January 23, 2021

Ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma’lumotni endi tez va bepul – onlayn tarzda olishingiz mumkin

Hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risida ma’lumot olishning qulay imkoniyati yaratilgan. Bu to‘g‘rida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xabar bermoqda.

«Avvallari xodimlar maoshi haqida ma’lumot olish uchun alohida vaqt ajratib, tegishli eshik oldida kun o‘tkazishga majbur bo‘lishardi.

Taraqqiyotni qarangki, bugun hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma’lumotni uyda yoki ish joyingizda o‘tirgan holda olish imkoni mavjud», deyiladi xabarda.

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun Yagona identifikatsiyalash tizimida (OneID) elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan akkaunt orqali avtorizatsiyadan o‘tgan bo‘lishingiz lozim.

Asosiysi, siz kutgan ma’lumot bir zumda taqdim etiladi. Yana xizmat uchun haq to‘lanmaydi (ya’ni – bepul).

Mazkur xizmatdan foydalanish uchun https://my.gov.uz/uz/service/263 havolasi orqali o‘ting.