September 10, 2020

Hindistonda 86 yoshli keksa ayolga zo'ravonlik qilindi.

Har yili Hindistonda o'n minglab zo'rlashlar haqida xabar qilinadi, lekin ulardan ayrimlari jiddiy notinchliklarni keltirib chiqarmoqda.

Eng hayratlantirgan hodisalardan biri poytaxt Dehlida politsiya 86 yoshli keksa ayolga zo'rlik ishlatgan va hujum qilgan 30 yoshli erkakni hibsga olgani boʻldi.


"Dushanba kuni kechqurun zoʻravon kelganida ayol oʻz uyi oldida sut sotuvchini kutib oʻtirgan edi", deb xabar qiladi Dehli Ayollar ishi bo'yicha komissiya boshlig'i Svati Malival BBC ga.

"U ayolga har kungi sut sotuvchi kelmasligini va ayolni sut olishi mumkin bo'lgan joyga olib borib qo'yishini aytgan".

Malivalning so'zlariga ko'ra, 80 yoshli ayol unga ishonib erkak bilan ketgan, u esa ayolni qo'shni fermaga olib borib uni zoʻrlagan.

"Ayol yig'lagan va uni tinch qo'yishini o'tinib so'ragan. Oʻ'zini uning buvisi tengi ekanligini aytgan. Lekin erkak uning yolvorishlariga ahamiyat bermagan va o'zini himoya qilish maqsadida qarshilik qilgan ayolga shafqatsizlarcha tajovuz qilgan", deydi Malival.

Ayolning baqir-chaqirini eshitib, yetib kelgan mahalliy aholi uni qutqarib qolgan. Zo'rovonni politsiyaga topshirishgan.

Seshanba kuni ayolni yoʻqlab borgan xonim bj uchrashuvini "yurakni ezuvchi" uchrashuv boʻlganini aytgan.

"Uning qo'llari burushib ketgan. Ayolning boshidan kechirganlarini eshitsangiz hayratga tushasiz. Uning yuzi va butun tanasi momataloq bo'lib ketgan, ayolning aytishicha, koʻp qon ketgan. Keksa ayol kuchli jarohatdan azoblanmoqda."

Manba 👉 bbc.com