Reelsni TOPga olib chiqish 5 qoidasi
Bu gaydda yozilgan qoidalar "Foydalee" Instagram sahifasida shaxsan o'zim tomonimdan qo'llanilgan
Foydalee Instagram sahifasi 2022-yil noyabr oyida faoliyatini boshladi. 230ta obunachi bilan faoliyatini boshlagan Foydalee akkauntida, 1 oy ichida 25ta Reels videosi qo'yildi va bor yo'g'i 40ta obunachi akkauntga qo'shildi. Noyabr oyi oxirida "boshqa video olmayman" degan fikrlar ham hayoldan o'ta boshlagandi.
Nima uchun bunday bo'ldi?
Asosiy sabablardan biri bu - qanday kontent olib borishimni reja qilib olmaganim
Agar o'zingiz uchun oson va qulay bo'lgan yo'nalish tanlasangiz, kontent olib borishingiz ham oson bo'ladi. O'zingizni qaysi yo'nalishda mutaxassis deb bilasiz? Aynan o'sha yo'nalish bo'yicha kontentni boshlang! Men ham o'z bilganlarim malaka va ko'nikmalarim asosida kontent boshlagandim. Lekin rejalarim yo'q edi. Qanday mavzuda video olish hayolimga kelsa, shunday olaverdim. Oqibatda esa, bir oylik qo'yilgan kontentlarim hech qanday natija bermadi.
Akkauntim statistikalarini o'rganib chiqa boshladim. Yaxshiroq natija bergan Reels videolarini va umuman natija bermagan videolarni ajratdim. Ularni o'rgana boshladim. Nima uchun bunday bo'layotganini o'rganishni boshladim. Shu ko'rsatkichlar va to'plagan ma'lumotlarimga ko'ra yana videolar oldim va qo'ya boshladim. Natija men taxmin qilganimdek zo'r emas, lekin oldingilaridan yaxshiroq edi.
Statistikalarni yana o'rgangan holda o'zim uchun Topga chiqish sxemasini va Topga chiqishda yordam beradigan 5 omilni yozib chiqdim
Aynan shu qoidalarni birin ketin akkauntimda to'g'rilab chiqdim. Videolarimda ham aynan shu narsalarga asoslangan holda o'zgarishlar qildim. Asta-sekinlik bilan videolarimda o'zgarishlar paydo bo'la boshladi. Prosmotrlar, likelar soni va menga murojaat qilayotgan odamlar soni oshib bordi. Bu taxminan dekabr oylari oxirlariga to'g'ri kelgandi. Statistika kichkina bo'lsa ham sonlar yaxshi tomonga o'zgara boshladi.
Nafaqat Instagram, TikTok va Telegramda ham auditoriya ko'paya boshladi.
Hozirgi kundagi Foydalee akkaunti auditoriyasi aynan shu qoidalar asosida yig'ilgan
Aynan shu qoidalar yordamida siz:
- Reels videolaringizni TOPga chiqarasiz;
- Obunachilaringizni oson ko'paytirib olasiz;
- Biznesingizda sotuv ko'rsatkichlarini oshirasiz;
- Shaxsiy brendingizni kuchaytirib olasiz;
- Tovarlaringiz yoki xizmatlaringizni tekinga reklama qilasiz;
- Imkoniyatlaringizni yanada kengaytirasiz.
Ho'sh boshladikmi?
Maqsad...
Har qanday ish qilishdan avval albatta odamda aniq maqsad bo'ladi. Agar u bo'lmasa, birinchi o'rinda shu maqsadni aniqlab olish kerak. Shundan so'ng, qilayotgan ishimizni rejasini tuza boshlaymiz.
1. Reels videolari uchun yaxshi yo'nalish tanlang!
Reels videolari uchun yaxshi yo’nalish tanlang! Tanlagan yo’nalish katta auditoriyani qamrab olishi kerak bo’ladi. Reels videolaringizni har doim har xil yo’nalishda olishni va Instagramga joylashni to’xtating!
O’zingiz yaxshi bilgan soha yoki yo’nalish bo’yicha kontent qilishni boshlang! Va shu yo’nalishda bir qancha Reels videolarini tayyorlab oling! Har kuni bittadan Reels videolarini joylashni boshlang!
Joylangan videolarni 24 soatlik ko’rsatkichlarini skrin qilib oling! Yaxshi natija berayotgan Reels videolaridagi mavzularnini tanlab oling. Mana shu mavzularda yana videolar olishga harakat qiling. Bir oylik Reels videolari natijalari esa, sizga keyingi oyda qanday harakat qilishingiz kerakligini bildirib turadi.
