June 7, 2020

Web-dizayner kim va uning vazifalari nimalardan iborat?

Web-dizayner bu, web-sahifa dizaynini yaratadigan va ularni veb-saytlarga birlashtiradigan, internet texnologiyalarini tushunadigan, badiiy did va bilimga ega bo'lgan shaxs. Web-dizaynerning asosiy vazifasi, Internet-loyihaga imkon qadar ko'proq foydalanuvchilarni qiziqtirishdir.

Web-dizaynerning ikkinchi asosiy vazifasi, internetning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, loyihaning uslubiy dizaynini ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo'lishdir. Boshqacha qilib aytganda, loyihani amalga oshirish uchun u, tarmoq tomonidan belgilangan standart talablarga javob berishi kerak, masalan: grafik elementlar (logotiplar, bannerlar, chizmalar va boshqalar) optimallashtirilishi kerak, rang va shriftni tanlashda, foydalanuvchi, loyihaning grafik ko'rinishini qog'ozda emas, balki monitorda ko'rishini inobatga olishi kerak.

Agar grafik-dizayner faqatgina rasmlar va videolar bilan ishlaydigan mutaxassis bo’lsa, web-dizaynerning ishi keng qamrovli bo’ladi. Bularga:

  1. Sayt dizayni
  2. Server rejasini ishlab chiqish
  3. Server rejasini bajarish uslubini yaratish
  4. Hujjatlarni yuklash vaqtini, ma'lumotlar uzatish kanalining tarmoqli kengligini, hujjatning grafik fayllari hajmini, rang palitrasi sifatini hisobga olgan holda, monitor ekranida web-hujjatlarni qabul qilishni ta'minlash
  5. Web-sahifalarni tartibga solish qoidalarini aniqlash, formatni, fonni, dizayn elementlarining soni va sifatini tanlash
  6. Web-hujjatlarning uslubiy namunalarini yaratish
  7. Internet tugun bilan ishlash
  8. Dastur va sahifa kodini yozish
  9. Gipermatnli hujjatlarni boshqarish
  10. World Wide web (WWW) da firmaning axborot siyosatini olib borish)
  11. Web-sahifalarni tayyorlash va tekshirish vositalarini o'rnatish
  12. Interaktiv veb-ilovalarni yaratish
  13. Web-hujjatni yangilash
  14. Statistik ishlov berish uchun ilovalarni yaratish.

Notanish so’zlardan qo’rqib ketdingizmi? (((. Shoshilmang, maqola davomini o’qing, siz uchun yaxshi yengilliklar bor...

Web-dizaynerlikni endi boshlayotganlar oldidagi talablar

Web-dizayner bo'lishni va birinchi web-saytni yaratishni xohlaydiganlar uchun «minimal talablar» juda oddiy. Agar papkalar, grafik matnli fayllar haqida tasavvuringiz bo’lsa, boshlashingiz mumkin.

Biroq, ishni boshlash oddiy tuyilsada, yaxshi sayt dizaynini yaratish haqiqiy san'atdir. O’rganishingiz kerak bo'lgan ko'plab ko'nikmalar mavjud. Rang nazariyasi, elementlarning grafik ierarxiyasi, shriftlar va saytning umumiy tashkiloti haqida ma’lumotga ega bo’lishingiz kerak bo'ladi. Adobe Fotoshop, Illustrator, Flash, Dreamweaver va Corel Draf kabi dasturlarda ishlashni ham bilishingiz kerak, barchasini emas albatta, o’z sohangizga keragini o’rganing.

Bundan tashqari, agar siz, web dizaynerlikni mukammal egallashni isatasangiz, siz asosiy kodlash tillarini, ya'ni HTML, CSS va JavaScriptlarni ham bilishingiz kerak. Lekin, bularni bilmasdan turib ham bu kasb orqali pul ishlashingiz mumkin. Yani siz, sayt dizaynini fotoshopda tayyorlab PSD fayllarni buyurtmachiga berasiz, buyurtmachi esa, bu PSD fayllarni HTML, CSS kodlarga moslashtirish uchun boshqa mutaxasistga topshiradi. Bu holda sizning ish haqqingiz ham kamayadi.

Demoqchimanki, yaxshi daromad qilish uchun, web dizaynerlikni mukammal o’rgangan maqul. Faqat, fotoshopda yaxshi dizayn yaratib ham yaxshi daromad qilishingiz mumkin, lekin, html, css larni bilsangiz, undanda ishingiz go’zal bo’lishi aniq.

Kanalimiz xizmati sifatini yaxshilash maqsadida bizga savol va takliflaringizni yo'llashingiz mumkin!!!


Biz bilan bog'lanish!


DIQQAT!!! Frilanser xizmatidan foydalangach, iltimos, komment qoldirishni unutmang!!!