September 8, 2020

Umrbod qamoq jazosi !

Turk sudi Istanbul tungi klublarining birida qurolli hujumi natijasida 39 kishining umriga zomin boʻlgan erkakni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.

Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan Abdulqodir Masharipovga dushanba kuni 40 umrlik qamoq jazosi tayinlandi.

Ushbu hukm 2017 yilda Yangi yil kirib kelganiga sanoqli daqiqalar boʻlganida Reina eksklyuziv tungi klubida sodir boʻlgan otishma ishi boʻyicha uch yillik sud muhokamasi natijasidir.

"Islom hukumati" guruhi hujum javobgarligini oʻz ustiga olishni maʼlum qilgan edi.

Onadoʻli turk axborot agentligining maʼlum qilishicha, Masharipov "qasddan oʻldirish" va "konstitutsiyani buzish" ayblovlari bilan sud qilingan. Unda muddatidan oldin ozod etilish huquqi boʻlmaydi.

Shuningdek, Masharipov hujum oqibatida yaralangan 79 kishining joniga suiqasd qilgani hamda ruxsatsiz qurol olib yurganligi uchun 1368 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Istanbul tungi klubida amalga oshirilgan hujum 39 kishini hayotdan olib ketdi.

Reina klubi - albatta tashrif buyurish lozim boʻlgan farahbash makon

Turkiyaning quvgʻindagi jihodchilari bilan nimalar boʻlyapti?

Yana bir erkak - Ilyos Mamasaripov otishmani rejalashtirishga yordam berganligi sababli 1400 yildan oshiq muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Mahalliy OAV ning xabar berishicha, 48 nafar aybdor qoʻporuvchi tashkilotga aʼzo boʻlganligi sababli qamoq jazosiga hukm qilindi, 11 nafar kishi esa oqlandi.

Hujumda nimalar sodir boʻlgan edi?

Mahalliy vaqt bilan taxminan soat 01.30 da (22:30 GMT) aholi Yangi yilni nishonlayotganida shaharning shimoliy qismida joylashgan Reina tungi klubida qurolli kishi aholiga oʻt ochdi.

Masharipov klubga taksida kelgan soʻng mashina yukxonasidan olgan avtomatni koʻtarib kirish joyiga yugurgan.

Manba 👉 bbc.com sayti