“Bir xil yo’nalish zerikarli bo’lib qolmasmikin” deb savol beradiganlar uchun ham javob tayyor.
Masalan siz inglis tili o’qituvchisi yo’nalishida videolar olishni boshladingiz. Kontentlaringiz orasiga kulguli, qiziqarli va trend videolarni qo’shish imkoni albatta bor. Faqatgina u videoda sohangizga taalluqli biror bir narsa bo’lishi kerak.
2. Reelslaringiz sifatiga e’tibor bering!
Ijtimoiy tarmoqda videolar sanoqsiz! Kun bo’yi tomosha qilib ham tugata olmaysiz. Sizni videoingiz mana shu videolar orasidan ajralib chiqishi kerak. Buning uchun quyidagi narsalarga e’tibor qaratishingiz kerak:
- Reels mavzusi. Mavzu iloji boricha odamlar uchun nimadir bera oladigan bo’lishi kerak. Maqsadsiz mavzularga qo’l urmang!
- Tomoshabinni ushlab qolish. Videoingiz odamlarda davomini ko’rish uchun qiziqtirish undashi kerak bo’ladi. Ular videoni oxirigacha ko’rishsa, bu video topga ko’tarilishiga yaxshi ta’sir qiladi.
- Videodagi qo’shimchalar. Bu videoingiz subtitri, har xil elementlar, musiqa, perexodlar va effektlar hisoblanadi. Bu narsalar videoingizni yanada qiziqarliroq qiladi.
- Videoingiz sifati. Video iloji boricha sifatli va yetarli yorug’likda bo’lishi kerak. Agarda sizda yorug'lik uchun kerakli chiroqlar yetishmasa, unda quyoshdan foydalanishingiz mumkin.
- Video ovozi. Ovoz muhim ahamiyatga ega. Ovozingiz juda yaxshi eshitilishi kerak. Iloji boricha tinchroq joyda video oling.
Yuqoridagi elementlarni hisobga olgan holda video olib ko’ring. U video oldingi videolaringizga qaraganda, o’zingizga ancha yoqib tushadi.
3. Auditoriyani harakatga chaqiring!
Reels videolari topga chiqqani bilan, ulaga nisbatan reaksiya kam bo’ladigan bo’lsa, ular yaxshi natijaga chiqmay qolaveradi.
Reaksiyalar deganda, like, komment, repost va soxranit qilishni nazarda tutgandim.
Bularni harakatlar deb atasak ham bo’ladi.
Bu harakatlar video topga chiqishiga asosiy omil bo'ladi. Videoni soxranit qilish va repost qilish hozirgi kundagi eng kerakli harakat hisoblanadi. O’z videoimiz uchun o’zimiz bosgan likelar yoki kommentlarimiz hisobga olinmaydi. Demak, biz uchun boshqalar bosishi kerak ekan. Ularni reelslarimiz uchun harakatga qanday chaqirsak bo’ladi?
Buning uchun videolarimizdan foydalanishimiz zarur. Ya'ni, topga chiqgan videolarimizga harakatga chaqirish so'zlarini qo'shishimiz zarur bo'ladi. Videodagi maqsadimizdan kelib chiqib unga harakatga chaqirish so'zlarini qo'shamiz.
Masalan: "video sizga foydali bo'lgan bo'lsa, uni soxranit qiling"
"mana shunday do'stlaringiz bor bo'lsa, videoni usha do'stingizga jo'nating"
"bu videoni 2chida turgan odamga jo'nating"
"yana qanday videolar qo'yishimni xohlaysiz? izohlarda yozib qoldiring!"
"videoni yo'qotib qo'ymaslik uchun uni soxranit qilib qo'ying"
Tomoshabindan nimadur so'rashdan oldin, unga nimadur berish kerak. Sizning reelsingiz u uchun qiziqarli, foydali, kulguli yoki yana qandaydir boshqa holatda ta'sir qilishi kerak. Shundan keyingina u ham sizning reels videoingizga reaksiya qoldiradi.
4. "Bзаимодействие" ya'ni qayta aloqa qiling!
Instagram platformasi eng yoqtirgan narsalardan biri bu - muloqot. Har bir muloqot qiluvchi akkaunt jonli hisoblanadi. Jonli akkauntlarni Instagram hush ko'radi. Agar sizga jonli akkaunt xabar yozsa, izoh qoldirsa, yoki biror bir boshqa harakat(reaksiya) qiladigan bo'lsa, sizning akkauntingiz jonlana boshlaydi. Agarda siz mana shu harakatga yarasha qayta javob qaytarsangiz, ya'ni "взаимодействие" qilsangiz, akkauntingiz yanada jonlanadi.
