Sakinatdagi Sevgim
— “Bir kun kelib sizni halolim deb atashni xohlayman.” Ko’zlaringizga qarab, bu ko’zlarni bir kun kelib menga kulib qarab turishini tunlari Allohdan yig’lab so’raganlarimni eslab “Alhamdulillah” deyishni xohlayman. Siz meni “Mening Sakinatim, tinchlik his qiladigan yagona maskanim” desangiz.. sizni tinchlantira oladigan yagona joy bu men bo’lsam.. har doim muammolarga uchraganingizda “Sakinatim, meni tinchlantira oladigan inson faqat sensan. Ovozingdan Qur’on eshitmoqlik istayman, menga Qur’on o’qib ber.” Deb uyga kelsangiz.. men esa sizga kuni bilan Qur’on o’qib berib sizni tinchlantirsam.. meni sokinlikda sevsangiz, huddi men sizni sokinlikda sevganim kabi. Hech kim bilmasa, hech kim meni ko’rmasa, huddi men sizni hammadan qizg’onganimdek.. siz ham meni butun dunyodan qizg’onib berkitsangiz. Uyga kelganingizda chiroyli liboslar bilan, yuzimda tabassum bilan.. sizga yoqadigan ovqat va shirinliklarni tayyorlab sizni kutib olsam. Erta tongda Tahajjud vaqtida bir-birimizni Tahajjud namoziga uyg’otsak, va shunday duo qilamiz “Ya Allah, Hadija (r.a) ni Muhammad (s.a.v) ga yaxshi ayol qilganingdek.. meni ham Taehyunga yaxshi ayol bo’lishimga yordam ber In Sha Allah.” .. va siz.. “Ya Allah, Muhammad (s.a.v) ni Hadija (r.a) ga yaxshi er qilganingdek.. meni ham Sakinaga yaxshi er bo’lishimga yordam ber In Sha Allah.” Keyin esa, birgalikda Qur’on o’qiymiz, avval siz keyin esa men o’qib beraman. Shu vaqtda.. zikr aytish uchun mening qo’llarimdan foydalanasiz. Keyin, kelajakda qilishimiz kerak bo’lgan ishlar haqida suhbatlashamiz. Bilmimizni oshirish uchun ko’p kitoblar o’qiymiz, va o’qib tugatgan kitoblarimiz haqida bir-birimizga so’zlab berib tahlil qilamiz. Bomdod namoziga ham yaqin qoladi.. bu orada bomdod namozimizni ham birgalikda o’qib olamiz. Namozimiz so’ngida oz bo’lsa ham yana bir-birimizga Qur’on o’qib beramiz. Siz ish uchun tayyorlanishni boshlaysiz men esa siz uchun nonushta tayyorlayman, shu vaqt oshxonaga kelib menga yordam berasiz.. biz birgalikda tabassum qilib Allohga ko’p shukrlar aytishni unutmay bir-birimiz bilan suhbat qo’ramiz. Sizni ishga ko’zatgach esa, o’zim ham ishga ketishga tayyorlanaman. Ishga ketish oldi esa ota-onangizdan habar olaman, ularga shirinliklar tayyorlab olib boraman. Ular bilan ham biroz suhbatlashib, yaxshi niyatlar bilan ularning oldidan chiqaman…
ㅤ
ㅤ
— Ota-onangiz, barcha oila a’zolaringiz bilan tushlik qilib turamiz. Sayohatlarga boramiz, ular bilan ko’proq vaqt o’tkazamiz.
ㅤ
ㅤ
— Siz bilan orzularim juda ko’p.. eng ko’p xohlaganim haq dinda bo’lishingiz. Allahni va Rasulini sevishingiz, va bunga Allah meni sababchi qilib qo’yishi. Hayrlisi deya bir-birimizni taqdirimizga yozilishimiz, bizning sevgimiz nafaqat bu dunyo, balki u dunyoda ham Allah roziligi uchun davom etishi.
ㅤ
ㅤ
— Birgalikga bir katta masjid quramiz In Sha Allah, va u yerni “Tinchlik maskani” deya nomlaymiz. U yerga kirgan har bir odam tinchlikni his qiladi. U yerning har bir g’ishlari tinchlik beradi.. siz u yerda maruza so’zlaydigan ustoz, Qori bo’lasiz. Namozlardan so’ng insonlarga foydali bo’lishi uchun maruza o’qiysiz, namoz vaqtlari o’zingiz azon aytasiz, insonlarning qalbiga Qur’on nurini, tinchlikni hadya qilasiz. Men ham ayollar uchun maruza o’qiyman, ularning qalbiga Qur’on bilan yo’l topaman, va tinchlikni bag’shlayman. Bir kunlik ishimiz tugagach esa, o’sha kunda bo’lgan voqealarni masjidda o’tirib muhokama qilamiz. Siz menga yana Qur’on o’qib berasiz. Menga ham ko’p maruzalar aytib berasiz. Har kuni Allahimga shunday duo qilaman “Ya Rabbim, uning ilmini shunchalar ziyoda qilginki, bir kun kelib Islam dinidan menga dars bersin, amin.” Shunday… doim sizning oldingizda bo’lsam tinchlikni his qilaman.
