa pozitsiyaga kirishga tayyorlanib turishingiz kerak bo’ladi. Ammo, avval keyingi yoki keyingi ikkita shamchaning paydo bo’lishini kutib turishingiz kerak bo’ladi. Agar ular ayiqlar bo’lsa unda ayiqlar boshqaruvni qo’lga olishgan va endi narxlar pastag ketadi. Tasdiqlovchi shamchalar yopilgach qisqa pozitsiyaga kirishingiz mumkin.

Soyalari uzunroq bo’lgan Doji shamchalari kuchliroq bo’lishiga etibor bering.

Doji va uning tasdiqlash shamchasi.

Ko’rganimizdek, Doji keyingi shamcha bilan tasdiqlangan va narx pastga ketgan.

4.Hammer va Hanging Man:

Hammer (bolg’a) bu pastga trend ostida kuzatishimiz mumkin bo’lgan shamcha turidir. Hammerning yuqori soyasi bo’lmaydi, yoki bo’lsa ham juda kichik bo’lishi mumkin. Yuqoriga trendning ustida paydo bo’luvchi hammerni Hanging Man (Osilgan odam) deyishadi.

Hammer va Hanging Manning uchta ajralib turuvchi hususiyatlari mavjud:

1.Tanasi shamchaning yuqori qismida.

2.Pstki soya tanadan eng kamida ikki marta katta.

3.Ularning yuqori soyasi bo’lmaydi yoki bo’lsa ham juda kichik bo’ladi.

Doji singari Hammer va Hanging Man beqarorlikni ifodalaydi va tasdiqlash shamchasini talab etadi.

Hanging man va uni tasdiqlovchi shamchalar.

5.Uchar Yulduz

Uchar yulduz – bu hammerning teskarisi bo’lib yuqoriga trendning ustida paydo bo’ladi. Uning rangi buqlar yoki ayiqlarningki bo’lishi mumkin. Pastga trendning ostida paydo bo’luvchi uchar yulduzni Inverted Hammer (Teskari Bolg’a) deyishadi. Doji va hammer singari Uchar yulduz va Teskari hammerlar uchun ham tasdiqlash shamchasi kerak bo’ladi.

Uchar yulduz shamchalari.

Uchar yulduz yoki Teskari Bolg’a orasidagi bo’shliq/gap va keyingi shamcha tasdiqlardan biri hisoblanadi. Uchar yulduzdan keyingi katta ayiqlar shamchasi yana bir tasdiqlash signali hisoblanadi. Tasdiqlash – bu narx yo’nalishining o’zgarganligini tasdiqlash degani.

Shamchalar Shablonlari

Shamchalar yakka holda juda muhim sgnallar hisoblanadi. Shu bilan birga shamchalar kombinatsiyasi ham juda kuchli qaytish signallarini yaratadi.

1.High Wave – Yuqori To’lqin

Bir to’da, kichik tana uzun soyali shamchalar to’plami High Wave deb ataladi. High Wave bu yuqori tend ustida yoki pastga trend ostida hosil bo’lib juda huchli qaytish signali hisoblanadi.

Quyidagini o’qib chiqing: High Wave Shamchalari Va Ularning Qaytarish Kuchi

2.Engulfing Shablonlari

Bu shablon trend oxirida paydo bo’lib qaytishdan xabar beruvchi juda kuchli signal shabloni hisoblanadi. Engulfing shabloni ikkita ikki xil rangdagi shamchalardan tashkil topadi. Ikkinchi shamchaning tanasi birinchisini butunlay qoplab olishi (engulfing) kerak. Soyalar ham o’rab olinishi kerak-u ammo bu shart emas. Birinchi shamcha Doji bo’lsa ham bo’laveradi.

Bearish Engulfing.

Bullish Engulfing.

Agar birinchi shamchaning tanasi kichik va ikkinchisiniki qancha uzunroq bo’lsa shablon shuncha kuchli hisoblanadi. Bunda tashqari, ikkinchi shamcha birdan ko’proq shamchalarni o’rab oladigan bo’lsa yanada kuchliroq hisoblanadi.

Quyidagi maqolalarni o’qib chiqing:

  1. Analysis Of Strong Piercing Line And Bullish Engulfing Candlestick Patterns
  2. Features of a Strong Bearish Engulfing Candlestick Pattern
  3. Dark Cloud Cover (Qora Bulut To’plami)

Bu yuqoriga trendning ustida paydo bo’luvchi ikki shamchadan iborat qaytaruvchi ayiqlar signali hisoblanadi. Birnchisi buqalar, ikkinchisi ayiqlar. Qora Bulut to’plami birinchi shamchaning eng yuqori narxi ustidan ikkinchi shamcha shakillana boshlaganida boshlanadi. Ikkinchi shamcha birinchi shamchaning ochilish narxidan yuqorida yopilishi kerak:

Dark Cloud Cover shabloni.

