Koreya mazkur oyda COVID-19 ni antitelalar bilan davolash uchun yirik hajmda prepratlar ishlab chiqishni boshlaydi.
Seshanba kuni Sogʻliqni saqlash tashkilotlarining xabar berishicha, Janubiy Koreya shu oyning oxirida koronavirusning yangi turini davolash uchun katta hajmdagi antitelalar ishlab chiqarishni reja qilyapti.
Xastaliklarni nazorat qilish bosh boshqarmasining rahbari oʻrinbosari Kvon Jun Vuk bergan maʼlumotga koʻra, mamlakatning Dori-darmon vazirligi ayni paytda antitelalar asosida davolashning 2/3 davrini klinik sinovdan oʻtkazmoqda. Shu bilan birga, sentyabr oyida koronavirusning yangi turiga qarshi tijoriy antitelalarni yirik hajmda ishlab chiqarishni maqsad qilgan.
Hozirda sogʻliqni saqlash sohasi mutaxassislari 17 iyul kuni Dori-darmon vazirligi tomonidan maʼqullangan 1-davr sinov natijalarini tahlil qilishmoqda. Ular 29 iyulda Buyuk Britaniyada ham davolashning 1-davri tadqiqoti uchun ijobiy fikrni qabul qilingan edi.
Qon plazmasi asosidagi davolashga kelsak, sogʻliqni saqlash tashkilotlarining xabar berishicha, 20 avgustda tadqiqotning 2-davri Dori-darmon vazirligi tomonidan maʼqullangan hamda olti nafar tibbiy muassasa, shu qatorda - Samsung tibbiy markazi va Asab tibbiy markazi ushbu vositaning COVID-19 ga chalingan bemorlarga nisbatan samarasi va xavfsizligini tekshiradi.
2-davr sinovi uchun qon plazmasi materialini ishlab chiqarish seshanba kuni boshlanadi, modda taʼminoti esa oktyabr oyining yarmida yakun topadi, deb qoʻshimcha qildi Sogʻliqni saqlash tashkiloti.
Manba 👉 The Korea times