#Giyohvandlik_asr_balosi #ChDPU_yoshlari_giyohvandlikka_qarshimiz #O`z_yoʻlingni_tanla
Giyohvandlikka qarshi kurashish, ularning zararli oqibatlaridan kishilarni xabardor qilish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish har doimgidanda muhim faoliyat turlaridan biridir.
Chunki asr vabosi – giyovandlikka chalingan kimsalar oilasining tinchi buzilayotgani, farzandlarining qarovsiz qolayotgani, o‘zlari esa salomatligini yo‘qotib, bevaqt o‘lim topayotgani hech kimga sir emas.
Bugun Chirchiq davlat pedagogika universiteti Matematika va informatika fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mutaxassislar tomonidan giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari, ogohlik davr talabi ekanligi, ayniqsa yoshlar orasida ushbu illatning tarqalishini oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarning samarali mexanizmlari kabi bir qator masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi hamda sog‘lom turmush tarziga amal qilish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligiga to‘xtalib o‘tidi.
Shuningdek, tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan giyohvandlikning salbiy oqibatlarini o‘zida aks ettiruvchi sahna koʻrinishlari namoyish qilindi.
Giyohvandlik - hozirgi kunda butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan eng katta muammolardan biri – hisoblanadi. Giyohvandlikning yetkazadigan zarari son-sanoqsiz. Unga mubtalo bo‘lgan kimsada avvalo o‘ziga, so‘ng oilasiga, kasbiga, o‘qishiga nisbatan qiziqish qolmaydi.
Bu dardga mubtalo bo‘lganlarning aksariyatini yoshlar tashkil etishi yanada achinarli hol. Ayrim yoshlarning giyohvandlik quliga aylanishi va oxir-oqibat zavol topishi esa sog‘lom kelajakka bo‘lgan yaqqol tahdiddir – deydi Vhirchiq shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi katta tergovchisi kapitan X.Toʻrayev
Tadbir soʻnggida Chirchiq shahar IIB JQB katta tеzkor vakili M.Ortiqov hamda universitet profilaktika inspektori, kapitan J.Atajanovlar mavzu doirasida ma’ruza qilishdi.