Telegram asoschisi Shavkat Mirziyoyevni eslab o‘tdi
Yilning boshidan yanada ommalashib borayotgan messenjer – Telegram asoschisi Pavel Durov o‘zining sahifasida Telegram’da rasmiy kanallariga ega prezidentlar haqida yozdi. Uning ro‘yxatida anchadan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sahifasi ham o‘rin olgan
Jumladan, Durov quyidagi so‘zlarni yozib qoldirgan:
«Mening so‘nggi xabarimdan beri Telegram’ga yangi foydalanuvchilarning ulkan oqimi faqat tezlashdi. Biz insoniyat tarixidagi eng katta raqamli migratsiyaga guvoh bo‘lishimiz mumkin.
Ushbu global hodisadan so‘ng, ikkita prezident o‘zlarining Telegram-kanallarini ochdilar:
Braziliya Prezidenti – @jairbolsonarobrasil
Turkiya Prezidenti – @RTErdogan
Ular platformada mavjud bo‘lgan boshqa davlat rahbarlarining ro‘yxatiga qo‘shilishadi:
Meksika Prezidenti – @PresidenteAMLO
Fransiya Prezidenti – @emmanuelmacron
Singapur Bosh vaziri – @leehsienloong
Ukraina Prezidenti – @V_Zelenskiy_official
O‘zbekiston Prezidenti – @shmirziyoyev
Tayvan Prezidenti – @iingtw
Isroil Bosh vaziri – @bnetanyahu
Ma’lumot uchun, bunday tasdiqlangan kanallar odatda, sizning chat ro‘yxatingizda va qidiruv natijalarida ko‘k belgiga ega. Shu orqali prezidentlarning rasmiy sahifalarini tanib olishingiz mumkin».
O‘zbek blogeri Javohirbek Abdullayev shu masala bo‘yicha Durov's Chat guruhida Donald Trampakkaunti haqiqiyligi haqida so‘ragan. Kanal ma’muriyatining javobiga ko‘ra, AQSh prezidentining akkaunti feyk ekan:
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Telegram’ga «ko‘chib o‘tgan» Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning sahifasiga ikki kun ichida 200 mingdan ortiq kishi obuna bo‘ldi.