Agar:

  1. Ayiqlar shamchasinig yopilish narxi avvalgi shamchaning ochilish narxiga yaqin bo’lsa
  2. Ikkala shamchalar ham tuksiz (soyalarsiz) bo’lsa va ayiqlar shamchasi buqalar shamchasining yopilishiga yaqin joyda ochilsa va buqlar shmachasining ochilish narxiga yaqin joyda yopilsa
  3. Ayiqlar shamchasi kuchli qarshilik darajasi leveli ustidan ochilsa va qaytib pastga tushsa

Qora Bulutlar To’plamini kuchli qaytarish signali deb atashimiz mumkin.

Quyidagini o’qib chiqing: Kuchli Dark Cloud Cover Shabloninig Hususiyatlari

3.Piercing Line (Teshib O’tuvchi Chiziq)

Pastga trendning ostida paydo bo’luvchi Qora Bulut to’plamini Piercing Line deyishadi.

Yuqoriga trend ustida Qora bulut to’plamini yoki pastga trend ostida Piercing Lineni ko’rib qolasangiz keyingi tasdiqlash signalini kutishingiz kerak.

Agar, Qora bulut to’plamidan keyingi shamcha yanada yuqoriroq harakatlanuvchi buqlar shamchasi bo’lsa unda Qora bulut to’plamini davom ettiruvchi signal sifatida qabul qilishingiz kerak.

Agar, keyingi shamcha pastga tushuvchi ayiqlarniki bo’ladigan bo’lsa unda ushbu Qora bulut qoplami qaytaruvchi signal hisoblanadi.

Piercing Line bilan ham huddi shunday.

Agar piercing linedan keyingi shamcha ikkinchi shamchaning yopilish narxidan ham pastroqqa tushgan ayiqlarniki bo’lsa unda ushbu signal davom ettiruvchi signal hisoblanadi.

Ammo, piercing linedan keingi signal buqalarniki bo’lsa va ikkinchi shamchaning uqori qismidan ham yuqoriroq ko’tarilsa unda Piersing Line qaytaruvchi siganl bergan bo’ladi.

Quyidagilarni o’qib chiqing: Analysis Of Strong Piercing Line And Bullish Engulfing Candlestick Patterns

4.Harami

Yaponchada homilador degan manoni beradi. U ikki shamchadan tashkil topadi. Birinchisi katta (ona) va ikkinchisi kichik (bola). Kattasi kichigini butunlay, hech bo’lmasa tanasini qoplshi kerak. Harami yuqori trendning ustida ham pastga trendning ostida ham kuzatilishi mumkin. Kichik shamcha esa katta shamcha tanasi bo’ylab istalgan joyda paydo bo’lishi mumkin. Eng muhumi u katta shamcha bilan qoplangan bo’lishi shart.

Shamchalar o’lchami orasidagi farq qancha katta bo’lsa signal ham shunchalik kuchli hisoblanadi.

Harami Shabloni.

Qora bulutlar va Piercing line kabi Harami ham qaytaruvchi signal sifatida ishlatilishi mumkin. Ammo, u keyingi shamchalar bilan tasdiqlanishi kerak. Bu shablonlar ishnsa bo’ladigan va kuchli qaytaruvchi signallar sifatida mashxur emas.

Agar pozitsiya ochgan bo’lsangiz va ozroq foyda qilayotgan bo’lsangiz yuqoridagi signallar uchrasa savdoni to’xtatishingiz yoki hech bo’lmaganda stop losni kichiklashtirishingiz va bozorning davom etishini kutishingiz kerak.

Agar yo’nalish o’zgarsa unda siz xavfsiz bo’lasiz. Chunki siz allaqachon foydangizni olib bo’lgansiz yoki foydangizni endi stop loss himoya qiladi. Agar yo’nalishni o’zgartirmasdan davom etsa unda yanada ko’proq pul ishlashda davom etasiz.

Agar Haramining kichik shamchasi Doji bo’ladigan bo’lsa unda uni Harami Cross deb ataymiz. Uzun tanali shamcha ketidan keluvchi kichik dojiga etibor bermaslik unchalik yaxshi emas:

Quyidagini o’qib chiqing:The “Inside Day” Candlestick As a Reversal Pattern

5.Tonggi va Tungi Yulduzlar va Yetim Bola:

Tong Yulduzi uchta shamchadan tashkil topadi. Uni pastga trendning ostidan topishimiz mumkin. Uni kuchli qaytaruvchi signal sifatida hamma taniydi.