ㅤ
ㅤ
— Muhammad (s.a.v) tushimda ko’rishni xohlayman. Rasulimni qo’llaridan tutib ko’p rahmatlar aytishni xohlayman. Men ularga loyiq ummat bo’la olmaganim, o’sha vaqtlar bizni sog’inib yig’laganlariga loyiq bo’la olmaganim uchun kechirib so’rashni xohlayman. Keyin esa, Rasulim bilan Makka va Madina ko’chalarini birga sayr qilishni xohlayman, va o’sha vaqtda Taehyungni uchratib qolishni xohlayman. Makka va Madina ko’chalarining birida, uni ko’rib qolishni.. Rasulimga buroz tikilib qolib.. “Ya Allahning Rasuli, Ya Rasulim men biroz uyalyapman.. Ammo Rasulim, bilasizmi men uni sevib qolganman” deyman, Rasulim esa menga kulib qarab turib “Bilaman” deya javob beradilar.. men ularga qarab kulib turaman. Rasulim men u haqida sizga aytib berishni juda, juda ko’p xohladim va kutdim. Allahimga duolar qildim.. Allahning marhamati bilan bu sodir bo’ldi Ya Rasululloh zero men Allahga yaxshi banda, sizga esa munosib ummat bo’la olmagan bo’lsam ham Alhamdulillah. Rasulim bilan ular haqida ko’p gaplashamiz.. “Ya Allahning Rasuli, siz Allahga judayam yaqinsiz.. sizga iltimosim bor men uchun Allahdan so’rang, u bilan taqdirimni birga qilishini so’rang. Bilaman men yaxshi banda emasman, o’zim bilmagan yoki bilgan holda ham ko’p gunoh ishlar qilaman. Ammo Rasulim iltimos uni taqdirim qilib yozsin, men…men vada beraman Rasulim unga Islam dinini tanitaman, haq dinni ko’rsataman. Uning qalbi Allah va sizga bo’lgan sevgi bilan to’lishiga harakat qilaman. Din haqida nima bilsam hammasini o’rgataman.. Rasulim, Allahga ayting taqdirimni shu qo’li bilan birga yozsin.. Allahga qasamki men uni faqat Allahning o’zi uchun sevdim, har bir niyatimni Allah yo’lida, haq din yo’lida eng hayrlisi deya tanladim zero dinga yaqin bo’lgan inson eng yaxshi insondur.. niyatlarim ko’p.. Rasulim siz Oisha (r.a) ni qanday sevgan bo’lsangiz, u ham meni shunday sevsin.. kuyovingiz Ali (r.a) mehribon qizingiz Fotima (r.a) ni qanday sevgan bo’lsalar u ham meni shunday sevsin. Bizning sevgimiz Allah roziligi bilan boshlanib, Allah roziligi bilan davom etsin. Ya Rasulim, Allahimga ayting taqdirimizni birga qilsin.. bir kun taqdirimiz birga bo’lsin, ikkimiz Allah yo’lida birlashaylik, va o’shanda u bir tush ko’rsin. Tushida aynan shu voqealarni ko’rsin, siz va meni Makka va Madina ko’chalarida ko’rib qolganini.. va bizning suhbatimizni eshitsin.. sizga u haqida aytib berganimni.. Allahdan hayrlisi qilsin deya so’raganimni.. bo’larning barini ko’rsin va eshitsin In Sha Allah..
ㅤ
ㅤ
— Allahim, u va meni bir birimizga hayrli qilgin.. halal yo’llar bilan birlashtirgin. Bizning birlashishimiz Islam diniga foydali bo’lsin, Islam diniga foyda olib keladigan bandalaring qatoridan qilgin, solih va soliha farzandlarning ota-onalari qilgin. Taehyungning ota-onalarini ham o’zing asra, ularga ko’p umr va qalblariga chiroyli Iyman hadya qil, o’z panohingda asra. Buvilarini joylari Jannatdan bo’lsin, bu dunyoda haq dinni bilmadilar lekin hozir sening oldinga ketganlar haq dinni allaqachon bilib oldilar, va bir kichkina qiz har namozidan keyin joynamozi ustida sukunatda o’tirib Qur’on tilovat qilib ularga bag’ishlab qo’yishini bildilar.. qabrlarini nur bilan to’ldir, gunohlarini kechir, Jannatda chiroyli uchrashuvni nasib qil In Sha Allah.
ㅤ
ㅤ
— Allahim men uni, faqat sen uchun sevaman va hurmat qilaman. Bir kun kelib u ham meni faqat sen uchun sevsin va hurmat qilsin. Bir kun kelib uni “halolim” “qorim” “farzandlarimning otasi” “Allah berganim” deya chaqirishlik baxti bilan siyla, va u meni “sakinatim” “Allahimning omonati” “qoriyam” “halolim” deya chaqirsin, In Sha Allah!
ㅤ
ㅤ
— Allahim, Taehyungni hayrli qil, hayrli bo’lmasa hayrli yo’llar bilan hayrli qil. Allahim, u avval seni sevsin, keyin Rasulim (s.a.v) sevsin…ota-onasi, oila a’zolarini sen uchun sevib, hurmat qilsin. Keyin esa, meni sen uchun sevib hurmat qilsin In Sha Allah.
ㅤ
ㅤ
— Hayrli qilgin Allahim, duolarimni qabul qil va tez oradi bizni chiroyli tasodif deya atalmish aslida taqdirimizga yozib qo’ygan uchrashuving bilan siylagin In Sha Allah, Amin 🤍
ㅤ
ㅤ
Tae’s Sakinat ✨
ㅤ
ㅤ