- Videolaringizga yozilgan izohlarga javob yozing;
- Directdan kelgan SMS xabarlarga javob bering;
- Sizga faollik ko'rsatayotgan akkauntlarga siz ham faollik ko'rsating;
- Storisga belgilaganlarni siz ham qaytarib belgilang;
- Sizga qandaydir savol bilan murojaat qilganlarni javobsiz qoldirmang;
Auditoriya bilan muloqot faqatgina Instagram algoritmlarini yaxshilash maqsadide emas, balki auditoriya ishonchini qozonish uchun ham kerakdir.
5. Analitika(tahlil) qiling
Marketing ham biznesga o'xshaydi. Gohida raqamlar bilan ishlashni talab qiladi. Reels videolaringizda ham raqamlarga e'tibor bering! Bu raqamlar va ularni tahlil qilib borish sizga keyingi qadamlarni qanday tashlash kerakligini ko'rsatib beradi.
Instagramda "профессиональный панель" degan joy bor. Aynan shu joyda sizning sahifangizga oid raqamlar ko'rsatilgan bo'ladi va ular hech qachon aldamaydi. U yerda siz oldingi oyni hozirgisi bilan solishtirishingiz ham mumkin. Siz mana shu paneldan foydalangan holda qaysi videolarda reaksiyalar yaxshiroq, yoki teskarisi qaysilarida yaxshi reaksiya bo'lmaganini bilishingiz mumkin.
Mana shu raqamlarni tekshirish va ularni o'rganib chiqish sizni vaqtingizni olishi mumkin. Lekin bu narsa keyingi oyda qanday kontent qilishingiz, auditoriyangizga nima ko'proq yoqayotganini bilishingiz mumkin.
Statistikadagi asosiy narsalar bilan tanishtirib o'taman:
"просмотр" - ko'rishlar soni
"охват" - bir marta ko'rgan
"показ" - ikki marta ko'rinishi
"вовлеченность" - faollik qanchaligini ko'rsatib beradi.
Vovlechonnost orqali ko'p narsalarni aniqlab olish mumkin bo'ladi.
Like, komment, soxraneniya va repost soni bir-biriga qo'shiladi. Mana shu sonni oxvatlar sonidan bo'lishingiz kerak bo'ladi. Shunda sizning reels videoingiz qanchalik faol bo'lganini bilib olishingiz mumkin bo'ladi.
Tushunarlimi?
Yuqoridagi besh qoidani jamlagan holda reelslarimni topga olib chiqqanman.
Bu narsalarni bilmagan vaqtimda mana bunday ko'rsatkichlar bo'lgandi:
Qoidalarni amalda qo'llaganimdan keyin esa:
Ishonch bilan ayta olamanki, sizlarda ham mana shunday ko'rsatkichlar albatta bo'ladi. Asosiysi harakat bilan ishonch bo'lishi kerak.
- Kontent-meykerlik. O'rtacha 500$-1000$ daromad oyiga topishingiz mumkin;
- Shaxsiy blog. Blogingizda har qanday harakatni amalga oshirishingiz mumkin bo'ladi. Blogni biznesga aylantirish imkoniyatingiz ham bor;
- Bloger bo'lish. Bu darslar orqali istalgan yo'nalishdagi blogerga aylanishingiz mumkin. Blogerlar qancha daromad qilishini o'zingiz yaxshi bilasiz;
- Biznes sahifa egasi. Har qanday biznesingizni Instagram orqali o'zingiz yurgazishingiz mumkin. Instagram orqali hozir deyarli har qanday tovarni sotish imkoni bor. Va shu imkoniyat endi sizga osonroq bo'ladi.
- Instagram mutaxassisi sifatida akkauntlarni yurgazib berishingiz ham mumkin. Bunday kasbda ham akkauntlar soniga ko'ra o'rtacha 500$-1000$ daromad qilishingiz mumkin bo'ladi.
Demak...
Maqsadlaringizga yetishish uchun birinchi qadamni tashlash vaqti keldi. Ijtimoiy tarmoqlar bu - kelajak. Instagram esa, aynan shu ijtimoiy tarmoqlar orasidagi eng faollaridan biri. Sizda biznes yoki blog boshlash g'oyasi bo'lsa, uni Instagram orqali boshlashingiz mumkin.
Bu gayd sizga kelajakda daromad olib keladigan, taniqli bloger bo‘lishingizga yordam beradi!
Gaydni oxirigacha o'qib chiqqanlar uchun minnatdorchilik bildiriman. Siz bilan Khaleel Abdullayev bo'ldi. Instagram sahifamni kuzatib borishni unutmang! Yangiliklar hali oldinda!