Sport yoshlarni bir maqsad yo‘lida birlashtiradi
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha bir nechta g‘oyalarni o‘z ichiga olgan beshta muhim tashabbusning to‘rtinchi yo‘nalishi ijrosi yuzasidan Matematika va informatika fakultetida ko‘plab tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Shu qatorda talaba-yoshlarini sportga keng jalb qilish maqsadida fakultet tyutori N.Ergashev tashabbusi bilan talabalar oʻrtasida sportning mini-futbol turi boʻyicha “Dekan kubogi” chempionati tashkillashtirildi.
Ushbu sport tadbirlarini tashkil etishdan asosiy maqsad yoshlarimizning sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, sport orqali yosh avlodni jismonan sog‘lom va ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashdan iboratdir – dedi Nodir Ergashev.
Mini-futbol musobaqasi davom etmoqda, bu esa talabalarga o‘zlarini yangi sohalarda sinab ko‘rish va jismoniy holatlarini yaxshilash imkonini bermoqda.