October 8, 2018

Intellektual Inson Bo’lish Sirlari

Har bir gapirgan so’zingizni o’ylab gapiring. Juda sekin ham gapirmang, juda ko’p ham gapirmang. Aks holda gapingizni boshqalar eshitmasligi mumkin.

Tashqi ko’rinishingizga e’tibor bering. Psixologlar shuni ta’kidlashadiki, yoqimli tashqi ko’rinish yuqori ta’sirga ega bo’lib, sizni odamlar nazdida hammadan yuqori va aqlli qilib ko’rsatib beradi.

Tishlaringizga e’tiborli bo’ling. So’nggi tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, stomotolog huzuriga tez tez tashrif buyurib, o’z tishlari haqida qayg’uradigan insonlar odatda aqqli va omadli insonlardir.

Tinglashnmi o’rganing. Hissiy zehni o’tkirlik, huddi aqliy zehni o’tkirlik kabi muhimdir. Eshita oling va jiddiy savollar bering.

Xotirangiz ustida ko’proq ishalng. Aqqli odamlar odatda kuchli xotirasi bilan ajralib turadi.

Chuqur nafas oling. O’zingizga yanda kuchli ishongan ko’rinishingiz uchun, tez tez chuqur nafas olib turing. Bu orqali miyangizga kislorod boradi. Odamlarga o’ziga ishonganlar yoqadi, Chunki ular qahramon kabi porlab turishadi.

Qomatingizni tik tuting. Suhbatning ijobiyligi gavdamizni qanday tutishimizga bog’liq. Agar qaddingizni tik tutaolmasangiz, suhbatdoshingiz ong osti orqali sizni yalqov, o’ziga ishonchi yo’q va uyatchang deb hisoblashi mumkin.

Dunyo qarashingizni kengaytiring. Insonning aqlliligi dunyo qarashining kengligi bilan baholanadi. Turli adabiyotlar o’qing. Cheklanib qolmang, faqatgina o’zingizni sohangiz doirasida emas, boshqa sohaga oid narsalarni ham o’qing.

Soch to’kilishi va oqarishiga qarshi kurashish shartmas. Odatda sochi kamlar va oq sochlilar yuqori intellekt egalari ekanligi bilan ajralib turadi.

Maydalashmang. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, aqlli odamlar katta-katta muammolar turganda, mayda-chuyda gap-so’zlarni orqasidan tortishmaydi.