Bahor keldi seni so`roqlab ...
Chirchiq davlat pedagogika universitetining 3-Talabalar turar joyida Matematika va informatika fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan xalqimizning suyukli shoirasi, vafo va sadoqat kuychisi Zulfiyaxonim tavalludining 109 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Talaba-qizlar tomonidan dilbar shoiraning go‘zal she’rlari mohirona aytilgan boʻlsa, 2-kurs talabasi Zarina Toʻraqulova tomonidan kuylangan qoʻshiq tomoshabinlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.
Zulfiya she’riyatining nafisligi va o‘ziga xosligi – murakkab davrning haqqoniy ifodasi, zamondoshlarimizning qalbi hamda harakatlarining yorqin tasviridadir.
Talabarimiz shoiraning ijodi bilan yaqindan tanishib, yurt kuychisi, sadoqatli do‘st va Sharq ayollariga xos vafodor yor, chin ma’nodagi sadoqat kuychisi sanalmish Zulfiyaxonim izdoshlari ekanligimizdan quvonchim cheksiz – deydi, 2-kurs talabasi Shahrizoda Moʻminova.
3-Talabalar turar joyi va fakultetimizda har yili 1-mart sanasi o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos o‘ringa ega O‘zbekiston xalq shoirasi – Zulfiyaxonim tug‘ilgan kunini keng nishonlab, mushoira kechalari o‘tkazamiz. Xalqimizning olijanob xislatlarini egallagan ulug‘ shoira she’rlarini ifodali o‘qib, sahna ko‘rinishlarini namoyish etamiz. Bu ham Zulfiya o‘zining ibratli umri, benazir iste’dodi va yorqin shaxsiyati bilan millatimiz qalbidan teran joy olganiga, uning qutlug‘ nomi va o‘lmas merosi bezavol yashayotganiga yaqqol dalildir deydi – 2-kurs talabasi Mastura Achilova.