  1. Birinchi shamcha buqalarniki va anasi yetarlicha katta bo’lishi kerak.
  2. Ikkinchi shamcha birinchisidan ham pastroqda paydo bo’lgan kichikroq shamcha bo’lishi kerak. U buqalar yoki ayiqlarniki bo’lishi mumkin. Aslida, tong yulduzi bu ikkinchi shamcha, ammo tong yulduzi signali uchun bizga ikkita shamcha mos tushishi kerak.
  3. Uchinchi shamcha esa buqalar shamchasi bo’lib ikkinchi shamchadan yuqoriroqda paydo bo’lishi va birinchi shamcha tanasining anchagina katta qismini qoplab turuvchi bo’lishi kerak.
Tong yulduzi shabloni.

Bu agar yuqoriga trendning ustida paydo bo’lsa uni tungi yulduz deb ataymiz:

Tungi va tongi yulduzlarning effektivligi quyidagi maxsus faktorlarga bog’liqdir:

  1. Tungi/tongi yulduz va birinchi hamda uchinchi shamchalar o’rtasidagi masofa (gap) qanchalik katta bo’lsa signal ham shunchalik kuchli bo’ladi.
  2. Birinchi shamchani ikkichisi tomonidan qoplanishi qanchalik katta bo’lsa signal ham shunchalik kuchli bo’ladi.
  3. Uchinchi shamchada savdo miqdori/volume/obyom qanchalik kattaligi.

Bzida tungi yoki tongi yulduz Doji shamchasi bo’lishi mumkin. Bu holda ham asosiy narsa bu gap (bo’sh joy) – birinhchi va ikkinchi shamchalar va Doji orasidagi bo’sh joydir.

Bazida Tong Yulduzi yoki Tungi Yulduz juda ham kichik shamcha bo’lishi mumkin. Uning soyasi ham kichik yoki umuman bo’lmasligi ham mumkin. Gap juda katta bo’lib na birinchi va na uchinchi shamchalarning birortasi ham Tongi yoki tungi yulduzimiz tanasining oz qismini bo’lsa ham qoplay olmay qolishi mumkin. Bu shablonni Yetim Bola deyishadi va u juda ham kuchli qaytish signali hisoblanadi. Volatillikning yuqoriligi uchun bu shamcha foreks bozorida juda kamdan kam hollarda va shunda ham faqatgina kattaroq taym freymlarda paydo bo’lishi mumkin. Ammo, fond bozorlarida kichikroq 1 soatlik singari taymfreymlarda ham kuzatilishi mumkin.

Yetim Bola yuqoriga trend ustida ham, pastga trend ostida ham kuzatilishi mumkin

Yetim Bola shabloni.

Quyidagi maqolani ham albatta o’qib chiqing: Doji Shamchalari va Bollinjer Bandsdan Foydalanib Savdo Qilish

6.Pinsept

Pinsept ikkita shamchadan tashkil topib ular bir biring yonida yoki juda yaqin turishadi. Bozorning yuqori qismida ularning eng yuqori narxlari yoki bozorning ostki qismida eng quyi narxlari bir xil bo’lishadi. Pinseptlar odatda shamchalarning soyalari orqali hosil qilinadi. Ammo, shamchalarning tuksiz tanalari orqali ham paydo bo’lishlari mumkin. Pinseptni hosil qilgan ikki shamchaning talari Doji yoki Hammer (Bolg’a)niki singari kichik bo’lishi mumkin.

Pinseptlarni kuchli qaytaruvchi signallar qatoriga qo’sha olmaymiz. Ularga tasdiqlash signali kerak. Ammo, Pinseptlar signalini ko’rganingizda ogoh bo’lishingiz kerak. “Ogoh bo’lish” deganda nimani nazarda tutganimni tushungandirsiz.

Qarshilik chizig’ining shundoq ostida yoki quvvatlash ustida qarshilik yoki quvvatlash bo’lib hizmat qiluvchi pinseptlarga ayniqsa etibor berish kerak. Ayniqsa ikkita Doji shamchasidan tashkil topganida. Soyalar qanchalik uzun bo’lsa pinseptning signali ham shunchalik kuchli bo’ladi.

Pinseptlar shablonining orasida bir nechta shamchalarni ham ko’rishingiz mumkin. Bu holda ham pinsept hosil bo’lgan deb hisoblab uni o’tkazib yubormasligingiz kerak.

Pinseptlarning ikki asosiy shamchasining orasida bir qancha shamchalar bo’lganida ular Qo’shaloq Yuqori yoki Qo’shaloq Past nomli shabonlarni hosil qilib qarshilik yoki quvvatlash chiziqlarini ko’rsatadi.

Double Top shabloni.

Turli Yapon Shamchalari va Ular Hosil Qiluvchi Shablonlarni O’rgandingiz. Endi Nima Qilish Kerak?

Menimcha turli xil shamchalar va ular hosil qiladigan shablonlarni o’rganish anchagina oson. Bularning barini bir necha soatda o’rganib olishingiz mumkin. Ammo, ularning nomlari yoki manolaridan ko’ra ko’proq etiboringizni qaratishingiz kerak bo’lgan jihati bu har bir shamcha aytuvchi psixologik hikoyadir.

