Dramaturg hamda Oscar ni qoʻlga kiritgan senarist ser Ronald Harvud vafot etdi.
Dramaturg hamda Oscar ni qoʻlga kiritgan ssenarist ser Ronald Harvud vafot etdi.
Dramaturgning agenti - Judi Dayshning aytishicha, u seshanba kuni oʻz ajali bilan koʻz yumgan.
"Rafiqasi Natasha 2013 yilda vafot etgan edi, ser Ronald farzandlari - Antoni, Debora va Aleksandra bilan qolgan edi", ayol qoʻshimcha qiladi.
Janubiy Afrikada tavallud topgan ser Ronald urushdan keyingi britaniyalik buyuk dramaturglaridan biri sanalar edi. Uning qalamiga mansub pyesalari orasida oʻsha mashhur pyesalar - "Kostymer" va "Kvartet" ham boʻlib, ularning ikkalasi ham ekranlashtirilgan.
U 2002 yildagi Roman Polanskiyning "Pianinachi" filmining eng yaxshi adaptatsiya qilingan ssenariy uchun Oscar mukofotini qoʻlga kiritdi.
85 yoshida vafot etgan ser Ronald "Gʻavvoslar qoʻngʻirogʻi va Kapalak" (Le Scaphandre et le Papillon) filmining eng yaxshi adaptatsiya qilingan ssenariysi uchun Bafta mukofotini olganidan keyin ikki yil oʻtib, 2010 yilda Qirolichaning tugʻilgan kuni sharafiga oʻtkazilgan marosim roʻyxatida ritsarlik unvonini olgan.
2018 yilda Uarvik universitetining talabalar gazetasi - Boar ga bergan intervyusida undan oʻzining badiiy merosidan muallif nimalarni umid qilayotgani soʻraladi.
"Men merosim haqida oʻylamayman. Menimcha, bu haqda oʻylashning oʻzi yetarlicha takabburlik hisoblanadi. Men faqatgina pyesalarim mendan keyin yasharmikan deya oʻylayman, xolos. Agar ular mendan keyin ham yashasalar, mendan baxtli odam yoʻq" deb javob berdi u.
Manba 👉 The New York times