Hafa qilmasdan ta'sir qilish sirlari...

Inson boshqalar bilan bilan muloqatga kirishar ekan, o‘z gapini o‘tkazish qandaydir ma'noda yuqori darajada turadi. Buni tashqi tarafdan sezdirmasa ham ich-ichidan hohlab turadi. Ammo o‘z ta'sirimizni o‘tkazish uchun, kimnidir xafa qilishimizga to‘g‘ri keladi. Axir kimnidir gapingizga osonlikcha ko‘ndirishning o‘zi bo‘ladimi? Lekin taniqli psixolog Deyl Karnegi insonlarga ularni xafa qilmasdan ta'sir qilish yo‘llari, ularni sizning taklifiningizga bajonidil ko‘nishi haqida dono maslahatlarini berib ketgan. Quyida sizlar uchun odamlarning siz taklif etgan ishni bajonidil bajarishlariga erishishda qo‘l keladigan 9 ta maslahat.

Masalahatlar:

1) Tanqidni maqtovdan va suhbatdoshingizning qadr-qimmatini samimiy e'tirof etishdan boshlang. Bu usul albatta sodda, lekin psixologik nuqtai-nazardan juda to‘g‘ri edi. Biz o‘zimizga yoqmaydigan narsalarni u yoki bu fazilatlarimizni maqtab aytilgandan keyin eshitsak osonroq qabul qilamiz. Chunonchi, sartarosh ham soqolni olishdan oldin yuzlarimizni sovunlaydi.

2) Boshqalar hatosini bevosita emas, balki bilvosita ko‘rsating. Tushlik paytida Charlz Shvab o‘z zavodining sexlaridan biriga yurib borar ekan, bir necha ishchilarning chekib turishganini ko‘rib qoladi. Ular «chekish man etiladi» degan yozuvni tagida chekib turiishar edi. Naxotki, siz Shvab ishchilariga tanbex bergan deb o‘ylasangaz E yo'q , aksincha. U ishchilarning oldiga boradi, har biriga bittadan sigaret ulashib: «Yigitlar, agar siz sigaretni sexda chekmasangiz, men sizlardan yana ham minnatdor bo‘lar edim», - deydi. Ishchilar bu yerda chekish mumkin emasligini va intizomni buzishganini bilishar, lekin ular Shvabdan hursand edilar. Chunki u bu haqida indamadi va buning ustiga ularning qadr-qimmatini oshirib, xurmatga loyiq inson ekanliklarini anglatdi.

3) Dastlab o‘z hatolaringiz haqida so‘zlang, so‘ngra suhbatdoshingizni tanqid qilishingiz mumkin. "Sen dunyoga kelishing bilanoq aqlli bo‘lib qolishing qiyin, albatta. Buning uchun ko‘p vaqt o‘tishi kerak. Ammo sen mening 19 yoshimdagiga nisbatan ancha aqlliroqsan. Mening o‘zim ham senday paytimda juda ko‘p axmoqona hatolarni qilganman, shuning uchun ham seni yoki shu yoshdagi boshqalarni tanqid qilishim, to‘g‘ri bo‘lmaydi. Lekin shunday bo‘lsa xam mana bu ishni bunday ailmasang yaxshi bo‘lardi?» deyish lozim.

Bizni tanqid qilayottan odam o‘zi ham avliyo emasligini tan olishdan boshlasa, bu tanqid odatda bizga unchalik og‘ir botmaydi.

4) Suhbatdoshingizga buyruq o‘rniga, savol bering. Ayni paytda bu usul odamning o‘ziga bo‘lgan mehrini oshiradi va o‘zining qadr-qimmatini his qilishga undaydi. Bu usul har bir odamda qarshilik o‘rniga, hamkorlik hohishini uyg‘otadi.

5) O‘z obro‘larini saqlab qolish uchun odamlarga imkon bering. Biz boshqa odamlarning g‘ururlarini qo‘pollik bilan ezamiz, o‘zimizning aytganimizni qildirishga harakat qilamiz, boshqalarning hatolarini axtaramiz, qo‘rqitamiz, bolani yoki xodimimizni begonalar oldida tanqid qilamiz hamda ulardagi o‘zlariga bo‘lgan xurmatni hisobga olmaymiz. Vaholanki, suhbatdoshimizga ajratailgan 1-2 daqiqalik e'tibor, 2-3 og‘iz maqtov so‘zi, uning nuqtai-nazarini samimiy tushunish unga keltiriladigan og‘riqning keskinligini yumshatishga sababchi bo‘ladi.

6) Odamlarni kichkinagina yutuqlari uchun ham maqtang. Bunday maqtov o‘sha odamni o‘z vazifasini yanada yaxshiroq bajarishida ko‘maklashadi.

7) Odamlarning obro‘sini joyiga qo‘yib muomala qiling. Shunda ular siz ko‘rsatgan obro‘ga yarasha ish qilishadi. Agar Siz biror odamni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz undagi u yoki bu xislat uning eng buyuk hislatlaridan biri ekanligini bildiring. Shekspir: «Shunday qilingki, Sizdan doim himmat taralib tursin, birovga siz ko‘rmoqchi bo‘lgan xislat xaqikitdan ham unda bordek fikr yarating va bu fikrni unga ochiqchasiga ayting.

8) Rag‘batlantirishga intiling. Qilingan har bitta xatoni osonlik bilan tuzatish mumkindek munosabatda bo‘ling.

Agar siz bolaga, eringizga yoki xizmatchingizga doimo sen ahmoqsan yoki to‘nkasan deb gapirsangiz, senda hsch qanday qobiliyat yo‘q, qilgan ishing hamisha noto‘g‘ri deya ta'kidlayversangiz, ularda o‘z xarakterini takomillashtirishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi.

Agar Siz buning teskarisini qilsangiz chi? Rag‘batlantirishda hotamtoy bo‘ling, oldingizda o‘tirgan suhbatdoshingizda u hal qila olmaydigan hech bir muammo yo‘q degan taasurot hosil qiling, uning u yoki bu masalani yecha olshiga qobiliyati va tug‘ma talanti borligini bildiring, ana shundagina u yutuqqa erishish uchun kechalari uxlamasdan bo‘lsa ham o‘sha muammoni yechish yo‘llarini qidiradi.

9) Siz taklif etgan ishni odamlar og‘rinmasdan, bajonidil bajarishlariga erishing. Tomas Mann do‘stlari va o‘zi qaram bo‘lgan odamlarning iltimoslariga qaramasdan nutq so‘zlashdan bosh tortar ekan. Lekin u buni shunday ustalik bilan qilar ekanki, uning raddiyasini eshitgan odam huzur qilar ekan. hamma gap shundaki, u xech qachon judayam bandman yoki boshqa bir ishni qilishim kerak demas ekan. U, aksincha, bunday taklifga o‘z minnatdorchiligini bildirib, uni qabul qila olmasligiga afsuslanib, o‘rniga boshqa bir odamni tavsiya qilar ekan. Boshqacha aytganda, u o‘ziga murojaat qilgan odam rad javobidan xafa bo‘lib qolmasligiga intilar ekan.