Ushbu maqolaning boshida shamchalar bozorning psixologik indikator deb atib o’tgandim. Ular sotuvchilar va oluvchilarning hissiotlarini aks ettirishadi. Ular sizga treyderlarning sotib olishga ishtiyoqi ko’pmi, sotib olishni to’xtatishib kutishiyabtimi yoki jinniga o’xshab sotishni boshlashdimi – hamma hammasini bor ovozlari bilan aytib turadi.

Bu siz o’rganishingiz kerak bo’lgan shamchalar tilidir.

Misol uchun, keling Dojining qanday qilib shakillanishini ko’rib chiqamiz. Avvalda takidlaganimdek, Doji bu bozorning beqarorligini, qaror qabul qila olishmayotganligini ko’rsatadi. Yani, narx ko’tarilishni ham tushishni ham bilmay qolgan bo’ladi. Bazida sotib oluvchilar kuchliroq bo’lishadi (ko’proq sotib olib) va narx ko’tariladi, bazida esa sotuvchilar kuchliroq bo’lib chiqishadi (ko’proq sotish orqali) natijada narx tushadi.

Oxirida shamcha ochilish narxi bilan bir nuqtada yopiladi va biz bilgan Doji shakillanadi. Shunday qilib, sotuvchiar ham oluvhcilar ham bozor boshqaruvini qo’llariga olisha olishsdi. Shuning uchun Dojini beqarorlik, ikkilanish shamchasi deyishadi va undan keyingi tasdiqlash shamchasini kutishingiz kerak agar undan foydalanmoqchi bo’lsangiz. Chunki narx endi yuqoriga ketadimi pastga ketadimi aniq emas.

Agar keyingi shamcha katta ayiqlarniki (qizil) bo’lsa demak ayiqlar (sotuvchilar) boshqaruvni qo’llariga olishgan va narxni tushirishmoqda. Agar keyingi shamcha nisbatan kattaroq buqalarniki (yashil) bo’lsa unda buqalar (sotib oluvchilar) boshqaruvchi qo’llariga olishgan va narxni ko’tarishmoqda.

Agar keyingi shamcha ham Doji bo’lib yopilsa u nimadan darak beradi?

Unda, bozor haliyam ikkilanishda ekanligi va na buqalar va na ayiqlar g’alaba qilganligini bildiradi.

Shunday qilib har bir shamchaning siga aytadigan hikoyasini eshitish va tushunishni o’rganishingiz kerak. Bu hikoya quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. Shamchani ko’rganingizda birinchi navbatda uning ochilish, yopilish, yuqori va quyi narxlarini topa olioshingiz kerak.
  2. Avvalgi shamchalarni tekshirib chiqib bozorning buqalarnikimi(yuqoriga trend) yoki ayiqlarnikimi (pastga trend) aniqlay olishingiz kerak.
  3. Shamchaing shaklidan buqalar (sotib oluvchilar) kuchlimi yoki ayiuqlar (sotuvchilar) kuchlimi yoki ikkalasihammasmi (beqarorlik, ikkilanish) tushuna olishingiz kerak.
  4. Manashu malumotlar orqali keyingi shamchaning qanday rangda bo’lishini taxmin qila olishingiz kerak
  5. Agar, Yuqori To’lqin, Harami va hk, kabi shablonlardan mavjud bo’ladigan bo’lsa ularni analiz qilib bozorning keyingi yo’nalishini bashorat qilishga harakat qiling.

Shakillanib tugallanmagan shamchaga asoslanib qaror chiqarmang. Shamchaning to’iq tugallanib yopilishini kutishingiz kerak. Shamchaning shakli va rangi shakillanish jarayonida bir necha martalab o’zgarishi mumkin, shuning uchun ular faqat to’liq shalkillanib bo’lgandagina analiz qilinishi kerak.

Sizga asosiy maslahatim shuki, agar siz bozor joriy holatida hech qanday bashoratni amalga oshira olmayotgan bo’lsangiz va bozor oldindan aytib bo’lmas bo’lib ko’rinayotgan bo’lsa unda hech qachon bunday sharoitda BOZORGA KIRMANG, o’zingizni pozitsiya ochishga majburlamang. Bunday ko’pchilik hollarda siz xato bo’lib chiqasiz va pullaringizni yo’qotasiz. Qancha vaqtligining ahamiyati yo’q, sizga tushunarli bo’lgan aniq signalini shunchaki kuting.

Quyidagi maqolani o’qing: Treyderlar Uchun Qo’llanma: Doimiy Daromad Qiluvchi Treyder Bo’lishning Eng Tez Va Xavfsiz Yo’li