Sushant Singh Rajput: Bollivud aktrisasi Reya Chakraborti hibsga olindi
Bollivud aktrisasi Reya Chakraborti Hindistonning giyohvand moddalarni nazorat qilish tashkiloti tomonidan sevgilisi boʻlgan Sushant Singh Rajputning (aktyor) oʻlimi bilan bogʻliq giyohvand moddalar ishi boʻyicha hibsga olindi.
34 yashar Rajput 14 iyun kuni Mumbaydagi kvartirasida oʻlik holda topilgan. Politsiyaning aytishicha, u oʻz joniga qasd qilgan.
Biroq aktyorning oilasi ushbu suiqasdda Chakrabortini sheriklikda ayblab, aktrisaning ustidan politsiyaga shikoyat arizasi qoldirdi.
Aktrisa halicha izoh bermagan boʻlsa-da, arizada koʻrsatilgan har qanday nojoiz harakatni rad qilgan.
Hukumat hozircha ayblov eʼlon qilmadi.
Shuningdek, Chakrabortining ukasi Shouik hamda Rajputning sobiq uy boshqaruvchisi Samuel Miranda ham oʻtgan hafta aynan shu giyohvand ishi boʻyicha hibsga olingan edi.
Chakrabortining qoʻlga olinishi ish bilan bogʻliq boʻlgan eng ovozasi ketgan hibs hisoblanib, soʻnggi oylar mobaynida butun Hindistonni oʻziga tortib, uni qutblarga ajratib qoʻydi. Prime time TV yangiliklari har bir voqeani yoritib borib, Rajput hamda Chakrabortining shaxsiy hayotini ommaviy debat mavzusiga aylantirib yubordi.
Rajputning otasi aktrisadan shikoyat qilib ariza topshirgach, OAV ning eʼtibori yanada ortdi. Aktyorning otasi oʻgʻlining ruhiy salomatligida biror bir muammo boʻlgani rad qilib, Chakrabortini boshqa ayblovlar bilan bir qatorda oʻgʻlining pullarini oʻmarganlikda aybladi.
Bir necha oy davomida Chakraborti ijtimoiy saytlarda trollar hujumiga uchrab keladi. Uni "boylik ovchisi" va "mafiya sevgilisi" deb atashar, Rajputni giyohvandlikka oʻrgatib qoʻyib, oʻz joniga qasd qilishigacha olib borganlikda ayblashar edi.
Aktrisa oʻzining aytishi boʻyicha "adolatsiz OAV sud ishi" masalasida Oliy sudga murojaat qildi hamda oʻziga qoʻyilgan barcha ayblovlarni inkor etib, oʻz bayonotini berdi, TV da intervyular berdi.
Shu bilan birga, Ichki ishlar vaziri - Amit Shohga Rajputning oʻlimi boʻyicha adolatli tergov oʻtkazishini iltimos qildi.
Manba 👉 bbc.com